AQSh maxsus vakili O‘zbekistonga keladi – ozodlik.org


19.05.2011

AQSh diplomati Mark Grossman joriy hafta mintaqaga safari doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

AQSh Davlat departamentiga ko‘ra, AQShning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Mark Grossman O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston va Afg‘onistonda bo‘ladi.

Har bir davlatda AQSh mulozimining yuqori lavozimli hukumat rasmiylari bilan uchrashishi rejalangan.

Grossman o‘tgan yil dekabrida vafot etgan Richard Holbruk o‘rniga 22 fevral kuni AQShning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlangan edi.

2 mart kuni u Londonda Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzay bilan birinchi marta uchrashdi.

Grossman AQSh maxsus vakili etib tayinlanishidan oldin “Cohen Group” maslahat shirkatining raisi o‘rinbosari bo‘lgan.

Mark Grossman 1994 – 1997 yillarda AQShning Turkiyadagi elchisi, 1997 – 2000 yillarda Evropa masalalari bo‘yicha, 2001 – 2005 yillarda esa siyosiy masalalar bo‘yicha AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

http://www.ozodlik.org/content/article/24179385.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: