Qamoqdan yana bir mahkumning jasadi keldi – yangidunyo


May 8th, 2011

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati faollari bilan so‘zlashgan huquq himoyachisi Mahbuba Qosimova O‘zbekiston IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi tizimidagi 64-45-muassasa (Toshkent viloyati Olmaliq shahri)da jazo muddatini o‘tayotgan Oqilxon Ziyoxonovning jasadi shu oy avvalida koloniyadan keltirilgani hamda marhum tuproqqa berilgani haqida ma’lum qildi. Konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qator jinoyatlarda ayblangan, biroq hozirda Shvetsiyadan boshpana topgan Obid qori Nazarovning izdoshi sifatida e’tirof etilgan bu shaxsning ma’rakasi Toshkent mahallalaridan birida o‘tkazilgan.

Ziyoxonov Oqilxon Musaevich 1952 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, uch nafar farzandi bor. Toshkent shahar Yunusobod tumani Instrumentalniy ko‘chasi 59-uyda yashagan. Hibsga olingan 1998 yilning 8 yanvariga qadar “Sefit” firmasida ishlagan, dastlab jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi tomonidan mamlakat konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz, narkotik va qurol-yarog‘larni noqonuniy ravishda saqlashda ayblanib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

2003 yilning fevralь oyi avvalida amnistiya akti bilan jazo muddatini o‘tashdan ozod qilingan bu shaxs ikkinchi marta jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumani sudi hukmi bilan 5,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. 2004 yildagi terrorchilik harakatlari sodir etilishi hamda valyutafurushlikda ayblangan Ziyoxonov shundan beri qamoqda saqlanayotgandi.

“Oqilxon Ziyoxonov ustidan olib borilgan mahkamalarda ishtirok etganman. Bu shaxs sud jarayonlarida nafaqat chuqur diniy bilimlar sohibi, balki dunyoviy ilg‘or qarashlarga ega noyob iste’dod sohiblaridan biri ekanini ko‘rsatgandi. Uning himoyasi uchun norozilik namoyishlariga chiqqanman, ommaviy axborot vositalari orqali unga nisbatan adolatsiz chiqarilgan sud qarorlariga o‘z munosabatlarimni bildirganman. Xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakolatxonalarini uning himoyasiga jalb etganman. Oqilxon akaning o‘limi ko‘nglimga juda og‘ir botdi” deydi “Ezgulik” jamiyati rahbari Vasila Inoyatova.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati mahkumning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi ma’muriyatiga izoh berish talabi bilan rasmiy maktub yo‘lladi. Maktubda mahkumning vafoti, unga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilgani ehtimoliga oydinlik kiritilishi so‘ralgan.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati

http://yangidunyo.com/?p=18706

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: