Turkiston legioni – asirlarni o‘limdan saqlagan imkon – ozodlik.org


Turkiston legionerlarining maqsadi vatanlarini kommunistik tuzumdan ozod qilish edi.

09.05.2011

O‘zbekiston mustaqilligiga 20 yil bo‘lganiga qaramay, mamlakatda Turkiston legioni tarixini o‘rganish ishi oqsamoqda.

O‘zbekistonda 9 may G‘alaba kuni deb emas, balki Xotira va qadrlash kuni deya nishonlanadi.

Xotira va qadrlash Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilariga tegishli ma’raka ekani aytiladi. Shu ma’noda front chizig‘ining u tarafida turib jang qilgan o‘zbeklar, xususan, Turkiston legioni askarlarini ham xotirlash xayrli ishdir.

Sobiq ittifoq davrida Turkiston legioni to‘g‘risida gapirish taqiqlangan, uning qatnashchilariga esa vatan xoinlari tamg‘asi bosilgan edi. Hozir ham bu legion tarixini xolis o‘rganish masalasi hal bo‘lgani yo‘q.

Bu legion Ikkinchi Jahon urushi yillarida Germaniyada Mustafo Cho‘qay, Boymirza Hayit, Vali Qayumxon, Ro‘zi Nazar kabi bir guruh turkistonlik ziyolilar tomonidan urushda asirga tushgan turkistonliklardan tuzilgandi.

Germaniya qo‘mondonligi tarkibida shunday legion tuzish taklifini sobiq Turkiston muxtoriyati rahbari Mustafo Cho‘qay ilgari surgan edi.

Mustafo Cho‘qay Gitlerning yovuz siyosatidan ezgu ishda foydalanishga uringan. U 1939 yilda Gestapo qo‘liga tushgan va qanchadan-qancha chig‘iriqlardan o‘tib, shaxsan fyurer bilan mana shu legionni tuzish haqida kelishuvga erishgan.

Bu kelishuvga muvofiq O‘rta Osiyoga fashistlar emas, Turkiston legioni askarlari kirishi va alohida davlat qurishi lozim edi.

Marhum shoir Rauf Parfi tirikligida “Ozodlik” muxbiri bilan suhbatlashar ekan, Turkiston legionini tuzish harakatlari millat ziyolilarining Turkiston birligi, mustaqilligi uchun kurashining davomi bo‘lganini ta’kidlagandi.

– Legion rahbarlari Turkiston xalqlarini fashizm balosidan qutqarib qolish yo‘llarini izlagan. Turkiston muxtoriyati fojeasidan keyingi bu harakatlarni uyg‘ongan ziyolilarning chet eldagi olijanob ishlaridan biri, deyish mumkin,- degandi Rauf Parfi.

Mustafo Cho‘qay legionga rahbarlik qilgan yillarda fashistlarga asirga tushgan 260 ming turkistonlikning hayotini saqlab qolganining o‘ziyoq tahsinga loyiqligini qayd etadi tarixchilar.

http://www.ozodlik.org/content/article/24095231.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: