Frantsuz jurnalisti bilan Lola Karimova mahkamasida o‘zbekistonlik guvohlar ishtirok etadi – jarayon.com


Shanba, 14 – May 2011

Written by Sahif Kotib

12 may kuni Parijda Inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro federatsiya binosida O‘zbekistonga oid matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekiston prezidentining kichik qizi Lola Karimova RUE89 frantsuz nashrini, muxbir Ogyusten Skalbert tomonidan Islom Karimovni “diktator” deb atalganiga e’tiroz sifatida sudga berganiga bag‘ishlandi. Bundan tashqari Lola Karimovani Monika Beluchchiga Versalь saroyiga qilgan 20 daqiqalik tashrifi uchun 190 000 Evro miqdorida pul to‘langani haqidagi satrlar ham jiddiy ranjitgan, natijada uning da’vo arizasi bo‘yicha ilk mahkama 19 may kuni Parijda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

“Men o‘ylaymanki, uning (Lola Karimova) omadi chopmadi, negaki Tunis va Misr inqiloblari sodir bo‘lish arafasida bizning ustimizdan sudga murojaat qildi. U erda sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng, biz so‘zlarni to‘g‘ri ishlatishni o‘rgandik, shu jumladan avvallari “avtoritar” so‘zi bilan almashtirilib kelinayotgan “diktator”, “diktatorlik” so‘zlarini ham to‘g‘ri iste’mol qilishni o‘rgandik”, dedi matbuot anjumanida so‘z olgan RUE89 nashri direktori Pьer Aski.

Ma’lumki Parijda ro‘yxatdan o‘tgan “O‘tyuraklar” Klubi Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro jamiyati rahbari Mo‘’tabar Tojiboeva, RUE89 nashri muxbiri Ogyusten Skalberni qo‘llab quvvatlash maqsadida bo‘lajak mahkamada Islom Karimovning “diktator”ligini isbotlovchi guvoh sifatida ishtirok etish niyatini bildirgan edi. Matbuot anjumani paytida so‘z olgan huquq himoyachisi yig‘ilgan jurnalistlarga qanday qiynoq va uqubatlarni boshidan kechirgani haqida gapirib berdi.

“Hibsga qadar men sog‘lom inson edim, hozir esa mana ko‘rib turibsiz, juda ham toliqib qolganman, sog‘ligim izdan chiqqan, deyarli nogiron holiga kelganman. Men qamoqdaligimda hech bir tushuntirishsiz, tashhisim haqidagi ma’lumotlarsiz shartta jarrohlik amaliyoti o‘tkazib yuborishdi, mening bachadonimni olib tashlashdi. Keyinchalik boshqa mahbusalardan saraton bo‘lganim haqida eshitdim. Lekin menga hatto shuni ham tushintirshmadi, hatto keyin ham jarrohlikka oid biror hujjat berishmadi. Ammo men bir narsani bilaman, ular mening 112 kun davomida ust boshsiz, ovqatsiz zah kamerada qolganim evaziga orttirganim kasallikni yashirish niyatida jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan, axir bu ulkan zo‘ravonlik misoli emasmi?”, dedi M. Tojiboeva.

Matbuot anjumanida Lola Karimovani ranjitib, anglabmi anglamaymi sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishiga sababchi bo‘lgan jurnalist Ogyusten Skalber ham ishtirok etdi. Uning aytishicha, mahkama bo‘lishi, Lola Karimova dag‘dag‘a qilishidan qat’iy nazar, nashr O‘zbekiston haqida, u erdagi zulm va diktatorlik boshqaruv haqida yozishda davom etadi va O.Skalbert bu jarayonda bajonidil ishtirok etadi.

“O‘z maqolamda men, Karimov o‘rnatgan rejim diktatura ekani, olti yil muqaddam odamlarning ommaviy qirg‘inga uchragani haqida yozgan edim. Nazarimda Lola Karimova buning uchun bizni ta’qib qilishi xatodir. Ammo buning afzal tomoni ham bor, mahkama yana bir bor ko‘p voqealarning eslanishiga sabab bo‘ladi, insonlar o‘ldirilgani, inson huquqlari mutlaqo hurmat qilinmasligi va O‘zbekistonda avtoritar siyosat o‘rnatilgani yana bir bor ma’lum qilinadi”, dedi O.Skalbert.

Eslatib o‘tish joiz, Lola Karimovaning RUE89 nashri jurnalistlari ustidan da’vo arizasi bo‘yicha mahkama joriy oyning 19 kuni Parijda “Matbuot masalalari” bo‘yicha mahkama binosida bo‘lib o‘tadi. Jarayon nashri qo‘lga kiritgan ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘lajak mahkamada yana bir qator xalqaro jurnalistlar va inson huquqlari himoyachilari bilan bir safda, o‘zbek dissidentlari va muxojirlikda qolayotgan jurnalistlar ham guvoh sifatida ishtirok etish niyatini bildirgan.

Taxririyatdan: Hurmatli o‘quvchi, Ogyusten va Pьer Aski aytganiday, anglabmi, anglamaymi har qalay Lola Karimova ulkan imkoniyat uchun sharoit yaratib berdi. Endi xalqaro mahkama yordamida nafaqat uning o‘zi, balkim hatto opasi va albatta otasi, O‘zbekistonni 21 yildan beri boshqarib kelayotgan Islom Karimov haqida, bu boshqaruvning xarakteri haqida bildirish, ko‘rsatib berish imkoni paydo bo‘ldi. Tasavvur qiling, axir ko‘pchilik muxolifat vakillari, inson huquqlari himoyachilari, jurnalistlar va nihoyat Andijon qirg‘inidan omon qolib, dunyoning turli burchlaridan panoh topgan minglab o‘zbekistonliklar qachondir bu shaxs va uning oilasi sud oldida javob berishi shart deb o‘ylamaganmidi? Hech bir o‘zbekistonlik bunday imkoniyatga erisholmas edi, balkim urinib, urinib qo‘l siltardi, ammo Lola Karimova ne taajjubki shunday sharoit yaratib berdi. Imkoniyatni boy bermang, Ogyusten undan albatta foydalanmoqchi, Mo‘’tabar Tojiboeva va Nadejda Ataeva ham, sizchi?

http://www.Jarayon.com

http://jarayon.com/index.php?option=com_content&view=article&id=1336:2011-05-14-02-27-05&catid=54:habarlar&Itemid=70

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: