Frantsiya mahkamasi Prezident Karimovning ‘diktator’ yoki yo‘qligi borasida qaror beradi – bbc uzbek


9 may 2011

Mahkama da’vosida Lola Karimovaning “diktatorning qizi”deb atalishi tuhmat ekani aytiladi

Kelasi hafta Parij mahkamasi Prezident Karimovning kenja qizi Lola Tillaeva-Karimovaning frantsuz nashri Rue89 ga qarshi da’vosini ko‘rib chiqadi.

Britaniyada chiqadigan The Telegraph ro‘znomasining yozishicha, mahkama markazida Rue89 yangiliklar saytining Karimova-Tillaeva xonim Parijdagi dabdabali ziyofatda qatnashish uchun mashhur aktrisaga katta miqdorda pul to‘lagani haqidagi da’vo turadi.

“Telegraf” ga ko‘ra, da’voning boshqa bir bandida O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi bo‘lgan Lola Karimovaning “diktatorning qizi” deb tasvirlanishi “tuhmat” ekani aytilgan.

Frantsuz mahkamasidan amalda O‘zbekiston prezidentini “diktator” deb atash mumkinmi yoki yo‘qligi so‘ralayotgani mahkama ishiga qiziqishni kuchaytirgan.

Parijda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik tahlilchi Kamoliddin Rabbimovga ko‘ra, hozirga qadar bironta mahkama u yoki bu davlat rahbarining diktator yoki yo‘qligi borasida ajrim chiqarmagan.

“Diktator atamasi siyosiy atamadir, uning aniq-taniq huquqiy ta’rifi yo‘q”, deydi tahlilchi.

Uning fikricha, Parij mahkamasidagi da’voda ko‘proq O‘zbekistondagi inson huquqlarining ahvoliga e’tibor qaratilishi mumkin.

The Telegraph dagi maqolada yozilishicha, 19 may kuni boshlanishi kutilayotgan mahkamada O‘zbekiston qamoqxonasida qiynoqlardan azob chekkan muxolifat faoli hamda o‘zbek huquq-tartibot idoralarining sobiq zobiti guvohlik berishlari kutilmoqda.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/05/110508_cy_lolakarimova_audio.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: