I.Karimov: Arab g‘alayonini tashqi kuchlar sodir qildi – ozodlik.org


Karimov fikricha, Andijon xunrezligi bilan arab isyonlarining sabablari uyg‘undir.

10.05.2011

Barno Anvar

Prezident Karimov neft va gaz zahiralari Arab dunyosidagi bo‘lgani kabi Andijondagi qonli voqealarga ham sabab bo‘lgani haqida gapirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov arab davlatlaridagi g‘alayonlarni tashqi kuchlar keltirib chiqargan, deb bayonot berdi.

Prezident Karimovga ko‘ra, g‘alayonlar iskanjasida qolgan arab davlatlaridagi boy tabiiy zahiralar, ayniqsa, neftga erishish uchun tashqi kuchlar bu davlatlar xalqlariga ta’sir ko‘rsatgan, katta miqdorda moliyaviy yordam bergan va shu bois keng ko‘lamli tartibsizliklar kelib chiqqan.

Prezident Karimov O‘zbekistonning ham neft, gaz, oltin, uran kabi boy tabiiy zahiralarga ega ekanini eslatib, 2005 yilgi Andijon voqealari ham aynan shu sababdan keltirib chiqarilganini ta’kidladi.

Prezident Islom Karimov Tunis, Misr, Liviya, Yaman, Bahrayn, Suriya kabi davlatlarida yuzaga chiqqan g‘alayonlarga ilk bor munosabat bildirmoqda.

Shu o‘rinda eslatish joiz, O‘zbekiston rasmiy matbuoti bu davlatlaridagi xalq isyonlari haqida mutlaqo sukut saqlab kelmoqda va rasmiy televidenie orqali bu voqealarni tilga olgan ilk o‘zbekistonlik prezident Islom Karimov bo‘lsa ham ajab emas.

Quyida prezident Karimovning O‘zbekiston televideniesi orqali eshittirilgan bayonotini tinglashingiz mumkin.

http://www.ozodlik.org/content/article/24096573.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: