Mo’tabar Tojiboeva o‘zbek muxolifati va huquq himoyachilariga murojaat bilan chiqdi – jarayon.com


Yakshanba, 15 – May 2011

Shu kunlarda Frantsiyada muxojirlikda istiqomat qilayotgan taniqli huquq himoyachisi, xalqaro Martin Ennals mukofoti hamda Frantsiyaning “Ozodlik, Tenglik, Birodarlik” mukofoti sovrindori “O‘tyuraklar” Klubi inson huquqlarini himoya qilish xalqaro jamiyati rahbari Mo‘’tabar Tojiboeva o‘zbek muxolifati, huquq himoyachilari va jurnalistlariga maxsus murojaat bilan chiqib, ularni 19 may kuni Frantsiyada o‘tajak “tarixiy” mahkamani e’tiborsiz qoldirmaslikka chaqirdi. Huquq himoyachisiga ko‘ra, bo‘lajak mahkama ko‘plab muxolifat vakillari va huquq himoyachilari orzu qilib kutgan imkoniyatni yaratadi va bu imkoniyatdan unumli foydalanmoq lozim.

“Albatta bu mahkama O‘zbekistonda o‘tganda edi, uning natijasi haqda qayg‘urmasak ham bo‘laverar edi, bir og‘iz ishora bilan masala hal bo‘lib, Ogyusten Skalbert uchchiga chiqqan muttaham sifatida ta’riflanar edi. Ammo voqeaning muhim tarafi shundaki mahkama Frantsiyada matbuot erkinligi astoydil hurmat qilinadigan, mahkama holisligi qonun bilan kafolatlangan davlatda o‘tadi. Demak taqdir bizga juda ham zo‘r imkoniyat yaratyapti. Bir tasavvvur qiling, agar Ogyusten Skalbert mahkamada g‘olib chiqsa va sud O‘zbekiston prezidentini “diktator” deb atash haqorat emas, aksincha mavjud haqiqatni ta’kidlash, degan xulosa bersa nima bo‘ladi. Prezident Karimov diktatorligi demokratik davlat sudi tomonidan rasman e’tirof etilib, tasdiqlanib qoladi”, deyiladi M.Tojiboeva murojaatida.

Avval xabar qilinganiday, O‘zbekiston prezidentining kichik qizi Lola Karimova Frantsiyada ancha mashhur bo‘lgan RUE89 mustaqil internet nashrini, muxbir Ogyusten Skalbert tomonidan Islom Karimovni “diktator” deb atalganiga e’tiroz sifatida sudga bergan. Bundan tashqari Lola Karimovani Ogyusten Skalbert maqolasidagi Monika Beluchchiga Versalь saroyiga qilgan 20 daqiqalik tashrifi uchun 190 000 Evro miqdorida pul to‘langani haqidagi satrlar ham jiddiy ranjitgan, natijada uning da’vo arizasi bo‘yicha ilk mahkama 19 may kuni Parijda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Mo‘’tabar Tojiboevaga ko‘ra, Frantsiyada jurnalistlar, xalqaro inson huquqlari tashkilotlari bu mahkamaga astoydil tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda o‘zbek dissidentlari va rejim qurbonlarining jim qolishi ajablantirmoqda.

“…axir Ogyusten Skalbert mahkamada yutgach, sud qarori biz uchun ilk g‘alaba bo‘ladi, diktatorga ilk zo‘r zarba bo‘ladi. Nahot hech biringiz mana shu zarbani etkazishda ishtirok etishni istamasangiz? Bugun frantsuz jurnalistlari Ogyusten Skalbertni qo‘llab, o‘zlarida mavjud dalillarni taqdim qilayotgan bir paytda nega biz jimmiz? Nega tomoshabin maqomida qolyapmiz? Qanisiz andijonliklar? Qanisiz vatanidan ayrilib muxojirlikning achchiq mevasini totiyotgan muxolifat vakillari, jurnalistlar, sobiq hukumat amaldorlari? Qanisiz? Axir frantsuz jurnalistlari, xalqaro inson huquqlari himoyachilari emas, birinchi galda biz Ogyusten Skalbertning yoniga etib kelishimiz, sudda guvohlik berishga tayyorligimizni aytishimiz kerak emasmi? Axir bu ham diktatorga sezilarli zarba etkazishning bugungi kundagi eng qulay va ma’qul usullaridan emasmi?”, deyiladi murojaatda.

Quyida Mo‘’tabar Tojiboevaning “O‘tyuraklar” Klubi inson huquuqlarini himoya qilish jamiyati nomidan o‘zbek muxolifati vakillari, huquq himoyachilari va jurnalistlariga yo‘llagan murojaati e’tiboringizga taqdim etilmoqda.

http://www.Jarayon.com

“O‘tyuraklar” Klubi inson huquqlarini himoya qilish jamiyati

MUROJAAT

Yana bir necha kundan so‘ng, ko‘pchiligimiz unchalik ahamiyat bermayotgan, ammo aslida juda ham muhim bir voqea bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston ichida bo‘ladimi, tashqarisidami avtoritar rejim yovuzligini totgan, uning zulmidan sillasi qurigan har bir shaxs orzu qilib kelayotgan, ammo etishishi qiyin qolayotgan voqea bo‘ladi. Frantsiyadagi mashhur Internet nashri tahririyati va muxbiri Ogyusten Skalbert O‘zbekiston prezidentining kichik qizi Lola Karimova bilan sudlashadi. Mahkama tashabbuskori ma’lumki Lola Karimova, u frantsuz nashrida otasi “diktator” deb atalgani uchun sudlashmoqchi. Da’voga e’tibor qiling, Lola Karimova otasini butun dunyo ko‘z o‘ngida o‘zicha “oqlab” qo‘ymoqchi.

Albatta bu mahkama O‘zbekistonda o‘tganda edi, uning natijasi haqda qayg‘urmasak ham bo‘laverar edi, bir og‘iz ishora bilan masala hal bo‘lib, Ogyusten Skalbert uchchiga chiqqan muttaham sifatida ta’riflanar edi. Ammo voqeaning muhim tarafi shundaki mahkama Frantsiyada matbuot erkinligi astoydil hurmat qilinadigan, mahkama holisligi qonun bilan kafolatlangan davlatda o‘tadi. Demak taqdir bizga juda ham zo‘r imkoniyat yaratyapti. Bir tasavvvur qiling, agar Ogyusten Skalbert mahkamada g‘olib chiqsa va sud O‘zbekiston prezidentini “diktator” deb atash haqorat emas, aksincha mavjud haqiqatni ta’kidlash, degan xulosa bersa nima bo‘ladi. Prezident Karimov diktatorligi demokratik davlat sudi tomonidan rasman e’tirof etilib, tasdiqlanib qoladi.

Axir biz hammamiz shuni orzu qilmagan edikmi? Andijon qatliomidan so‘ng axir harbiy tribunal, xalqaro mahkama haqida o‘ylamaganmizmi? Bu urinishlarimiz juda ham qiyin kechardi, Xalqaro sudga murojaat qilish tartibini balkim uddalay olmas edik, shartlarini to‘liq bajarish imkonimiz cheklangan edi. Ammo bu safar bizda zo‘r imkoniyat bor, Lola Karimova chindan ham, anglabmi, anglamaymi zo‘r imkoniyat yaratib beryapti, axir Ogyusten Skalbert mahkamada yutgach, sud qarori biz uchun ilk g‘alaba bo‘ladi, diktatorga ilk zo‘r zarba bo‘ladi. Nahot hech biringiz mana shu zarbani etkazishda ishtirok etishni istamasangiz? Bugun frantsuz jurnalistlari Ogyusten Skalbertni qo‘llab, o‘zlarida mavjud dalillarni taqdim qilayotgan bir paytda nega biz jimmiz? Nega tomoshabin maqomida qolyapmiz?

Qanisiz andijonliklar? Qanisiz vatanidan ayrilib muxojirlikning achchiq mevasini totiyotgan muxolifat vakillari, jurnalistlar, sobiq hukumat amaldorlari? Qanisiz? Axir frantsuz jurnalistlari, xalqaro inson huquqlari himoyachilari emas, birinchi galda biz Ogyusten Skalbertning yoniga etib kelishimiz, sudda guvohlik berishga tayyorligimizni aytishimiz kerak emasmi? Axir bu ham diktatorga sezilarli zarba etkazishning bugungi kundagi eng qulay va ma’qul usullaridan emasmi?

Hurmatli do‘stlar, vatandoshlar, imkoniyatni boy berib, keyin afsuslangandan ko‘ra undan unumli foydalanmoq yaxshiroq. Ogyusten Skalbert g‘olib kelishi aniq, Islom Karimov diktator ekanini isbotlash uchun unda etarli dalillar bor, biz ham, ya’ni men Mo‘’tabar Tojiboeva, Nadejda Ataeva, Jarayon nashri qarab turmaymiz, men guvohlik berish niyatini bildirdim, Nadejda ham, sizchi? Unutmang dekmoratik davlat sudida g‘olib chiqishlik, boshqa undanda yuqoriroq sudlar uchun ham yaxshi imkoniyatlar yaratadi, demokratik davlat sudi tomonidan tasdiqlangan jinoyat, boshqa yuqoriroq sudlar uchun ham yaxshi dastak bo‘ladi. Shuni ham biz uchun frantsuzlar qilib berib, biz faqat tayyoriga ayyor bo‘lsak butun dunyo ko‘z o‘ngida uyatga qolamiz. Vaqtni boy bermang, keling, asrning eng yovuz diktatorlaridan biriga yaxshigina zarba berishga qo‘shiling, zero bu eng avvalo siz bilan biz uchun muhim.

Mo’tabar Tojiboeva

http://www.Jarayon.com

http://jarayon.com/index.php?option=com_content&view=article&id=1379:2011-05-14-23-09-51&catid=54:habarlar&Itemid=70

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: