Xitoy uyg’urlarni al-Qoida bilan bog’ladi – voa uzbek


Amerika Ovozi  05 may, 2011

Foto AP

Rasmiy Pekin fikricha, Shinjonda kechayotgan aksilterror harakatlar xalqaro kampaniyaning bir qismi

Xitoy hukumati xalqaro hamjamiyatdan terrorizmga qarshi kurashda yordam so’ramoqda. Gap bu yerda asosan Shinjondagi uyg’ur ahli haqida ketmoqda. Uyg’ur ozodlik harakati a’zolari, Xitoy nazarida, zo’ravonlikni qurol qilib, tinchlikka raxna solmoqda.  

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Jiang Yuning aytishicha, terrorchilar Xitoyni parchalash harakatida. Shinjonda kechayotgan aksilterror harakatlar xalqaro kapaniyaning muhim qismi, deydi u.

Shinjonni uyg’urlar Sharqiy Turkiston deb ataydi. Ularning da’vosi shuki,  Xitoy hukumati bu millat madaniyati, dini va tilini yo’q qilishga bel bog’lagan.

AQSh hukumati avvalroq Sharqiy Turkiston Islomiy Harakatini terrorchi guruh deb e’lon qilgan edi. Biroq o’tgan yilning noyabrida chop etilgan ro’yxatda bu guruh yo’q.

Joriy hafta Vashingtonda uyg’urlar xalqaro anjumani o’tar ekan, inson huquqlari bo’yicha “Human Rights Watch” tashkilotining bildirishicha, Qozog’iston va Qirg’izistondan uyg’urlar unda qatnasha olmagan. Hukumatlar bunga yo’l qo’ymagan.

AP

Xalqaro tashkilot izohicha, Markaziy Osiyo davlatlari yirik qo’shnisi va iqtisodiy hamkori Xitoy bosimi ostida shunday qarorga kelgan.

“Human Rights Watch” vakili Sharon Xom deydiki,  Xitoy al-Qoida yetakchisi Osama bin Laden o’limini vaj qilib, uyg’urlarga nisbatan tazyiqni oshirmoqda.

Xitoy, deydi huquq himoyachisi, uyg’ur ozodlik harakatini terrorizm deb ta’riflashda davom etmoqda.

Uyg’ur ziyolisi Ilhom To’xti fikricha Shinjonda mahalliy matbuot davlatning asosiy quroli.

Uyg’ur jamoatchiligi orasida qarashlar xilma-xil va hamma ham bir fikrda emas, lekin odamlar ozodlik harakati va al-Qoida bir-biridan qanchalik uzoq ekanini biladi. Xalq hukumatning bu afsonasiga ishonmaydi, deydi olim.

Shinjonda 2008 yilgi portlash 15 politsiyachini hayotdan olib ketgan. 2009 yilda Urumchida yuz bergan etnik ziddiyat 200 odamning hayotiga zomin bo’lgan edi.

http://www.voanews.com/uzbek/news/china-al-qaeda-uighurs-121329759.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: