O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kunini o‘zgartirish taklifi yangramoqda – jarayon


Shanba, 07 – May 2011

O‘zbekiston inson huquqlari alьyansi ishtirokchilari mamlakat prezidenti Islom Karimov hamda Oliy Majlis deputatlari nomiga maktub yo‘llab, Xotira va qadrlash kunini 9 maydan 13 mayga ko‘chirish taklif qildi. Huquq himoyachilariga ko‘ra, aynan 13 may Xotira va qadrlash kuni sifatida tan olinishi shart, zero bundan 6 yil muqaddam shu kuni Andijondagi Bobur maydonida begunoh odamlar qoni to‘kildi. Taklif mualliflari fikricha, O‘zbekiston tarixida qonli iz qoldirgan bu kun unutilmasligi lozim.

Shu bilan birga, huquq himoyachilari 2005 yil 13 may voqealari yuzasidan ko‘rilgan barcha tergov choralari, ehtimoliy aybdorlarning aniqlanishiyu jazoga tortilgani, o‘nlab, balkim yuzlab qurbonlarning oilalari uchun deyarli hech qanday malham bo‘la olmaydi. Avvalo, huquq himoyachilariga ko‘ra, “Davlat idoralari oshkora o‘z xatolarini tan olmog‘i, odamlardan kechirim so‘rashi va begunoh qurbonlarning yaqinlariga o‘z hamdardligini izhor etishi hamda har yili ayni kunda begunoh qurbonlar xotirlanishini uyushtirishi lozim”.

Prezident va Oliy Majlis deputatlariga yuborilgan maktubdan tashqari huquq himoyachilari mahalliy xalqni 13 may kuni har qanday sharoitda ham begunoh qurbonlarni xotirlashga da’vat qilgan. Buning uchun bir vaqtda, ya’ni Toshkent vaqti bilan soat 11:00da har qanday yumushni to‘xtatib bir daqiqa sukut saqlash va qurbonlar xotirasiga duo qilishni, poytaxt ahliga esa 11:00 da Jasorat monumenti yonida huquq himoyachilari bilan birga begunoh qurbonlarni xotirlash marosimida ishtirok etishni taklif qilgan.

Ma’lumki, 2005 yilning 13 may kuni Andijon shahridagi viloyat hokimligi binosi yonidagi Bobur maydonida minglab odamlar ishtirokida miting boshlandi. Miting 12 maydan 13 mayga o‘tar kechasi viloyat hokimligi binosini egallab olgan bir guruh mahalliy tadbirkorlar chaqirig‘i bilan uyushtirildi. Shu kuni miting hukumat askarlari tomonidan shafqatsizlarcha o‘q otar qurol yordamida bostirildi. Buning oqibatida rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 187 kishi nobud bo‘lgan, o‘nlab insonlar tan jarohati olgan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra esa qurbonlar soni ham, yaralanganlar soni ham rasmiy raqamlardan bir necha o‘n marotaba ko‘proq bo‘lgan.

O‘zbekiston hukumati 13 may voqealari bo‘yicha xalqaro mustaqil tergov o‘tkazilishiga qarshi bo‘lib kelmoqda. Rasmiylarning mazkur o‘jarligi Evropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekistonga nisbatan u qadar og‘ir bo‘lmagan jazo sanktsiyalari joriy qilinishiga va aloqalarning sovuqlashib ketishiga olib keldi. Ammo oradan atigi ikki yil o‘tib sanktsiyalardagi bandlar birin ketin qisqara boshladi va 2009 yilga kelib ular butkul bekor qilindi, mustaqil tergov haqidagi talablar esa unutildi.

http://www.Jarayon.com

http://www.jarayon.com/index.php?option=com_content&view=article&id=1328:2011-05-07-00-24-13&catid=54:habarlar&Itemid=70

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: