Germaniya Toshkent bilan janjallashishdan cho‘chidi – ozodlik.org


09.05.2011

Mehribon

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi “Erk” partiyasi Bosh kotibi Otanazar Oripovga viza bermadi.

Muxolifatdagi “Erk” partiyasi bosh kotibi Dyusseldorf shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston Xalq Harakati”ning ta’sis yig‘iniga taklif qilingan edi.

Otanazar Oripov Ozodlik bilan suhbatda, Germaniya elchixonasining unga viza berishni rad qilishi ortida siyosiy sabablar borligiga shubha yo‘q, deydi.

– Men 8 aprel kuni Germaniya elchixonasiga viza so‘rab bordim. Anketa to‘ldirib, uy a’zolari, oila a’zolari, o‘zimning pasportimning kopiyalari, hujjatlar bilan bordim. Lekin qo‘limda taklifnoma yo‘q edi. Boradigan joyim ma’lum ediyu, taklifnoma yo‘q edi.

Ozodlik: Qaerga bormoqchi edingiz?

– Dyusseldorfga. U erda 2-4 may kunlari bo‘ladigan majlisga bormoqchi edim. Dokumentlarni qabul qilmadi. Faqat anketani olib qoldi. “Taklifnomani olib kelsang, mablag‘ing borligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, ish joyidan olib kelsang, qabul qilamiz”, dedi. Taklifnoma keldi “Andijon – Adolat va tiklanish” tashkilotidan. Bu tashkilot Dyusseldorfda joylashgan, o‘sha ëqda registratsiyadan o‘tgan. O‘shandan taklifnoma keldi 2-4 may kunlari bo‘ladigan konferentsiyada qatnashishim uchun. Keyin shuni olib 21 aprel kuni bordim. Taklifnomani ham, boshqa hujjatlarni ham olib qoldi. Viza uchun to‘lovni ham to‘lab, “10 kun muddat. 2 may kuni kelasan”, dedi. Keyin 2 may kuni bordim. “Elchixona sizga viza bermadi”, dedi. Qo‘limga berdi rasmiy javobini. Nemischa ëzilgan rasmiy javob.

Ozodlik: Sababini tushuntirishdimi?

– Rasmiy javobda “Chaqiruvchi tomon sizni tanimaydigan odamlar ekan”, deb yozilgan. Chaqiruvchi tomon “Andijon – Adolat va tiklanish” tashkiloti edi. O‘shaning nomidan kelgan.

Ozodlik: Ular tashkilotchi bo‘lsayu siz ishtirokchi bo‘lsangiz, unda nimaga rad qilishdi? O‘zingiz nima deb o‘ylayapsiz?

– Mening tushunishimcha, ko‘rayaptiki taklif qilaëtganlar ham siësiy nimadagi tashkilot. O‘zbekistondan borgan odamlar. Men ham lavozim bo‘yicha partiya bosh kotibi. Muxolifatdagi tashkilot. Shuning uchun O‘zbekiston hukumati bilan janjal chiqishidan xavfsirab bermadimi, deb o‘ylayman.

Ozodlik: Boshqa biror davlatga chiqish uchun viza olishda shunaqa holatga duch kelganmisiz?

– Yo‘q. Men ko‘p marta Amerikaga borganman, Kanadaga borganman, Norvegiya, Polshalarga borganman. Birinchi marta bunaqa muammoga duch kelishim.

Ozodlik: Nimaga aynan Germaniya shunaqa yo‘lni tutayapti?

– Germaniyaning munosabati yaxshida O‘zbekiston hukumati bilan. Bu erda yana Germaniyaning harbiy bazasi bor,- deydi muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov.

O‘zbekistonda harbiy bazaga ega Germaniya 2005 yil noyabr oyida O‘zbekistonning o‘sha paytdagi Ichki ishlar vaziri Zokir Almatovga, zero u EIning istalmagan shaxslari ro‘yxatida bo‘lsa ham, davolanishi uchun viza bergan edi.

Zokir Almatov o‘shanda O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi davlatlariga kirishi man etilgan 12 rasmiysi ro‘yxatida edi.

Eslatib o‘tamiz, 2-4 may kunlari bir qator muxolif guruhlarni birlashtirgan “O‘zbekiston Xalq Harakati” Germaniyaning Dyusseldorf shahrida uchrashib, O‘zbekistonda prezident Islom Karimovni tinch yo‘l bilan ag‘darish yo‘llarini muhokama qilgan edi.

Yig‘inda “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti, “Erk” partiyasi, “Tayanch” harakati faollari qatnashgan.

Ularga ko‘ra, arab davlatlarida yuz bergan va davom etayotgan inqiloblar buning O‘zbekistonda ham imkoni borligini ko‘rsatgan.

“O‘zbekiston Xalq Harakati” 25 may kuni Berlinda o‘zining birinchi qurultoyini o‘tkazishni rejalamoqda.

http://www.ozodlik.org/content/article/24095727.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: