Andijon va Arab isyonlari o‘rtasida topilgan uyg‘unlik sabablari – ozodlik.org


11.05.2011

Sadriddin Ashur

Andijon voqealarining 6 yilligi arafasida O‘zbekiston prezidenti Andijon voqealarini esladi. Shu paytgacha 2005 yil 13 may voqealarida bir islomiy guruhlar, bir mahalliy hokimiyat vakillarini ayblab kelgan prezident bu safar 6 yil avvalgi voqealar bilan Arab dunyosida avj olgan isyonlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni aniqladi, ya’ni O‘zbekiston va isyon qilayotgan arab mamlakatlarining tabiiy boyliklariga “tashqi kuchlar” ko‘z olaytirayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 9 may – Xotira va qadrlash kunida televidenieda qilgan chiqishida arab davlatlaridagi xalq g‘alayonlari bilan 2005 yil 13 may kuni Andijonda ro‘y bergan xunrezlik o‘rtasida o‘xshashlik borligi – ikkala holda ham g‘alayonlarni tashqi kuchlar keltirib chiqardi, deb bayonot berdi.

– Men bir vaqtlar aytovdim, agar Andijon voqeasi bilan o‘zimizda, O‘zbekistonimizda bo‘lgan hodisalarni eslasak agar, o‘sha paytda men aytuvdimki, ming afsuski qaysi davlat er osti, er usti boyligiga ega bo‘lsa, uglevodorod deymiz, agar neft va gazga boy bo‘lsa bu davlatda albatta mana bunaqa tushunmovchilik bo‘ladi. Lekin shu orasiga shunday adovatni urug‘ini sepish, bir qarashda xuddiki, ichidan chiqyapti, lekin chuqurroq qaraydigan bo‘lsak, albatta, chetdan turib ta’siri bo‘lmasa, kimkidir chuqur tayyorgarlik ko‘rib katta mablag‘ tashlab, oldindan agar bu rejalarni chuqurroq o‘ylab ta’sir qilmasa, o‘ylaymanki bunaqa mojarolar, bunaqa ziddiyatlar, bunday qarama-qarshilik va bunday notinchlik hech qachon bo‘lmaydi,- dedi Islom Karimov Arab va Andijon isyonlari o‘rtasida parallel o‘tkazib.

Biroq prezident bundan avval Andijon fojiasi sabablari haqida boshqa fikrlarni aytib kelgan. Xususan, joriy yil 21 yanvar kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida Andijon voqealarining aybdorlari sifatida mahalliy rahbarlarni qoralagan edi.

– Andijon rahbarlari qandaydir bemaza ishlarga berilib, o‘zini yo‘qotib, beparvo bo‘lib, harom ishlarga berilib ketganlari shuncha odamlarni xarob qildi,- degan edi Islom Karimov bundan atigi to‘rt oy avval.

O‘shanda prezident Andijon voqealarida bevosita mahalliy hokimiyat vakillari aybi borligini birinchi marta tan olgan edi.

2005 yilda esa, Karimov kuni-kecha aytganidek, tabiiy boyliklar tama qilgan tashqi kuchlar emas, balki O‘zbekistonda xalifalik tuzumini o‘rnatishga uringan akromiylarni ayblagan edi. Lekin o‘shanda ham akromiylarga “tashqi qora kuchlar” yordam berganini aytgan edi prezident.

Kuzatuvchilar prezidentning Andijon va arab dunyosidagi voqealarda uyg‘unlikni topgani ortida har doimgidek, o‘z aybini yashirish niyati borligini aytmoqda.

Andijon xunrezligi ortidan O‘zbekistonni tark etgan, hozirda Germaniyada tuzilgan Andijon-Adolat va tiklanish tashkilotining raisi Nurilla Maqsudov fikricha, prezident Karimovn O‘zbekiston tabiiy resurslariga ko‘z olaytirayotgan tashqi kuchlar haqida emas, balki o‘z iqtidori va orttirgan boyliklari haqida qayg‘urmoqda:

– Andijon voqealari kimningdir e’tiborsizligidan bo‘lib qolgani yo‘q. Andijon voqeligi O‘zbekiston xalqini ijtimoiy muammolar qamrab olganligiga belgi sifatida oxirgi chiqishi bo‘lgan. Haqiqatan prezident bugungi kundagi chiqishida hammaga etkazishlik bilan birga O‘zbekistonga qo‘rquv solayaptiki, nimaga sabab desa, tashqi dunëda, O‘zbekistonimizdan chiqib ketgan fuqarolarning demokratik jaraënining boshlanishiga sabab deb aytaman. U ëqning qo‘rquvi shundan. Xalqni aldab, xalqni qo‘rqitib hamma boylikni o‘ziniki qilib olganligi uchun o‘shandan mahrum bo‘lib qolishligidan qo‘rqib turib shu chiqishlarni qilayapti,- deydi Andijon-Adolat va tiklanish tashkiloti raisi Nurilla Maqsudov.

Londondagi O‘zbekiston tashabbus guruhi rahbari Shohida Yoqub fikricha, Islom Karimov shu paytgacha Andijon fojiasi haqida bildirgan mulohaza va bayonotlarning birortasida ham asos yo‘q, chunki bu voqealarning sodir bo‘lishiga yolg‘iz u sababchi va u o‘z xatolarini tan olgisi kelmaydi:

– Bu Karimovning o‘zining ichida bo‘lgan qo‘rquvni anglatadi. Nima uchun Karimov, fevralda boshlangan arab inqilobi, hozir may oyi, faqat may oyida shu haqda gapira boshladi? Chunki u yaxshi biladi, arab inqilobining domino effekti bo‘lishi mumkin. Chunki Suriyaga keldi. Ozarbayjonda, Eronda, O‘zbekistonda ham bo‘lishi mumkin. Chunki arab inqilobining asosiy sababi bu qashshoqlik, poraxo‘rlik va adolatsizlik. Ya’ni xalq chiday olmay nihoyat arablar oyoqqa turdi. Xuddi shunday omillar O‘zbekistonda bor. Xuddi shunaqa poraxo‘rlik, adolatsizlik, ishsizlik va qashshoqlik. Karimov ham yaxshi biladi va uning atrofidagi odamlar ham yaxshi bilishadiki, baribir xalq ichida norozilik juda ham katta. Yana Karimov bir narsani yaxshi biladiki, u hozir O‘zbekiston prezidentligi o‘rnini aksilkonstitutsion tarzda egallab turibdi. Buni rus tilida aytganda, uzurpator deyish mumkin. Shuning uchun ham u menimcha xalqdan qo‘rqayapti,- deydi O‘zbekiston tashabbus guruhi rahbari.

Shohida Yoqub fikricha, Islom Karimov Suriya yoki Liviya haqida gapirar ekan, Andijonni bejiz eslamadi va bundan olti yil avvalgi qonli Andijonni bugun noroziligi kun sayin oshayotgan xalqning yodiga solib qo‘ymoqchi bo‘ldi:

– U xalqqa balki aytmoqchi bo‘lgandir, agar sizlarda ko‘chalarga, maydonlarga chiqishga qandaydir fikr bo‘lsa ham, baribir Andijonday sizlarni otib tashlayman. Bu fikrlari ortidagi mujda shunday bo‘lishi mumkin. Ammo, menimcha, hozir O‘zbekistonda vaziyat shunaqa darajaga keldiki, xalq qo‘rqmayapti. Baribir xalq chiqadi. Xalqni po‘pisalar bilan, tahdidlar bilan baribir to‘xtatib qololmaydi. Qarang, Suriyada ham xavfsizlik xizmati juda ham kuchli, politsiya juda ham kuchli, lekin baribir xalq chiqdi. Xalq chiday olmadi. Prezidentning po‘pisalari, tahdidlari baribir hech qanaqa rol o‘ynamadi. Xalq baribir turadi. Mana O‘zbekistonda ham shunaqa vaziyat bo‘lishi mumkin,- deydi Londondagi O‘zbekiston tashabbus guruhi rahbari Shohida Yoqub.

Andijon – Adolat va tiklanish tashkilotining raisi Nurilla Maqsudov ham O‘zbekiston tashqarisida demokratik kuchlarning faollashishi Karimovni juda sarosimaga solib qo‘ymoqda, degan fikrda:

– Qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar deydi. Bu uslubni totalitar tuzumdagi rahbarlar doim qurol qilib ushlab kelgan va hozir ham ushlayapti. Navbatdagi Islom Karimovning chiqishi ham qo‘rqqanidan oldinroq musht ko‘tarib qo‘yayapti. Shu uslubda xalqini qo‘rqitib, xalqini yanada hech qanaqa harakatga kelmasligini niyat qilib gapirayapti. Aslida bugungi kundagi harakatlar tabiiy. Tabiiy, xalq o‘zi o‘sha narsaga tayër bo‘lib kelayapti. Buni hech qanaqa kuch to‘xtata olmaydi. Karimov emas boshqasi ham. Chunki Arab davlatlaridagi hodisalar ham hech kim kutmagan narsa bo‘ldi. Bu oddiy xalqlarni asta-sekin o‘zining haq-huquqlarini tushunib uyg‘onib kelaëtganligiga belgi bu,- deydi Andijon-Adolat va Tiklanish tashkilotining raisi Nurilla Maqsudov.

O‘zbekiston Demokratik tashabbuslar markazi rahbari Iskandar Xudoyberganov fikricha, Karimovning Andijon voqealarini Suriya, Liviya, Misr voqealariga bog‘lab yodga olishining o‘zi, mamlakatda norozilik faktorining kuchli ekanligini tan olishidan darak beradi:

– O‘zbekistondagi jamiyatdagi norozilik rivojlanishi bu avvalo davlat boshliqlarining aybi bo‘yicha boshlangan narsa. Chunki iqtisod, siësiy sharoit O‘zbekistonda nihoyat darajada borgan sayin og‘irlashmoqda. Hamma narsani chetga surgan taqdirimizda ham korruptsiya rivojlanib ketishi, har taraflama o‘sib ketishini hamma tan olayapti. Chunki korruptsiya bor joyda albatta qashshoqlik bo‘ladi. Sabab ana bunda. O‘zbekistonning boyligi ham emas, boshqasi ham emas, uchinchi kuchni ham tashqariga qo‘yib turaylik, agarda O‘zbekistonda xalq haqiqatan yaxshi yashaëtganda, jamiyatning ko‘pchiligi albatta hokimiyat tarafdori bo‘lardi. Buni hozirgi rahbarlar tan olsa, demak o‘zining xatosini tan olishi kerak,- O‘zbekiston Demokratik tashabbuslar markazi rahbari Iskandar Xudoyberganov.

http://www.ozodlik.org/content/article/24098289.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: