Oxus Gold O‘zbekistonni tuhmatda ayblamoqda – ozodlik.org


10.05.2011

Farrux Yusufiy

O‘zbekiston hukumati Oxus Gold shirkatining mamlakatdagi aktivlarini tortib olish maqsadida, unga tuhmat qilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonda oltin qazib olish bilan shug‘ullanib kelgan Britaniya shirkatining advokati bayon qildi. O‘zbekiston hukumati bilan “Amantaytau Goldfields” nomli qo‘shma korxona tuzib, 10 yildan beri mamlakatda faoliyat yuritib kelgan Oxus Gold joriy yil boshidan beri muammolarga duch kela boshladi va Amsterdam & Peroff advokatlik firmasiga ko‘ra, hozirda o‘zbek rasmiylari ingliz hamkorlarini soliqdan bo‘yin tovlaganlikda ayblamoqda. Aytish joiz, Oxus Gold O‘zbekistonda birinchi marta bunday muammoga duch kelgani yo‘q. 2006 yilda ham ayni ayblovlar bilan sudga tortilgan Britaniya shirkati o‘z ulushining 16 foizini sobiq Zeromaks shirkatiga xatlab berishga majbur bo‘lgan edi.

Oxus Gold shirkati joriy yil fevralida “Amantaytau Goldfields” O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasidagi 50 foizlik ulushini o‘zbek hamkorlariga sotishini e’lon qilgan edi.

Keyinchalik, ikki tomon kelisha olmadi shekilli, mart oyi boshida Britaniya shirkati O‘zbekiston hukumatini Xalqaro arbitraj sudiga berishini e’lon qildi.

Bunga, ingliz shirkati vakillarining aytishicha, Toshkent rasmiylarining “Amantaytau Goldfields” qo‘shma korxonasi faoliyatini tekshira boshlagani sabab bo‘lgan.

Shundan keyin Oxus Gold “fors major”, ya’ni o‘z hissadorlari oldida majburiyatlarini bajarish imkonini qoldirmaydigan favqulodda vaziyat vujudga kelganini e’lon qildi.

Xalqaro sudda ingliz shirkati manfaatlarini himoya qilayotgan Amsterdam & Peroff advokatlik firmasi xo‘jayinlaridan biri Robert Amsterdam Ozodlik bilan suhbatda, bu voqealar O‘zbekiston hukumati xorijiy investorlarga tegishli mablag‘ va mulkni tortib olishda hech narsadan tap tortmasligini namoyish qiladi, deydi.

– O‘zbekiston hukumati vakili kecha, 9 may kuni, Oxus Gold soliqdan bo‘yin tovlagani haqida yolg‘on bayonotlar bilan chiqish qildi. Biz buni e’tiborga oldik. O‘zbekistonda xorijiy shirkatlarga nisbatan ayblovlarni soxtalashtirish odatiy holdir va buni biz kutgan edik. Lekin sizga bir narsani ishontirib aytishim mumkinki, mijozimiz, ya’ni Oxus Gold shirkati O‘zbekistonda soliq qonunlari va boshqa qonunlarga to‘la amal qilgan, deydi janob Amsetrdam.

So‘zida davom etarkan Amsterdam & Peroff adqvokatlik firmasi xo‘jayini xalqaro arbitrajlik sudida O‘zbekiston hukumatining Britaniya shirkatiga nisbatan noqonuniy hatti-harakatlari masalasi ko‘tarilishi va bu muammo O‘zbekiston va Britaniya hukumatlari o‘rtasidagi sarmoyalarga oid bahslarni bartaraf qilish to‘g‘risidagi Konventsiyaga ko‘ra, hal etiladi, deydi.

– O‘zbekistonga qarshi sarmoyalarga oid ikki tomonlama kelishuvga asosan arbitraj jarayonini boshlash niyatidamiz. Bu mahkamada O‘zbekiston hukumatining bir necha yil davomida Oxus Gold shirkatini “sekin-asta o‘zshlashtirish”ga urinib kelganiga oid masala ham ko‘tariladi. Ular sekin asta mablag‘lar va qazib olish ishlarini olib borish huquqlarini tortib olib, shirkatning faoliyat yuritishiga imkon qoldirmadi. Bunda vazirlar yoki idoralar shirkat ishlariga aralashib, uning hissadorlarini huquqlaridan mahrum qilishga harakat qildi, deydi ingliz shirkati advokati.

Elsatish joyiz Oxus Gold shirkati O‘zbekistonda soliqdan bo‘yin tovlaganlikda birinchi marta ayblanayotgani yo‘q.

Andijon voqealaridan keyin, 2006 yilda O‘zbekiston hukumati Oxus Gold va mamlakatda oltin konlarini o‘zlashtirish bilan shug‘ullanib kelgan yana bir xorijiy shirkat – AQShning Newmont Mining shirkatlarini ayni ayblovlar bilan sudga bergan edi.

O‘shanda Newmont Mining O‘zbekiston g‘aznasiga 48 million AQSh dollari miqdoridagi soliqni to‘lamagani va’jidan “Zarafshon-Nyuьmont” qo‘shma koxonasidagi ulushidan mahrum bo‘ldi.

Biroq amerikaliklardan farqli o‘laroq, Oxus Gold shirkati O‘zbekistondagi sudda g‘olib chiqqan. Buning evaziga Britaniya shirkati o‘sha paytda prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnoraga tegishli ekani aytilgan sobiq Zeromaks shirkatiga 16 foiz aktsiyalarni xatlab berishga majbur bo‘lgan edi.

Zeromaks bilan birlashuv qiyin kechgani haqida WikiLeaks sayti e’lon qilgan maxfiy hujjatlarda ham aytiladi.

Zeromaks bilan majburiy sherikchilikka borgan Oxus Gold Glunroa Karimovga tegishli ekani aytilgan shirkat yopilgach qiyin ahvolda qoldi.

Biroq Shveytsariyada ro‘yhatga olingan, lekin butun faoliyatini O‘zbekistonda olib borgan Zeromaks shirkati tugatilib, Oxus Gold nufuzli tayanchidan ayrilgach uning ishlari orqaga keta boshladi.

Oxus Gold O‘zbekiston hukumati bilan bunday shubhali kelishuvga borganidan pushaymon emasmi, degan savolga shirkat advokati, mijozimiz o‘z hissadorlari manfaatlarida harakat qilgan, deya javob berdi.

Oxus Gold ustida qora bulutlar paydo bo‘la boshlaganini sezgach, o‘tgan yili o‘zining “Amantaytau Goldfields” qo‘shma korxonasidagi ulushini Xitoy Sarmoyadorlar konsortsiumiga sotishga harakat qilib ko‘rdi, lekin negadir kelisha olmadi.

Shirkat advokati xitoyliklar bilan kelishuv imzolanmaganiga Toshkentning aloqasi bor, deya taxmin qiladi.

– O‘zbekistondek mamlakatda hukumat har qanday kelishuvga to‘siq yaratishi mumkin, deyishga asos bor va o‘ylashimcha bu erda ham O‘zbekiston hukumatining aralashuvi bor desak, adashmaymiz, deydi Amsterdam & Peroff advokatlik firmasi xo‘jayini Robert Amsterdam.

2006 yilda Oxus Gold va Newmont Mining shirkatlari bilan bog‘liq vaziyatni yoritgan jurnalist, hozirda Rossiyadagi Oazis jurnalining bosh muharriri Dmitriy Alyaev besh yil avvalgi voqealarni eslar ekan, O‘zbekiston hukumati harakatlaridan xayron bo‘lmasligini aytadi.

– Yana huddi o‘sha voqea takrorlanyapti. Buning xayron qoladigan joyi yo‘q. Bu biznes yuritishning karimovcha usulidir, deydi jurnalist Alyaev.

Dunyoda to‘qqizinchi o‘rinni egallaydigan O‘zbekiston oltin qazib olish sohasini Gulnora Karimova nazorat qilishi aytiladi.

Toshkent rasmiylari Oxus Gold shirkati va u O‘zbekiston hukmati bilan 50/50 asosida tuzgan “Amantaytau Goldfields” qo‘shma korxonasi bilan bog‘liq vaziyatni Ozodlikka izohlashdan bosh tortdi.

O‘zbekiston yiliga 84 tonna oltin qazib oladi va bu sohada dunyoda to‘qqizinchi o‘rinni egallaydi. Ba’zi manbalar, xususan sobiq Zeromaks shirkatiga yaqin shaxslarning Ozodlikka aytishicha, oltin qazib olish sohasini prezident oilasiga yaqin shaxslar, xususan to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova nazorat qiladi.

http://www.ozodlik.org/content/article/24097123.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: