Prezident Medvedev Prezident Karimovni “G‘alaba kuni” bilan tabrikladi – bbc uzbek


 9 may 2011

Prezident Medvedev janob Karimovga tabrigida “tarixni qaytadan yozish urinishlari” haqida ogohlantirgan.

Rossiya Prezidentining veb sahifasida e’lon qilingan tabrik matnida Dmitriy Medvedev “millionlab insonlar g‘alaba uchun o‘z jonlarini qurbon qilganliklari”ni ta’kidlagan.

“Qahramonlar xotirasini e’zozlash, tarixiy haqiqatni qaror toptirish, Ulug‘ Vatan urushi natijalarini qayta ko‘rib chiqishga har qanday urinishlarga birgalikda qarshi turish- bizning muqaddas burchimizdir”, deyiladi Prezident Karimovga yo‘llangan tabrikda.

Rossiya prezidenti ikki davlatning do‘st xalqlari “bu kabi yondoshuvga qo‘shiladilar”, deb ishonishini aytgan.

Xotira kuni

O‘zbekistonda 9 may rasman “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanadi.

Mustaqillikdan so‘ng mamlakat rahbariyati Ulug‘ Vatan urushini “Ikkinchi jahon urushi” iborasiga o‘zgartirgan.

Ulug‘ Vatan urushi natijalarini qayta ko‘rib chiqishga har qanday urinishlarga birgalikda qarshi turish-bizning muqaddas burchimizdir

Prezident Medvedev

Har yili shu kuni Prezident Karimov sobiq Mustaqillik maydonidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yadi va urush faxriylari bilan uchrashadi.

2009 yil oxirida Toshkentdagi sho‘ro askariga qo‘yilgan yodgorlikning olib tashlanishi Rossiya hukumatining noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

Rossiya matbuoti O‘zbekiston hukumatini “Ulug‘ Vatan urushi tarixini qayta yozishga urinish”da ayblagan.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi oldida bir necha norozilik chiqishlari bo‘lib o‘tgan.

Rossiyalik ayrim tahlilchilar Toshkentdagi sho‘ro askari yodgorligining olib tashlanishini “Rossiyani O‘zbekistondan butunlay siqib chiqarish” urinishi sifatida talqin etganlar.

Ammo O‘zbekiston hukumati sho‘ro askariga qo‘yilgan haykal Ikkinchi jahon urushi jangchilarining xotirasi timsoli bo‘lmagani, balki “bor-yo‘g‘i eski tuzum mafkurasini aks ettirgani”ni aytib, Rossiya matbuotidagi tarixni qayta yozish iddaolarini rad etgan.

2010 yilning 13 yanvarida Mudofaa vazirligi binosi oldidagi sobiq sho‘ro askari haykalining o‘rnida barpo etilgan yangi majmua Prezident Karimov tomonidan ochilgan.

O‘zbekistonga qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda G‘alaba kuni rasmiy tantanalar bilan nishonlangan.

Olma-Otada urush faxriylari qarshisida nutq so‘zlagan Prezident Nazarboev Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alaba bilan mustaqil Qozog‘iston davlatining tashkil topishi uzviy bog‘liq ekanini aytgan.

“G‘olib otalarimizning jasorati bo‘lmaganida, biz bu davlatni qura olmas edik”, degan u.

“Qozog‘istonning bugun biz faxrlanayotgan iqtisodi ham sizning qo‘llaringiz bilan barpo etilgan”, deya ta’kidlagan janob Nazarboev.

O‘zbekistonda esa Prezident Karimov 9 may arafasida urush faxriylarini 300 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlash haqidagi farmonga imzo chekkan.

Bu qora bozor kursida 120 AQSh dollariga teng.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/05/110508_cy_medvedev_karimov.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: