O‘zbekiston hukumati Andijonni xotirlashga imkon bermadi – uznews.net


14.05.11

Uznews.net – Bugun, Andijon voqeasining olti yilligikuni, Toshkent kuchishlatarlari nima qilib bo‘lmasin, qirg‘in qurbonlari xotirasini nishonlashning oldini olishga intilishdi, ular ertalab tongdan bunga tayyorgarlik ko‘rayotgan huquq himoyachilarini qo‘lga olishdi.

Poytaxt fuqarolari va O‘zbekistonning boshqa hududlaridan kelgan fuqarolar toshkentlik huquq himoyachilarining bugun ertalab 11 da Toshkentdagi Matonat haykali poyiga Andijon qirg‘ini qurbonlari xotirasi uchun gullar qo‘yish chaqirig‘ini eshitishmadi, biroq o‘zbek gizli xizmati bu borada ancha joyga borib qolishdi.

Ertalab 11 dan Toshkentdagi 1966 yilgi zilzilaga bag‘ishlangan Matonat haykali oldida namunali oso yishtalik hukmron bo‘ldi.

Buni daraht kesish va gul o‘tqazish ishlarini o‘ylab topgan shahar obodonlik xizmati, shuningdek ikki uch odam bo‘lib uyali telefonda gaplashayotgan shaxslar amalga oshirdi.

Bu shaxslar Matonat haykalidan 70-100 metr narida turib, aftidan muxolifatning haykalga yaqinlashishga bo‘lgan har qanday harakatini bartaraf qilish uchun turishgandi, biroq bunday chora ortiqcha edi chamasi – hech kim bu erga gul ko‘tarib kelgani yo‘q.

May oyining boshida, Andijondagi qirg‘in jabrdiydalariga hamdardlik bildirish maqsadida Matonat haykali poyiga gul qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan olti nafar hukuq himoyachisi xam bu erda paydo bo‘lgani yo‘q.

«Men uyimdan chiqa olmayapman, chunki meni militsiya qo‘yib yubormayapti», – deya xabar qildi telefon orqali jurnalist Marina Velieva.

Huquq himoyachilari Tat’yana Dovlatova va Vladimir Xusainovlarning omadi ko‘proq chopdi, ertalabdan ularga ishlarini bitirish uchun davlat hisobidan ulov ajratib berildi.

«Bugun ikki nafar jinoiy qidiruv xodimi va uchastka militsiyasi hamrohligidagi “Neksiya” mashinasida meni rejalagan ishlarim bo‘yicha shifoxona va boshqa joylarga olib borib kelishayapti, – deydi Dovlatova, – men Matonat haykalidan boshqa har qanday manzilni aytishim mumkin ularga».

Ochiq maktub yozish tashabbuschisi xisoblangan huquq himoyachisi Anatoliy Volkov ham huquq tartibot idoralari hodimlari nazaridan chetda qolgani yo‘q.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kecha kechqurun va bugun ertalabdan uning uyiga militsiya xodimlari kelishgan. Biroq Volkov uyida tunamagan, havfsizlik nuqtai nazaridan Haykalga gulni ertalab tongdan qo‘yishga ahd qilgan.

Ochiq maktubni imzolashdan tashqari “Ijtimoiy o‘zini himoya qo‘mitasi” va keyinchalik “O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish klubi”ni tashkil etish g‘oyasi tashabbuskori bo‘lgan Abdullo Tojiboy o‘g‘li, bugun chindan ham bir necha ming mardikorni Matonat haykali yoniga chiqarishni mo‘ljallagan edi.

Biroq mardikorlar, aftidan, uning Internetdagi chaqirig‘ini o‘qishmadi, biroq huquq tartibot idoralari Tojiboy o‘g‘li uchun katta muammolarni keltirib chiqarishdi.

“Militsiya ertalabdan men bilan o‘g‘lim o‘rtasida mojaro keltirib chiqardi, keyin meni bu yuzadan Chilonzor tuman militsiya boshqarmasiga chaqirishdi, hozir ham o‘sha erda o‘tiribman”, – dedi telefon orqali huquq himoyachisi.

Olti yil muqaddam, 2005 yilning 13-mayida, O‘zbekiston hukumati Andijondagi ko‘p ming kishilik namoyishni o‘qqa tutgan, bir necha yuzlab, jumladan ayollar va bolalarni o‘ldirgandi.

To xanuz bu yuzadan oliynasab mulozimlardan birortasi jazolangani yo‘q, garchi qirg‘indan keyin qamoqqa olingan yuzlab andijonliklar va o‘nlab jurnalist va huquq himoyachilari hamon qamoqda azob chekishmoqda.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=30&nid=17187

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: