Parijdagi matbuot anjumani – Andijon, Lola va Rue89 – uznews.net


12.05.11

Uznews.net – Bugun Parijda o‘zbek huquq himoyachilari va jurnalistlari Rue89 bilan O‘zbekiston prezidentining qizi Lola Karimova o‘rtasidagi sud mojarosi va olti yil muqaddam yuz bergan Andijondagi qirg‘inga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘ladi.

O‘zbek diktaturasi frantsuz internet nashri Rue89ni tuhmat qilishda ayblashda davom etmoqda – bugun ertalab soat 9:00 da Parijdagi (FIDH) Xalqaro inson huquqlari federatsiyasi ofisida boshlangan matbuot anjumanining asosiy mavzui shundan iborat.

Uning ishtirokchilari o‘zbek huquq himoyachilari – Mo‘’tabar Tojiboeva va Nadejda Ataeva, shuningdek frantsuz internet nashri Rue89 direktori Pьer Xaski (Pierre Haski), jurnalist Avgustin Skalbert (Augustin Scalbert) va uning advokati Antuan Komte (Antoine Comte)lardir.

Bu odamlarni umumiy dushman – O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov rejimi birlashtirdi.

Tojiboeva hamda Ataevalar rejimning eski jabrdiydalari bo‘lib, bugun Frantsiyada quvg‘inda qolishayotgan esa, Karimov rejimining changali frantsuz nashriga ancha yaqinda etib bordi.

Parijda joylashgan YuNESKOdagi O‘zbekistonning elchisi bo‘lmish prezidentning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva, Rue89 jurnalisti Avgustin Skalbertni otasiga nisbatan tuhmat va diktator deya atashda ayblab 19 may kuni sudga chaqiradi.

“Bugungi rejim [O‘zbekistondagi] har qanday o‘zgacha fikrini bostirishga intilmoqda va hatto xorijiy jurnalistlarga bosim o‘tkazishdan tap tortmayapti, – deyiladi matbuot anjumani uchun chiqarilgan press-relizda.

Matbuot anjumanining 12 mayda o‘tayotgani ham bejiz emas, u 2005 yil 13 mayda sodir bo‘lgan Andijon qirg‘inining olti yilligiga bag‘ishlanadi.

Uning ishtirokchilari, qanday qilib kuppa kunduz kuni O‘zbeekiston hukumat kuchlariga tegishli qo‘shinlar Andijonning Bobur maydonida tinch yig‘ilgan namoyishchilarni, hatto qariyalar, ayollar va bolalarga shavfat qilmay otgani haqida hikoya qilishadi.

BMTning qiynoqlar, yo‘qolgan odamlar va qishloq xo‘jaligidagi majburiy bolalar mehnati bo‘yicha Maxsus ma’ruzachisi hujjatlashtirgan O‘zbekistonning jazoni o‘tash joylaridagi muntazam qiynoq va o‘ldirishlarga ham o‘zbek huquq himoyachilari e’tibor ajratishni istashmoqda.

Matbuot anjumani ishtirokchilarining va afkor ommaning fikricha, Parijda bo‘ladigan sud prezident Islom Karimov rejimi diktaturami, degan savolga javob berishi kerak.

Lola Karimova Rue89dan o‘tgan yilning 20 mayida chop etilgan Skalbertning “SPID: O‘zbekistonda qatag‘on, Kannda sayr gashtak” maqolasi uchun ma’naviy zarar sifatida 30 ming dollar talab qilmoqda.

Skalbertning so‘zlariga ko‘ra, Lola Karimova uning maqolasidagi uchta jihat bilan kelisha olmayotir:

Birinchisi, uning otasi prezident Islom Karimov diktator deya atalgan.

Ikkinchisi, u va uning opasi, O‘zbekistonning BMT Jeneva shtab kvartirasi va Ispaniyadagi elchisi Gulnora O‘zbekiston obro‘sini yuvish bilan shug‘ullanmoqda, deyilgan.

Uchinchidan, u 190 ming evro pulni italьyan aktrisasi Monika Belluchchiga Parijning Versal saroyidagi xayriya ziyofatidagi ishtiroki uchun gonorar sifatida o‘tgan yilning fevralida to‘lagan.

Skalbert va uning nashri ishonch bilan, Monika Beluchchining yuqorida aytilgan gonorarini olganini isbotlashlarini va sudni Islom Karimov rejimi diktaturadan boshqa narsa emasligiga ishontirishlarini aytishmoqda.

Skalbertning aytishicha, agar sud, Karimov haqiqatan diktator, degan ajrim chiqarsa¸ matbuotda uni shunday deya atash uchun qonuniy huquq bo‘ladi, yo‘qsa uning nashri kurashni davom ettadi va bu hatto inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro sudgacha chiqish mumkin.

Har bir yangi jarayon, Skalbertning so‘zlariga ko‘ra, tag‘in va tag‘in O‘zbekiston va u erdagi hukmron rejim haqida gapirish imkonini beradi.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=30&nid=17172

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: