Ko‘rinmas dushman – ponauz


May 9th, 2011

 (Dunyodagi eng xavfli tashkilotlardan biri haqida)

Mayning 24..26 kunlari AQShning Yaqin Sharqdagi siyosatini belgilovchi (lobbistik faoliyat) va AQShdagi 10 000 dan ziyodroq badavlat tadbirkorlar, kuchli siyosatchilar va davlat arboblaridan tashkil topgan Isroil tarafdorlarini bir birlariga birlashtiruvchi jahondagi eng kuchli tashkilotlardan biri AIPAC o‘z Konferensiyasini o‘tkazadi.

Shu munosabat bilan tashkilot o‘z vebsahifasiga (aipac.org)shunday chaqiriqni yozgan:”AQSh va Isroil siyosiy rahbarlaridan Isroilning kelajagi haqidagi mo‘him xabarlarni tinglashdan chetda qolmang!Konferentsiyaga tashrif buyuring!”

Bu tashkilot yig‘ilishlarida uning aziz mehmonlari sifatida so‘nggi 20 yil ichida AQShning barcha prezidentlari qatnashishgan. Ko‘plab kongressmenlar va senatorlar bu tashkilotning a’zolaridir va ular bu tashkilotni moliyaviy, ro‘han va g‘oyaviy nuqtai nazarlardan qattiq qo‘llab-qo‘vvatlab kelishadi.

Bundan bir necha yil oldin men bu narsalarni aniqlagach, o‘sha paytdagi AQSh davlat kotibi Colin Powellga bir xat yozib, uning Aipacka qilgan tashrifini va bu tashkilotni qo‘llashini qattiq tanqid qilgan edim. O‘shanda u Yaqin Sharq masalalari bilan shug‘ullayotgan edi va dunyo matbuoti uchun u guyoki ikki tomonga ham, yaьni FALASTIN VA Isroilga bir xil ko‘z bilan qarashini, o‘rtadagi mojaroni(ammo aslida bu mojaro emas, balki Isroilning 50 yillik bosqinchilik siyosati edi) kelishib hal qilish kerakligini uqdirar, amalda esa bir tomonni (Isroilni) jiddiy va qattiq qo‘llar edi.

Shundan so‘ng unga nimadir bo‘ldiyo umuman bu masaladan o‘zini keskin chetga tortdi. Agar o‘sha paytgacha unga hech kim bu achchiq haqiqatni aytmagan bo‘lsa, balki uning generallik va katta siyosatchilik g‘ururiga meni gaplarimdan keyin sal bo‘lsada gard yuqqandir…Yoki boshqa narsa taьsir qildimi, xullas, nima bo‘lganda ham u o‘shanda bu xavfli tashkilotdan oyog‘ini tortdi.

Ammo 20 yil davomida yuzlab senatorlar, kongressmenlar va hatto prezidentlarni o‘zlaridan katta yordam olib kelayotgan bu tashkilotga bu birgina yo‘qotish unchalik taьsir qilmadi ham.

Xo‘sh, bu tashkilotning asosiy jinoyatlari nimalardan iborat?

1. AQShning Iroqqa qarshi olib borib borgan har ikkala urushining ham ortida aynan ana shu tashkilot yotadi. Ayniqsa 2nchi urushni boshlash uchun bu tashkilot qattiq tirishdi. Vitse prezident Dik Cheyni va Mudofaa vaziri Donalьd Ramsfelьd urush loyihasini tayyorlashdi. Masalaning asosiy tashabbuskori esa Aipac edi. Dik Cheyni esa unga a’zodir. Xo‘sh, nima uchun aynan o‘sha paytda Iroqqa qarshi urush ochish shunchalik mo‘him bo‘p qoldi bu qonxo‘rlar uchun?

Sababi shundaki, Iroqqa urush boshlanishidan bir necha hafta oldin Saddam Xuseyn Isroilning G‘azoga nisbatan qilgan navbatdagi hujumlari va u erda bir necha o‘nlab odamlarni va ayniqsa bolalarni o‘ldirgandan keyin u Isroilga qarata 4..5ta raketa otdi. Bu raketalar Isroilga jiddiy zarar etkaza olmagan bo‘lsa ham(uzoq masofa tufayli), bu narsa Isroil va uning akaxoni bo‘lmish AQSh siyosatchilarini jiddiy tashvishga soldi. Ana o‘shanda Iroqqa qarshi urush loyihasi tayyorlana boshlandi.

Ammo bir davlatga qarshi urush eьlon qilish oson ish emas. Bu uchun jiddiy asoslar bo‘lishi kerak. Ana o‘shanda “Iroqda ommaviy qirg‘in qurollari bor” degan uydirmani shov shuv qila boshladilar. Ammo BMTning 9 marta uyushtirgan komissiyasi Iroqda bunday qurolni topa olmadi. Chunki bunday qurolni o‘zi yo‘q edi u erda. Bundan achchig‘i chiqqan J.Bush va Buyuk Britaniya bosh vaziri T.Blair baribir urushni boshlashga buyruq berdilar va bu avantyura 21 asrda BMT tarixida eng sharmandali ahvol edi. Chunki BMTning Xavfsizlik Kengashi ham , uning Bosh Assambleyasi ham, Rossiya, Xitoy va Frantsiyaning noroziliklari ham bu ikki urushqoq davlatlarning siyosatchilarini hech bir sababsiz bir davlatga qarshi urush ochishdan to‘xtata olmagan edi! Bu ochiqdan ochiq BMTga va butun insoniyatga tupurish edi.

Hali hanuz bu masala bo‘yicha jiddiy tekshiruv o‘tkazilmadi. Sababi Barak Obama Prezidentlikka qasam ichgan kunning ertasigayoq J.Bushga nisbatan hech qanday tekshiruv olib bormasligini ochiq oydin aytdi!

Mana sizga 21 asrda xalqaro siyosatdagi g‘irromlik, buyuk davlatlar rahbarlarining siyosiy jinoyatchiligi va ularni yashiruvchilarning asl basharalari!

Iroqdagi urush tufayli 100 000dan oshiq begunoh insonlar o‘ldirildilar, bir necha yuz minglab odamlar og‘ir tan jarohatlari oldilar, yana necha yuz minglab insonlar sarson-sargardonlikka yuz tutdilar va bu urushning kasofatlari hali hanuz Iroq va uni atrofidagi insonlar hayotiga o‘z taьsirini o‘tkazmoqda.

2. Aynan Aipacning qattiq qarshiliklari tufayli mana 20 yildirki G‘arb davlatlari og‘izda “Falastin yaqinda mustaqil davlat bo‘ladi” deb yolg‘onni uyalmasdan gapirib kelmoqdalar ammo amalda Falastinni mustaqil davlat bo‘lishiga tish tirnoqlari bilan qarshi kurashmoqdalar.

Bu ishda ularga hatto Turkiya davlati rahbarlari ham o‘tgan 2010 yilgacha yordam berib keldilar. Ammo Ozodlik Flotiliyasiga Isroil maxsus kuchlarining huujumi va uning oqibatida bir necha Turkiya fuqarolari o‘ldirilgandan keyingina xalqning g‘azabi qaynab ketgach Turkiyaning sotqin rahbarlari Isroil bilan o‘z aloqalarini sovuta boshladilar.(Bu haqda juda ko‘p maqolalar chop etilgan, ulardan ayrimlari: 1.Okolo 500 pravozaщitnikov s “Flotilii svobodы” dostavl… 2.napadenie izrailya na flotiliyu svobodы , 3.Sionistskie piratы oruduyut v Sredizemnom more! 4. Shturm «Flotilii svobodы» snyali na video ).

Ana shu birgina misolda Isroil davlatining rahbarlari naqadar shafqatsiz siyosat yurgizishini buutun dunyo ko‘rdi, chunki Evropa va Turkiyadan oziq ovqat olib 10 oydan beri qamalda yotgan G‘azo xalqiga bir necha tinchlik kemalarida yordamga borayotgan 500dan oshiq oddiy insonlar, huquq himoyachilari, shoirlar va jurnalistlar Isroil maxsus qo‘shinlari tomonidan qattiq hujumga uchradilar.

Ularning kimligini bilib turib, tinch va qurolsiz insonlarga qarshi tish tirnog‘igacha qurollangan harbiylarni kechasi vertoletlarda tashlash degani bu davlat jinoyatchiligi degani! Ammo g‘arbning sotqin va vijdonsiz siyosatchilari bu masalaga ham ko‘z yumdilar. Chunki AIPAC ularni og‘izlari va qo‘llarini o‘z kelishuvlari va hamdo‘stlik shartlari bilan bog‘lab qo‘ygan edi!

3. Bugungi kunda Al Qoida rahbari Usama bin Ladinni AQSh maxsus qo‘shinlari tomonidan o‘ldirilishini shov shuv qilib nog‘ora chalayotgan g‘arb davlatlarida yashovchi millionlab soddadil insonlar shuni bilmaydilarki, AIPAC aslini olganda Al Qoidadan bir necha karra xavfliroq tashkilotdir. Chunki bu tashkilotning beliga bomba bog‘lagan shahidlari yoki uchoqlarni bosib oladigan jangchilari yo‘q. Ammo bu tashkilotning buyuk davlatlarning qurolli kuchlarini o‘zlari istagan davlatga qarshi yo‘naltiradigan siyosatchilari va sarkardalari bor.

Usama bin Ladin va Al Qoidani Nьyu Yorkdagi Xalqaro Savdo markazi va AQSh Mudofaa vazirligi Pentagonna qarshi hujumlarda ayblashdi. Ammo shu paytgacha biror jurnalist yoki analitik fikrlovchi siyosiy tadqiqotchi nima uchun aynan ana shu hujumlarning sabablarini tekshirib ko‘rmadilar. Chugki bu xarajat talab qilishidan tashqari masala oydinlaashsa kalavaning bir uchi borib AIPAC va Isroilning Yaqin Sharqda, xususan Falastin xalqiga qarshi oliib borayotgan bosqinchilik va zo‘ravonlik siyosatiga, AQShning ana shu jinoiy siyosatni AIPAC orqali qo‘llab qo‘vvatlayotganiga borib taqaladida! Ammo ular o‘la qolsalar ham bunday tahlilga yo‘l qo‘ymaydilar, o‘zlarining jinoyatlari ochilishini aslo istamaydilar.

4. Ko‘rinmas dushman eng xavfli dushmandir. Chunki siz uni ko‘rmaysiz, ko‘rgan taqdiringizda ham unga bas kela olmaysiz, bu nafaqat bir necha tashkilotlar uchun balki bir necha davlatlar uchun ham o‘ta qiyin masala, chunki bunday ko‘zga ko‘rinmas tashkilotni minglarcha kuchli siyosatchilar, badavlat tadbirkorlar qo‘llab qo‘vvatlaydilar. Ular uchun dunyodagi turli tuman xalqaro tashkilotlarga o‘z odamlarini qo‘yish, o‘z odami bo‘lmaganlardan yoki ularga quloq solmagan xalqaro miqyosdagi amaldorlardan soqit bo‘lish qiyin ish emas. AQSh Markaziy Razvedkasi va Rossiyaning Federal Maxsus Byurosida ana shunday maxsus qotillar tayyorlanadi. Bir necha million dollar sarf qilib istagan siyosatchi, ko‘zga ko‘ringan jamoat arbobini yo‘q qilish ular uchun hech narsa emas. Bu tashkilotning eng xatarli tomoni shundaki, uning vakillari bir guruh insonlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ish yuritadilar va bu yo‘lda ular hech narsadan tap tortmaydilar. Kerakli diktatorlar qo‘llash, kerak bo‘lmaganlariga qarshi yo ochiq yo yashirincha hujumlar uyushtirish ham ana shu tashkilot olib boradigan ishlardan biridir. Bu tashkilotning Toshkentga aloqador joyi ham bor, AIPAC Toshkent va Tel Aviv o‘rtasidagi aloqalar hamisha mustahkam bo‘lishi uchun kurashib kelgan, u hatto AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar vaqtinchalik uzilganda ham Karimov bilan aloqani uzgani yo‘q. Sekin asta qonxo‘r Karimov Hukumatining G‘arb davlatlari bilan aloqalarining qayta tiklanishi, Karimovning Bryusselga, Evropa Ittifoqiga tashriflarini tashkillashtirishda ham bu tashkilotning katta hissasi bor.

Hazratqul Xudoyberdi

“Stop Diktator Karimov”

2011 yil 2-may

http://ponauz.turkiston.tv/archives/989

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: