Bosh vazir Mirziyoev Toshkentda JKXda islohot o‘tkazmoqchi – uznews.net


18.05.11

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev; surat: UzA

Uznews.net – O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev poytaxtdagi banklarga ko‘pqavatli turar-joylardagi xizmat uchun to‘lovlar to‘g‘risida monitoring o‘tkazishga buyruq berdi. Bu buyruq oldingi JEK sistemasini qaytarish rejasiga asosan berilgan.

Bir necha kunlardan beri bank xodimlari poytaxtdagi uylarga borib uy egalari nima uchun Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga (XUMSh) kvartiraga ko‘rsatilayotgan xizmat uchun pul to‘lamayotganliklarini o‘rganishmoqda.

Ko‘plab fuqarolar javob berish o‘rniga bank xodimlarini o‘z uylariga kirgizishmoqda va XUMSh aybi bilan ularning uyi qanday ahvolda ekanligini ko‘rsatishmoqda.

“Mening kvartiramga 7 yildan beri tomdan suv o‘tadi. Ëmg‘ir yoqqan paytda yotoqxonaga va zalga tog‘ora qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Doimiy namlik tufayli elektrda qisqa tutashuvlar bo‘ladi va bir marta yong‘in chiqib ketishiga oz qoldi”, deydi Chilonzor massividagi ko‘pqavatli uyda yashaydigan pensioner Nadejda Yulbarsova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u etti yildan beri “Novza birinchi plyus” XUMShga tomni ta’mirlashlarini so‘rab ariza yozadi. Ammo u javobni faqat gap-so‘zda eshitadi xolos.

Natijada aholining ko‘pchilik qismi XUMShga ko‘p qavatli uylarning xizmati uchun oylik vznosni to‘lashdan bosh tortgan. Bunday holat poytaxtdagi bir qancha XUMShlarda ham kuzatiladi.

XUMSh O‘zbekistonda 1999 yilda prezident farmoniga binoan JEKning o‘rniga tashkil qilingan.

Shirkatlar xohish bo‘yicha va qoidaga ko‘ra bitta ko‘pqavatli uydan tashkil topgan sobiq SSSRdagi davlatlardan farqli o‘laroq O‘zbekistonda shirkatlar majburiy tarzda tashkil qilingan va unga 50-60, ba’zida undan ham ko‘p ko‘pqavatli uy kiritilgan va bu aholi to‘layotgan pulni o‘g‘irlashga imkon yaratgan.

Vaqt o‘tishi bilan shirkatlardagi ko‘pqavatli uylar soni qisqardi. Hozirda respublikadagi shirkatlarda 5-6tadan ko‘pqavatli uy majvud.

“XUMShga juda ko‘p uylarning kiritilganligi o‘g‘irliklarni yopish imkoniyatini berdi, ammo ko‘p qavatli uylar soni kamaygani bilan o‘g‘irlik kamaygani yo‘q”, deyishmoqda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi poytaxtliklar.

Bosh vazir tomonidan Chilonzordagi 30ta XUMShni monitoring qilish yuklatilgan Agrobank xodimining so‘zlariga ko‘ra, hamma shirkatlarda auditorlik tekshiruvlari o‘tkazilishi kerak va yig‘ilgan hujjatlar prokuraturaga topshirilishi kerak.

“Kelajakda XUMShlarni “beshtalikka” birlashtirish va bu “beshtalikka” bitta boshqaruvchi kompaniyani biriktirish rejalashtirilmoqda”, deydi anonimlik sharti bilan gapirgan Agrobank xodimlaridan biri.

Agar rejadamn tashqari o‘tkazilayotgan tekshiruv o‘g‘irlik qilgan shirkat rahbarlarini qamashadi degan umidni berayotgan bersa, “beshtalik” g‘oyasi va unga boshqaruvchi kompaniyaning biriktirib qo‘yilishi ekspertlarda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish hozirgidan ham yomonlashadi degan fikrni uyg‘otmoqda.

Ekspertlar fikricha, O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlarida shirkatlarda o‘z uylariga qanday xizmat ko‘rsatish, qanday kompaniyani tanlash qarorlarini aholining o‘zi beradi va bu minimal mablag‘ga o‘z uylarini normal holatda ushlab turish imkonini beradi.

“Hozir shirkatlarga majburiy tarzda kompaniyalarni biriktirishmoqchi va bu “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati to‘g‘risida”gi qonunga zid. Bu aholi pullarini va ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash uchun davlat ajratadigan subsidiyalarni keng miqyosda o‘g‘irlashga olib kelishi mumkin”, demoqda ekspertlar.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=hot&cid=30&nid=17221

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: