Andijon qirg‘iniga 6 yil to‘ldi – ozodlik.org


Stokholmda o‘tkazilgan namoyishda 50dan ortiq odam ishtirok etdi.

13.05.2011

Andijon qirg‘inining 6 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston “Erk” demokratik partiyasi Evropa bo‘limi Stokholm markazida namoyish o‘tkazdi.

-Namoyishchilar ayni paytda plakatlarni tayyorlashmoqda. Andijonda bundan 6 yil oldin Karimov askarlari tinch xalqqa o‘q otib qirganini unutishga haqqimiz yo‘q ,- deydi Shvetsiyadagi Erk faoli Go‘zal Sherikboy qizi.

Andijon qirg‘ini guvohlari harbiylar namoyishchilarga qarata o‘q otganini hamon dahshat bilan eslaydilar.

Suhbatdosh namoyishda O‘zbekiston xalq harakati, unga birlashgan barcha siyosiy kuchlar, Shvetsiyadagi o‘zbek jamoatchiligi va barcha xayrixohlar ishtirok etishini bildirdi.

– Shvetsiya poytaxti Stokholmning markaziy maydoni hisoblanmish Rigstag oldidagi maydonda namoyish o‘tkazish uchun shved hukumatining ruxsati olingan, – dedi “Erk” faoli.

Bundan 6 yil muqaddam 2005 yilning 13 may juma kuni Andijondagi Bobur maydoniga to‘plangan tinch namoyishchilar hukumat tarafidan o‘qqa tutilgan edi.

O‘sha kuni hukumat o‘qidan nobud bo‘lgan tinch namoyishchilar vakili, sobiq siyosiy maxbus Sharifjon Shokirov Ozodlik muxbiriga sabr kosa to‘lgani bois andijonliklar  namoyishga chiqishganini aytgan edi.

Huquq faollariga ko‘ra, Andijonda kamida 500 kishi nobud bo‘lgan.

Toshkent hukumati 6 yil muqaddam Andijonda yuz bergan qirg‘inda 187 kishi o‘lganini bildirgan. Inson huquqlari tashkilotlari hisobicha Andijon voqeasida 500dan 1000 nafargacha odam o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin.

2005 yil Bobur maydonidagi qirg‘in guvohi o‘zbek askarlarining beshfaqtalarcha go‘daklar va ayollarni bir bir qirganini hanuz unuta olmaydi:

– Men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, qo‘lidagi avtomatini o‘qi tugaguncha otdi, -deydi voqea guvohi.

6 yil muqaddam Andijonda ro‘y bergan qirg‘indan keyin Evropa Ittifoqi O‘zbekistonga jazo sanktsiyalarini joriy qildi, ammo sal o‘tmay bu choralarning aksariyati bekor qilindi.

Adolat qaror topishini istagan 13 may guvohlari oradan 6 yil o‘tib O‘zbekiston xalq harakatini tuzib Germaniyada qurultoy o‘tkazishga hozirlik ko‘rishmoqda.

http://www.ozodlik.org/content/article/24107578.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: