O‘zbekiston prezidenti arab davlatlaridagi inqiloblarni tashqi kuchlar buzg‘unchiligi deya baholadi – jarayon.com


Chorshanba, 11 – May 2011

9 may “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan mamlakat poytaxti Toshkentdagi “Motamsaro ona” haykali yonida mahalliy televidenie jurnalistlari uchun an’anaviy muloqoti chog‘ida prezidenti Islom Karimov Arab davlatlaridagi inqiloblar tashqi kuchlar tomonidan uyushtirilayotgan buzg‘unchilik ekaniga ishora qildi. Prezidentga ko‘a Arab mamlakatlari o‘ziga to‘q, boy bo‘lgani uchun ham ularda hayot tinch va farovon bo‘lgan, osoyishtalikning birdaniga izdan chiqishi esa “kimningdir rejalariga kiradi”.

“Nima uchun tinchgina yurgan eng boy davlatlar bunday kunlarga keldi? Buning sababi nima deb so‘raydigan odamlar hozir juda ko‘p. Xulosa shundan iboratki, arab davlatlarini olamini buzish, tinchligini buzish, bir-biriga qarshi qo‘yish, albatta bu chetdan turib ta’sir o‘tqazmasdan turib bu narsa bo‘lmaydi. Buni xalqimiz to‘g‘ri tushunishi kerakki, albatta bu kimningdir rejalariga kiradi. Katta kuchlarning rejalariga kiradi. Juda katta boylikka ega bo‘lgan yurt bunaqa buzg‘unchilik, bunaqa qarama-qarshilik, bunaqa urushlarni tasodifan paydo bo‘lishiga man ishonmayman”, dedi Islom Karimov.

O‘z odatiga ko‘ra, prezident nazarda tutayotgan “katta kuchlar”, kimningdir “rejalari” deganda aynan kim, qaysi tashqi yirik kuch nazarda tutilayotganini odyinlashtirib o‘tirmadi. Ammo prezident bu kuchlar kimligi, nafaqat Arab davlatlaridagi “buzg‘inchilik”lar, balki yaqin o‘tmishda O‘zbekistonning Andijon shahrida ro‘y bergan voqealar kimning rejasiga kirishini xalq o‘zi anglab etishi shart.

“Man bir vaqtlar aytuvdim, Andijon voqealari bilan o‘zimizning O‘zbekistonda bo‘lgan hodisalarni eslasa agar, shu paytda aytuvdimki, ming afsuski, qaysi davlat erosti va erusti boyliklariga ega bo‘lsa, neftь va gaz bilan boy bo‘lsa agar, bu davlatlarda bunday tushunmovchilik, bir qarashda tushunmovchilik deymiz (bo‘ladi). Orasiga adovat urug‘ini sepish, bir qarashda huddiki ichidan chiqayapti, chuqurroq qaraydigan bo‘lsak, albatta chetdan turib ta’sir bo‘lmasa, kimkidir tayyorgarlik ko‘rib, katta mablag‘ bunga tashlab, chetdan ta’sir qilmasa, o‘ylaymanki bunaqa mojarolar, bunday ziddiyatlar hech qachon bo‘lmaydi”, dedi Karimov.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish joiz, shu yilning yanvar oyida Vazirlar Mahkamasining yig‘inida gapirgan Islom Karimov, Andijondagi hodisalar ortida ijtimoiy muammolar turganini tan olgan va mahalliy hukumatni ayblagan edi. “Andijon rahbarlari qandaydir bemaza ishlarga berilib, o‘zini yo‘qotib, beparvo bo‘lib, harom ishlarga berilib ketganlari shuncha odamlarni xarob qildi”, degandi o‘shanda prezident.

O‘z an’anasiga ko‘ra, prezident tashqi kuchlar ishtirokidagi, tashqi nizolar va qarama-qarshiliklar haqidagi qisqa ta’rifi so‘ngida O‘zbekiston aholisi bundan tegishli xulosalar chiqarishi zarurligini eslatdi, “yurtimizda hukm surayotgan tinchlikni, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashimiz kerak, xalqimizning eng katta boyligi, bag‘rikenglik, mehr oqibat, biz bu bahrikenglikni, mehr-oqibatni doimo asrab avaylashimiz zarur”, dedi u.

http://www.Jarayon.com

http://www.jarayon.com/index.php?option=com_content&view=article&id=1331:2011-05-10-20-44-16&catid=54:habarlar&Itemid=70

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: