O‘zbekistonda mahalla oqsoqollari qanday vazifalarni bajaradi? – bbc uzbek


11 may 2011

O‘zbekistonda mahalla qo‘mitalariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘z-o‘zini boshqarish, xalqning ijtimoiy muammolari bilan shug‘ullanuvchi mahallalar odamlar uchun ahamiyati katta.

Ayni damda, davlat ham mahalla qo‘mitalari orqali yashovchilarni kuzatib borish vositasi sifatida foydalanadi.

Toshkentlik Bahodir Alixo‘jaev mahalla sayloviga nomzodini o‘tkazishga qiynalganlardan biridir.

Bahodir Alixo‘jaev ilgari o‘z mahallasiga bir necha bor raislik qilgan.

Uning aytishicha, mahalla yashovchilari va faollar istagi tufayli, nihoyat uning nomzodini ruyxatga olishgan.

Bahodir Alixo‘jaevning aytishicha, mahalla oqsoqolligiga eng avvalo mahalla hayotiga befarq bo‘lmagan, “jonkuyar odamlarni saylash kerak.”

U har bir oqsoqolning eng asosiy vazifasi mahallasidagi yo‘qsil oilalarga yordam berishni tashkillashtirish ekanini aytadi.

Toshkentdagi mahallardan biri oqsoqolligiga nomzodning aytishicha, yo‘qsil oilalarga davlat tomonidan beriladigan yordam juda kam.

“Mana g‘alaba mahallasi eng nochor mahallardan biri hisoblanadi. Men u erda sakkiz yil raislik qilganim uchun bilaman. Keyingi paytlarda nafaqaga chiqishni niyat qilib yurgandim. Ammo, “hali qo‘limdan keladi-ku,” degan o‘yda yana nomzodimni qo‘yishga qaror qildim. Mahalla muammolarini hokimiyat organlariga ko‘tarish niyatim bor,” – deydi Bahodir Alixo‘jaev.

Toshkentdagi mahalla faoli Abdurazzoq Sodiqov esa aynan xalqni o‘ylagan nomzodlar rasmiylar tarafidan to‘siqlarga duch kelishayotganini aytadi.

Bi-bi-si Abdurazzoq Sodiqovni suhbatga tortdi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/05/110511_cy_uzbek_neighbourhood.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: