Ozodlik arxividan: Men nega namoyishga chiqdim? – ozodlik.org


2005 yilning 13 mayida minglab andijonliklar hukumatdan o‘z muammolariga echim topishni talab qilib namoyshga chiqqan edi.

13.05.2011

Elmurod

Ozodlik radiosi arxivida saqlanayotgan Andijon qirg‘ini guvohlari suhbatlaridan birini sizga ham ilindik.

2005 yilning 17 mayidan boshlab, Ozodlik radiosi Andijon voqealari guvohlarining suhbatlari asosida “ Men nega namoyishga chiqdim” deb nomlangan turkum eshittirishlarni e’tiboringizga havola qilgan edi.

Mazkur dastur muallifi Elmurod turkum eshittirishda Andijondagi namoyish ishtirokchilari bilan suhbatlashib, ularni namoyishga chiqishga yoki norozilarga qo‘shilishga majbur qilgan omillar haqida suhbatlashgandi.

Hozir e’tiboringizga Ozodlik radiosi arxivida saqlanayotgan ana shu suhbatlardan birini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz. Mazkur lavha qahramoni oddiy qishloq yigiti. U 13 may kuni Andijonga o‘z shaxsiy ishlari bilan borib qolgan va norozilarga qo‘shilib ketgan.

Bu lavha 2005 yilning 18 may kuni “Men nega namoyishga chiqdim” turkum eshittirishi doirasida efirga uzatilgan edi.

Men nega namoyishga chiqdim turkumidan berilayotgan ikkinchi lavhamiz qahramoni andijonlik oddiy dehqon yigit. U o‘zini Shuhratbek deb tanishtirdi menga.

Uning dardlari ancha ko‘p ekan. Har qancha sovuqqon bo‘lmay uning dardli so‘zlarini qisqartirishga qo‘lim bormadi. U qishloq hayoti haqida, jumladan, oddiy dehqonning daromadlari haqida gaprib, bularni aytadi:

– Bir marta 1000 so‘mmi, 1500 so‘mmi, Begaliev degan odam hokim bo‘ldi Obidovdan keyin, o‘sha kolxozchilarga “Mana mukofot puli” deb 1000 so‘mdanmi 1500 so‘mdanmi pul beribdi. Bir yilda. Ishonasizmi? Kolxozchiga tekkan pul. Yarim gektar erni er qilish uchun. Undan odam paxta etkazish uchun qancha mehnat qilishi kerak? Tasavvur qilinglar. Oq yog‘ berish kerak dedi. Oq yog‘ni eb yuborishdi. Oq yog‘ni ham bermadi. Ikki-uch kilo oq yog‘ ham bir yilga nima bo‘ladi bitta kolxozchiga? O‘ylab ko‘ringchi. Keyin 50 kilodan bug‘doy berdi. U ham yillik xolos. Bir oyga deyilayotgani yo‘q bu erda. Mana kolxozchilarning oqibati. Bu erda odamni ezib mehnat qildirib, hech qanaqa qarash yo‘qda. Shu narsalarni biz ko‘rganmiz, bilamiz. Qishloqda sharoitlar juda ham og‘ir. Odamlarga ish yo‘q. Majbur kolxozga chiqadi. Kolxozga chiqqandan keyin shu ahvol. Umuman pul berilmaydi birovga. Umuman qaralmaydi. Hech kim xabar olmaydi kolxozchining sharoitidan, – deydi Shuhratbek.

Shuhratbek qishloqda oq non eydigan oilalarni boy odamlar deb biladi.

– Ko‘rgan bo‘lsanglar, eshitgan bo‘lsanglar “Mahallada duv-duv gap” degan kino bor. “Faloncha bugun go‘sht eyapti ekan” degan gap bo‘ladi qishloqlarda. Shunaqa mahallalar bor. Ishonmasanglar, men sizlarni Olloh nasib qilsa olib borib ko‘rsataman ana shunaqa xonadonlarni. Haligi non eyish, oq non eyish biz uchun avtoritet. To‘g‘ri gap. Oppoq unda bo‘ladigan non eydigan oilani hamma gapiradi. Demak, u boy bizdan. Juda ham katta boy, – deydi Shuhratbek.

Shuhratbek Andijon namoyishida qatnashganlardan biri. U nega namoyishga qatnashganligini mana bunday tushuntiradi.

– Endi shunaqa narsalarni ko‘rganimiz uchun, biz shaharga ish bilan tushib qolgan edik ham. Qarasak, odamlarning dardi gapirilayapti haligi erda. Butun odamlarning. U erda so‘zga chiqishga bizda imkoniyat bo‘lmadi. Odam nihoyatda ko‘p, so‘zga chiqaman degan. Biz u erda dardlarimizni ayta olmadik. Tadbirkorlar, boshqalar aytdi. Biz oddiy fuqaromiz. Bizni kimdir u qilib, bu qilib, tayyorlamagan,  men masalan tushimga ham kirmagan narsalarni ko‘rdim u erda. Tushimga kirmagan odamlarni ko‘rdim. Ko‘rib turib, haligilarni mening dardimni gapirayotganligi uchun men qo‘shildim o‘shalarga.

Ozodlik: Shuhratbek, namoyishga chiqqanlarning qo‘llarida qurol bormidi? Siz namoyish paytda qurolli odamlarni ko‘rdingizmi?

– Qurolnimi? Qurolni men armiyada ushlaganman. 1988 yilda oxirgi marta qo‘limga qurol olganman. Biz endi hokimiyat o‘rtasida turibmiz. Keyin yo‘l bo‘ylab BTR o‘tib ketdi. Qizil maydonimizning oldida juda katta trassa bor. Prospekt bor. Ana shu prospekt bo‘ylab BTR o‘tib ketdi. Tasara-tusir, tasara-tusir bo‘lib ketdi. Men o‘zim shaxsan, qo‘rqqanimdan shuncha dardim bo‘lib turib, qarang, odam ekanmanda men ham, shuncha dardim bor, men sizlarga qo‘shilaman degan odam shart erga yotib oldim. Qochishni o‘ylab qoldim o‘sha erda ham. Ko‘ryapsizmi qo‘rqoqligimni. Nimaga? Davlatimni bilaman-da men. Chunki juda ko‘p odamlarni, eshitganman, bilganman, nohaq azoblab, qiynab nechta-nechta odamlarni yo‘qotib yuborganini, boshqalarini eshitganman, – deydi Shuhratbek.

Shuhratbek hozir qochqin sifatida Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi qochqinlar lagerida yashamoqda. U hozircha O‘zbekistonga qaytmasligini aytadi.

– Bizning boshimizga nima tushishi mumkinligini biz tasavvur qila olamiz. Chunki O‘zbekistonda yashagan fuqaroning, har bir vijdoni bor, pok insonning o‘zidan so‘rasangiz masalan o‘g‘ri, kissavur, boshqalardan ham so‘rasangizchi, haqiqatni aytadi. Nimaga? Ular ham iztirobini ko‘rdi xalqning, – deydi Shuhratbek.

http://www.ozodlik.org/content/article/24107489.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: