Ota xalqni chalg‘itdi – ozodlik.org


Karimov Xotira va qadrlash kuni munosbati bilan televizorda chiqdi.

10.05.2011

Sarvar Usmon

Jaa qitmir bola-da, shu Farrux. Tili qichib turadi doim. Askiya qivoradimi-ey. Farg‘onalik-da…

Yaxshiyam o‘shlikman. Askiyachilar piri Abdulxay maxsimning yurtdoshiman. To‘g‘ri, u Qorasuvda yashagan. Lekin O‘sh bilan Qorasuv orasi qattiqroq kulsangiz ovozi eshitiladigan darajada yaqin-da…

Shuning uchun Farruxning askiyalarini ba’zan tushunib qolaman.

Gap kepqolsa otaniyam ayamaydi Farrux. Hatto Otaniyam.

Ana, kecha Onaning poyiga gul ko‘tarib borganida Otani jurnalistlar bezovta qilishdi. Mikrofonlarini og‘ziga tutishdi.

Demak, bir narsa deyish kerak.

Dedi Ota.

Arab davlatlaridagi to‘polonlardan gapirdi. Arablarga qo‘shib 2005dagi Anjanni gapirdi. Har ikkala holatdayam to‘polonlar Arab va Anjandagi neft va gazni deb, chetdan turib qilingan, dedi.

“Rost aytyapti-ey!” deb o‘ylay boshladim: bolaligimda O‘shdan Anjanga ketyatib beshiktervatarga o‘xshash neftso‘rg‘ichlarlarni ko‘rganman.

Otaning gapidan keyin birdan kallam ishlab, endigina “Vot gde masala..” dey, deb tursam, lip etib televizor oldiga Farrux keldi.

– Butun O‘zbekiston Mamatqul baqqolday garang bo‘lib o‘tirgan bo‘lsa kerak hozir, dedi Farrux kecha oqlatgan tishlarini yaraqlatib.

“Mamatqul baqqol kim”, deb so‘rab o‘tirmadim.

“Nega endi butun O‘zbekiston garang bo‘larkan?” deb so‘radim.

– Axir nega garang bo‘lmasin, axir o‘zbekni televizori arab davlatlarida nima bo‘layotganini ko‘rsatganini ko‘rganmisiz, o‘zbekni gazetasi yozganini o‘qiganmisiz, deb o‘dag‘aylab qoldi achchig‘i qo‘qoncha chiqib Farrux.

Askiya qayoqda?!

– Ho‘, o‘zingizni bosing, Farruxboy, hali O‘shning alaminiyam mendan olasiz shekilli, men bir nima dedimmi, gapirgan Ota-ku?! – dedim, – sho‘rvasiga qalampir tushmay qolgan qo‘qonlikday qizishasiz?

– E, rost-da, eee, bu yoqda o‘zbekistonlik hamkasblarimiz xalqning ruhiy sog‘lomligi ustida kechayu kunduz bosh qotirib, har-xil revolyutsiya-pevolyutsiyalar to‘g‘risidagi gaplarni chiqqan joyiga qaytarib o‘tirgan bo‘lsa, Anjan voqeasi deganda odamlar Dukchi eshondan boshqani eslolmaydigan bo‘pqolgan bo‘lsa-yu Ota e yo‘q, be yo‘q nima qiladi Arabni gapirib, Anjanni gapirib?! Mana endi 29 millionli xalq arablarda nima bo‘lyaptiykin, Anjanda nima bo‘luvdiykin, deb o‘ylashni boshlaydi.

– To‘xtang, to‘xtang Farruxboy, bu bilan nima demoqchisiz? Hech kim gapirmayotganda arab davlatlaridagi to‘polonlardan gap ochib xalqni bezovta qilayotgan, uning ongiga inqilob urug‘ini sochayotgan Otaning o‘zi, demoqchimisiz?

– Bugun havo jaa ochilib ketibdimi, deb javob qildi Farruh savolimga savol bilan ko‘zlari yiltillab.

-Ha, esiz, bu yaqin orada choyxona-poyxonayam yo‘q osh-posh qilaylik, desak, dedim men.

http://www.ozodlik.org/content/blog/24096677.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: