Diqqat yangi harakat: “SMS inqilob” – yangidunyo


May 8th, 2011

SMS inqilob va Birlashgan o’zbeklar

Shu kecha kunduzda internet orqali “SMS inqilob va Birlashgan o‘zbeklar” nomli yangi siyosiy harakat o‘z ishini boshlagani e’lon qilindi. Harakatning maqsadi O‘zbekistondagi siyosiy rejimni o‘zgartirish va o‘zbeklar mavqe’ini ko‘tarish uchun fuqarolarning mobil telefonlariga turli da’vatlar bilan SMS qo‘ng‘iroqlari yuborishdir. “SMS inqilob” harakati kimlar tomonidan tashkil etilgani ma’lum emas. Lekin harakatning feysbukdagi sahifasida guruh a’zolari soni 24 nafar ekanligi va ular asosan O‘zbekiston ichida yashashlari aytilgan.

Quyida “SMS inqilob” harakati maqsad va vazifalari haqida feysbukdan olingan chaqiriq bilan tanishinshingiz mumkin.

Tahririyat.

SMS tadbir – O‘zbeklar hurligi va adolat tantana qilishi uchundir!

Qo‘rqoqlar qalbida baxtga o‘rin qolmaydi. Qo‘rquvimizning yarmi hech bir asossiz, yarmi esa rasmana uyatlidir! Shuni ham unutmasligimiz kerakki kimki azobdan qo‘rqa boshlasa, u endi qo‘rquvdan azob chekadi.

SMS inkilob tadbiri.

Bizlarning millatimiz xam uzbek. 1991-yil boshlanib ketgan ommoviy katagonlar oridan vatanimizni tark etib oldin Turkiyaga, keyin Grek yurtiga va oxiri takdirda yozilgan ekan Portugaliyaga kelib koldik. Shu kunga kadar bizlar Uzbekiston muxolifat xarakatlariga kushilmasdan, Portugliyada yashab, “kachondir Uzbekistonda uzgarish bulsa kaytamiz”- deb umr utkazdik.

Lekin vakt utgan sari anik bulib bormokdaki Uzbekistonda raxbar almashgani bilan davlat rejimi uzgarmaydi. Karimovdan keyin yana boshka bir Karimov keladi.

Utgan xafta kenja uglim maktabdan xursand bulib keldi-da, yaxshi natijalar bilan baxorgi imtixonlarini topshirganini aytdi. Xursandman-dedim farzandimni kuzlariga tikilib, lekin u tushunmadi. Yalt etib menga karadi-da “O que?”-dedi. Xa, mening farzandim uzbek tilini bilmaydi.

Kenjamni oldimga chakirib boshlaridan siladim, kuzlarimdan yosh kuyildi. Nimaga mening bolam erta bir kun Uzbekiston nomli uz vatani kolib boshka bir yurtni obod kilish uchun bilmini sarflaydi? Vatan bizlardan shuni kutganmidi? Vatan tilsiz -agar tili bulganida uzini xor aylagan uzbeklrni lanatlardi.

Xammiz kochdik, jonimizni uylab, “jonim shirin, ulgim kelmayapti”- deb kochdik. Vatanni esa yirtkichlarga topshirib kuydik. Endi esa bir boking Vatanning axvoliga!

Kelinglar, birlashaylik. Nafakat Uzbekiston uchun balki uzbek bolalarini noxakdan otib tashlagan kirgiz shokollarini odil sud binosiga olib kelish uchun xam birlashaylik.

Uzbek bugun Kirgiz yurtida xam, Uzbekistonda xam xor zor bulmokda. Ushda uzbek bollalarini tiriklayin yokishdi, kuydirishdi. Uzbek uz ona vataning bir kismi bulgan erlarda – Ush shaxrida, Uzganda, Jalolobodda va Novkotda xor buldi. Bu erlar aslida Kukon amirligining erlari bulib, bir vaktlar uni Kukon shaxridan turib Uzbekxon avlodi bulgan amir boshkarar edi.

Nima uchun bizlar uz ona shaxrimiz – Ushni, Xivani, Uzganni va yoda Jalolobodni tashlab ketib Rossiyada, Evropa va Amerikada jon saklashimiz kerak? Nega?

Nima uchun yonib ketgan uylarimizni, mol mulkimizni xech kimdan talab kilolmasdan jim yurib mum tishlashimiz kerak? Nega axir?

Ulimdan kurkganimiz uchunmi? Baribir uldirishadi. Ana karanglar, otib uldirishdi, kiynab uldirishdi Ushda uzbeklarni. Ana tiriklayin yokib kax-kax urib kulishdi Jalolobodda.

Kechagina ogoxlantirmasdan Bobur maydonida bizlarni kirgin kilishdi. Xalkim-deb mardlarcha maydonga chikkanlarni, Jaslikda, Shayxalida, Toshturmada, Oloy turmalarida kiynab-kiynab uldirishdi.

Kelinglar birgalikda kurashaylik, zero baribir ulamiz. Xa, xa bizlar ulimga maxkum kilinganlarmiz. 20-yil ilgari vodiyda uylarimizni yokib genotsitni amalga oshirishgan edi. Jim buldik, kelinglar yaxshi bulib ketadi, endi Ollox xoxlasa ulmaymiz-deb bir birimizni aldab, boshimizni ichimizga tortib yashadik. Natija nima buldi? 20-yildan keyin yana kirishdi va kizlarimizni nomusiga tegib uldirishdi! Xozir yana toshbaka kabi boshimizni ichimizga tortsak yana bizni 20-yildan sung kattarok tarzda kirgin kilishadi.

Ayollarimizni bichishmokda, bolalarimizni mankurt kilib paxtazorga xaydashmokda, shoirlarimizni esa Jaslikga junatishmokda.

Biz xozir bu SMS inkilob loyxasini tuzuvchilar jami bulib 24 kishimiz. Biz xorijdan turib kurashish bilan birga bir vaktni uzida Uzbekiston va Kirgiziston ichida xam xarkatni boshladik.

24-kishidan 4-kishi Portugliyada, 2-kishi Ush shaxridan, 3 kishi Jalolododdan, 5 kishi Andijondan, 4-kishi Aravondan 1-kishi Korakolpogistonning Muynok shaxridan, 2- kishi Xiva shaxridan, 3- Buxoro viloyatidan bulib ayni damlarda ular ushbu xududlarda yashashmokda.

Bu xarakatimizni maksadi: Uzbeklarni birlashtirish, adolatni karor toptirish uchun xarakat kilish, Karimov istefosini amalga oshirish, Kirgizistonda uzbeklarni xukulari kirgizlarning xukuki bilan teng bulishiga erishish, Kirgiz xalkining ichida bulgan shokollarni odil sud binosiga olib kelish, yonib ketgan uylarimiz uchun tavon puli undirish, barcha mol mulklarimizni undirib olish.

Bularning barchasi kanday amalga oshirilidi? Internet etib bormagan Uzbekiston va Kirgiziston xududida yashavchi insonlarning mobil telefonlariga uzluksiz SMSlar y ullash yuli bilan.

Bu SMS tadbir barcha uzbek muxolifatini, barcha uzbek ziyolilarini, shuningdek Kirgizistondagi uzbek liderlarini xam kullab kuvvatlaydi va aynan bir insonni kullash uchun tuzilmagan.

“Erk”, “Birlik”, “Birdamlik”, “Ezgulik”,”Utyuraklar klubi”, “Uygon Uzbekiston”, “Osh sadosi”, “Tayanch” xarakati, “Andijon adolat va tiklanish”, “Ozod dexkonlar” kabi barcha siyosiy xarakat va partiyalarni kullab kuvatlagan xolda ularning saytlarida eьlon kilingan fikrlarni kiska xolda (SMS tarzida) internetdan uzilib kolgan axoli katlamiga etkazib beradi.

Tadbir maksadiga erishganini rasman eьlon kilinganidan keyin tuxtatiladi.

Bizni kullab kuvvatlamokchi bulsangiz varak-varak makola yozib internetda eьlon kilib utirmang. Buning foydasi kam. Siz uzingiz bilgan dustingizni, akangizni,sinfdoshingizni yoki karindoshlaringizdan birini tel.nomerini yozib uzbekinqlobi@uymail.com adresiga junating. Lekin iltimos siz junatgan nomer fakat Uzbekiston va Kirgiziston davlat kodlari bilan boshlangan bulsin. Xorijda yurgan vatandoshlarning deyarlik barchasida internetga ulanib, xakikatdan bexabar bulish imkoni mavjud.

Biz mobil nomerlarni tuplab vakti vakti bilan kiska SMS tarzida insonlarining tafakkurini oshiruvchi xakikatlarni UZBEKISTON va KIRGIZISTON ichida kolgan insonlarga junatamiz.

Biz imkonlarimizni xisoblab kurdik-ki xozircha ayni shu kecha kunduzda kuniga 1500 ta SMS junata olamiz. Lekin bu vakt utishi bilan uzgaradi va maьlum muddatdan keyin kuniga 500 000 ta SMS junatish imkoniga ega bulamiz. Tugri, Uzbekistonda ommaviy SMSlarning oldini olish maksadida maxsus elektron tusik urnatilgan bulib ommaviy SMSlarni mobil operatorlari utkazishmaydi. Lekin bu biz uchun tusik emas, SMSlarimiz Turkiya jumxuriyatining suniy y uldoshi orkali junatiladi. Bu borada Turkiya jumxuriyatidagi rasmiylar bilan kelishuvga erishganmiz. Biz uy ichida kolgan xolda isyonkor xalkni yaratamiz, shuning uchun adresimiz uzbekinqlobi@uymail.com. Vaktlar utgach esa, biz birlashamiz, konga-kon, jonga-jon deb tup-tup bulib kuchalarga chikamiz. Aloxida takidlashimiz kerakki bu SMS tadbiri garbiy Evropa xukumatlari va AKSh xukumatining yordamlari ortidan amalga oshirilayotgani yuk.

(Axamiyat bering : uzbekinqlobi-deganda xatolik sodir bulib “q” xarfidan keyin ” i ” xarfi tushib kolgan. Iltimos siz xam shunga axamiyat bergan xolda elektron pochtamizga mobil nomerlar junating. Bizlar bazan uzbekinqlobi@uymail.com adresiga kelgan xatingizni Uzbekiston ichidan turib ochamiz, bazan esa Kirgiziston ichidan turib. Bu esa bizlar uchun xavfli bir xolat, shu sababli siz uzbekinqlobi@uymail.com dan elektron adresimga maktub keladi deb uylamang xam, kutmang xam. uzbekinqlobi@uymail.com adrsidan siz xech kachon javob xati ololmaysiz va barcha savol javob, kushimcha mulokot uchun FEYSBUK dagi manzilgoximizni toping yoki mobil telefoningizni yoningizda saklab SMS orkali jvob kuting.)

Karimov ketsin-deb kichkirmasak xam, indamasak xam, kirgiz xalkiga yomonlik kilmasak xam, bizni uldirishmokda, uylarimizni yokishmokda va karokchilar kabi talashmokda. Shunday ekan kelinglar OZODLIKga intilgan xolda jon beraylik. Zero biz OZODLIK uchun jon bersak farzandlarimiz, nevarlarimiz, bir suz bilan aytganda kelajak avlodlar elkasiga oftob tegadi.

uzbekinqlobi@uymail.com

http://yangidunyo.com/?p=18698

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: