I.Karimov: Arab g‘alayonini tashqi kuchlar sodir qildi – ozodlik.org


Karimov fikricha, Andijon xunrezligi bilan arab isyonlarining sabablari uyg‘undir.

10.05.2011

Barno Anvar

Prezident Karimov neft va gaz zahiralari Arab dunyosidagi bo‘lgani kabi Andijondagi qonli voqealarga ham sabab bo‘lgani haqida gapirdi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 9 may kuni O‘zbekiston televideniesi orqali qilgan chiqishida ilk bor arab davlatlaridagi g‘alayonlar haqida so‘zladi va bu g‘alayonlarni tashqi kuchlar keltirib chiqardi, deb bayonot berdi.

Prezident Islom Karimovga ko‘ra, boy tabiiy zahiralar, ayniqsa, neftga erishish uchun tashqi kuchlar bu davlatlarga ta’sir ko‘rsatgan va shunday tartibsizliklarni keltirib chiqargan.

– Xulosa shundan iboratki, Arab olamini buzish, tinchligini buzish, bir-biriga qarshi qo‘yish¸ albatta, chetdan turib ta’sir o‘tkazmasdan turib bu narsa bo‘lmaydi. Bu katta kuchlarning rejalariga kiradi. Juda katta boylikka ega bo‘lgan yurtlarda bunaqa, aytaylik buzg‘unchilik, bunaqa qarama qarshilik, bunaqa urushlarning tasodifan paydo bo‘lishiga men ishonmayman, – dedi prezident Islom Karimov 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston televideniesida qilgan chiqishida.

O‘zbekiston rasmiy televideniesi orqali shu kunga qadar arab diyoridagi xalq g‘alayonlari yoritilmayotgani kuzatilmoqda va aftidan, prezident Karimov bu mavzuni rasmiy televidenieda tilga olgan ilk rasmiy bo‘ldi.

2010 yilning dekabr oyida Tunisda boshlanib, 2011 yilning fevral-mart oylariga kelib butun arab dunyosiga yoyilib kelgan norozilik namoyishlari haqida shu kunga qadar prezidentdan tashqari Toshkentning boshqa biror rasmiysi bayonot bergani kuzatilmadi, dedi toshkentlik jurnalist Aleksey Volosevich Ozodlik bilan suhbatda.

– Shu kunga qadar O‘zbekiston televideniesidagi “Axborot” dasturi xuddi dunyoda bunday voqea bo‘lmagani kabi istalgan boshqa voqealar, masalan, Lotin Amerkasidagi suv toshqini, Janubiy-Sharqiy osiyodagi falokat, Germaniyadagi avtomobillar to‘qnashuviga o‘xshash xabarnigina berishadi. Ammo, eng muhim voqealarni berishmayotgan edi va bu kulgili edi, – deydi toshkentlik mustaqil jurnalist Aleksey Volosevich.

Ammo, jurnalist fikricha, O‘zbekistonda xalq bu voqealardan xabardor.

– Chunki norasmiy televidenie va radio kanallarda bu haqda xabarlar berilganiga guvoh bo‘ldim. Ayniqsa, voqealar boshlangan ilk kezda mustaqil radiolar uni keng yoritdi. Lekin, oxir-oqibat, rasmiy Toshkentning bu haqda gapirishga majbur bo‘lishi tayin edi,- deydi jurnalist Aleksey Volosevich.

Toshkentlik siyosatshunos Farhod Tolipov ham bu voqealardan etti yoshdan etmish yoshgacha el-yurt xabardor, degan fikrda.

Bunday voqealarga oid xabarlar rasmiy matbuot sir tutgani sari yana-da jamaotchilik uchun qizirqarli bo‘lib bormoqda va odamlar o‘z hamfikrlari doirasida bu haqda fikr almashmoqdalar.

Shu bois ham rasmiy Toshkent, oxir-oqibat, bu voqealarga munosabat bildirishga majbur bo‘ldi, dedi Farhod Tolipov ham Ozodlik bilan suhbatda.

– Tornadolar haqida gapirsakda, qandaydir iqlim o‘zgarishi, global muammolar haqida gapirsakda, Arab davlatlarida bo‘layotgan voqealar haqida lom-mim demasak, g‘alati ko‘ringan bo‘lardi. Shuning uchun ham baribir bu masalaga duch kelishimiz muqarrar edi. Va nihoyat, mana shunday pozitsiya bildirildi. Arab davlatlarida bo‘layotgan voqealar bugun-erta tugamasa kerak va qanchalik bizning matbuotimiz endi uni davom ettirib, sharhlab borar ekan, buni kuzatish kerak, – deydi Farhod Tolipov.

Ayni kezda prezident Karimovning arab davlatlari voqealariga munosabat bildirganining o‘zi bir voqea bo‘lsa, o‘z munosabatiga yaqinda 6 yil to‘ladigan Andijondagi 2005 yilgi qonli voqealarni qo‘shib gapirgani yana bir voqea bo‘ldi.

– Men avval ham aytganman, ming afsuski, qaysi davlat er osti, er usti boyligiga ega bo‘lsa, avvalambor uglevodorod deymiz, anavi neft, gaz bilan boy bo‘lsa agar, bu davlatlarda albatta mana bunaqa tushunmovchilik, bir qarashda xuddiki ichidan chiqayapti, chuqurroq qaraydigan bo‘lsak, tayyorgarlik ko‘rib, katta mablag‘ni bunga tashlab, chetdan turib ta’sir qilmasa, bunday qarama-qarshilik, bunday notinchlik hech qachon bo‘lmaydi, -dedi prezident Karimov 9 may kungi chiqishida.

Ham arab davlatlari, ham 2005 yil Andijonda sodir bo‘lgan va rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 300 ga yaqin, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra esa minglab odamni hayotdan olib ketgan 13 may voqealarini ham tashqi kuchlar sodir etgani haqida prezident Karimov ilgari surgan iddaoga ayni kezda turli munosabatlar bildirilmoqda.

Jumladan, Ozodlik mushtariylari orasida bu iddaoni mutlaqo haqli, deb quvvatlayotgan o‘quvchilar bunga xalq g‘alayonlarining tabiiy zahiralarga boy o‘lkalarda sodir bo‘layotganini asos qilmoqdalar.

Xuddi shunday asosni tilga olgan prezident Karimov fikriga qarshi chiqayotgan mushtariylar esa bunday g‘alayonlarning diktatura rejimi ostidagi kambag‘al davlatlarda sodir bo‘layotganini tilga olib, va nihoyat, bunday g‘alayon aholisining asosiy qismi kambag‘al bo‘lgan O‘zbekistonda ham yuzaga chiqish ehtimoli borligi haqida yozmoqdalar.

Siyosatshunos Farhod Tolipov esa prezident Karimov bayonoti mazmuniga munosabat bildira turib, arab davlatlarida birin-ketin yuzaga chiqib ketgan g‘alayonlarning hammasini tabiiy boyliklarni qo‘lga kiritish istagiga bog‘lash g‘alati ko‘rinadi, deya e’tiroz bildirdi.

– Ayniqsa, rangli inqiloblar deyilgan inqilobdan bu voqealarning farqi shuki, ko‘proq bu voqealarning sabablari tashqarida emas mamlakatning ichkarisida, tashqi aralashuv bilan emas xalqning o‘zi ko‘tarilishi kuzatilayapti, degan fikr bor. Men ko‘proq shu fikrni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardim. Neft bo‘ladimi yoki boshqa tabiiy boyliklarmi ularni sotib olish masalasi turgan bo‘lsa, unga tinch yo‘l bilan ham savdo qilib ham erishish mumkin. Ketma-ket bir qator davlatlarda sodir bo‘layotgan voqealarning hammasini bittagina tabiiy boyliklar bilan bog‘lash men uchun g‘alati ko‘rinadi,-dedi toshkentlik siyosatshunos Farhod Tolipov.

http://www.ozodlik.org/content/article/24096573.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: