Vladimir Norov va O‘XH Berlinda to‘qnash kelishadi – uznews.net


12.05.11

Uznews.net – O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov 24-26 may kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniyaga keladi. Aynan shu kunlari yaqinda tashkil etilgan muxolifatdagi “O‘zbekiston xalq harakati” o‘zining Qurultoyini o‘tkazishni mo‘ljallagan.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Norov Berlinga ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish uchun keladi.

Hozirgi paytda Norovning TIVda uchrashuvi belgilangan, ammo hozircha uning Gido Vestervelle boshchiligidagi inson huquqlari qo‘mitasi va parlamentda qabul qilinish qilinmasligi noma’lum.

Norovning Berlinga safari yangi tashkil qilingan va O‘zbekistonni 1989 yildan beri boshqarib kelaëtgan Islom Karimov rejimini ag‘darishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan “O‘zbekiston xalq harakati”ning 25 mayda o‘tkaziladigan Qurultoyiga to‘g‘ri keldi.

Harakat rahbarlaridan biri, “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkilotidan bo‘lgan Nurullo Maqsudovga ko‘ra, O‘XH Qurultoyni aynan Norov tashrif buyuradigan kuni o‘tkazishga rejalashtirmagan.

“Bu tasodif. Bas shunday bo‘lgan ekan, biz Norovni o‘z yig‘ilishimizga taklif qilishimiz kerak”, deydi u.

O‘XHning Berlindagi Qurultoyiga 40dan ortiq muxolifatchilarning yig‘ilishi kutilmoqda. Maqsudovning aytishicha, yig‘ilish Karimov rejimi bilan faol kurash boshlash uchun O‘zbekiston xalqining mandatini oladi va harakat dasturini ishlab chiqadi.

Maqsudov fikricha, mamlakatda o‘zgarishni istaydiganlarni birlashtirishni maqsad qilgan bu yig‘ilishni o‘tkazish zarur.

“Norovning Berlinda bo‘lishi munosabati bilan O‘XH qandaydir aktsiya o‘tkazadimi?” degan savolga Maqsudov “Hozircha bunday narsa rejalashtirilmayapti” deya javob berdi.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=hot&cid=30&nid=17173

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: