“O‘zbekiston xalq harakatia” Karimov 2005 yilning 13 mayidagi kabi otishga jur’at etmaydi deya hisoblaydi – uznews.net


05.05.11

O‘zbek muxolifati Germaniyada Karimovga qarshi birlashdi

Uznews.net – Germaniyaning Dyusseldorf shahrida prezident Islom Karimovni Tunis va Misr stsenariysi bo‘yicha tezroq hokimiyatdan ketkazishni ko‘zlagan “O‘zbekiston xalq harakati”ga birlashgan o‘zbek muxolif guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dyuss’ldorfda 2 maydan 4 mayga qadar uch kun davom etgan yig‘ilishda, muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi, “Andijon – Adolat va Tiklanish” va “Tayanch” tashkilotlari¸ shuningdek mustaqil o‘zbek siyosatshunoslari va ekspertlaridan iborat jami 20 nafar shaxs ishtirok etdi.

2005 yil Andijon qirg‘ini jabrdiydalarini birlashtiruvchi “Andijan – Adolat va Tiklanish” tashkiloti rahbari Nurillo Maqsudovga ko‘ra, o‘zini mamlakatdagi o‘zgarishlar manbai deya bilgan yangi muxolif uyushma “O‘zbekiston Xalq harakati”ning ta’sis etilishi uning asosiy erishgan yutug‘i bo‘ldi.

Uyushmaning asosiy maqsadi O‘zbekiston tepasida 1989 yilning iyunidan buyon 22 yil davomida iqtidorda qolayotgan prezident Islom Karimovni nozo‘ravonlik yo‘li bilan hokimiyatdan chetlatish, mamlakatda demokratiya va qonun ustuvorligini o‘rnatishdir.

“Karimov mamlakatni siyosiy va iqtisodiy inqirozga olib borgan nobakor rahbar bo‘ldi, – deydi Maqsudov, – biz uning bu og‘irini engil qilishni, uni ketkazishni va hokimiyatni olishni istaymiz”.

Buni qanday amalga oshirasiz, degan savolga, Maqsudov, “O‘zbekiston Xalq Harakati” shu yilning boshida Tunis va Misrda bo‘lgani kabi odamlarni Islom Karimov iste’fosi talabi bilan Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga olib chiqishga qodir, deya javob berdi.

O‘zbekiston xalqi Karimov hukmronligiga “etar” deya javob berishga tayyor va bu yaqin yarim yil ichida amalga oshadi, deya ishonadi u.

Ommaviy norozilik va bo‘ysunmaslik aktsiyalariga tayyorgarlik, O‘zbekiston ichkarisidagi tashkilot vakillari bilan qat’iy muvofiqlik asosida amalga oshiriladi.

“Tayanch” tashkiloti rahbari Muhammadsolih Abutov, “O‘zbekiston Xalq Harakati”ni tuzishga ilhomlantirgan mujda Tunis va Misrdagi muvaffaqiyatli inqiloblar bo‘lganini aytadi. O‘shanda ommaviy xalq noroziliklari natijasida mamlakat prezidentlari Zayn al-Obidin Bin Ali va Husni Muboraklar taxtdan qulatilgan edi.

“Mustabidlar davri o‘tdi, zamonaviy dunyoda ularga o‘rin yo‘q”, – deydi Abutov.

Maqsudov kabi u, garchi 2005 yilgi fojiali tajribaga qaramay O‘zbekistonda xalq inqilobi bo‘lishiga ishonadi: o‘shanda O‘zbekiston hukumati qo‘shinlari Andijondagi aksilhukumat namoyishini qonga botirgan, qariyalar, ayollar va bolalarga shafqat qilmay qirgan edi.

“Karimov tag‘in odamlarni otolmaydi, bunaqasi endi ketmaydi”, – deya ishonadi Abutov.

Biroq bu yangi birlashma g‘oya va rejalarining yutuq qozonishiga o‘zbek muxolifati va fuqarolik jamiyatining boshqa vakillari shubha bildirishadi.

Ular, “O‘zbekiston xalq harakati” ustunlari islomiy asosga ega bo‘lgan tashkilotlardan iboratligini, ular jumlasiga o‘zini qachonlardir demokratik partiya deb atab kelgan “Erk”ni ham qo‘shish mumkinligini, ular hokimiyat tepasiga kelgan taqdirda ular islomiy davlat qurishlarini iddao qilishadi.

“Birdamlik” xalq harakati lideri Bahodir Choriev yangi uyushmaning diniy a’zolari mamlakatga demokratik o‘zgarishlarni olib kela olishiga ishonmasligini aytadi, chunki ularning o‘zi erksiz va diniy aqidalarga bo‘ysunuvchilardir.

“Agar O‘zbekistonda davlat tepasiga islomchilar keladigan bo‘lsa, Karimov davridagidan ham battar holat yuzaga keladi, – deydi Choriev, – biz dunyoviy boshqaruvni va dinning davlatdan ajratilishini istaymiz. Siz yaqinda tuzilgan ularning Facebookdagi sahifasiga bir nazar soling, ular shu zahoti uni yashilga bo‘yashdi”.

Shu kabi taassufni O‘zbekiston inson huquqlari jamiyati (O‘IHJ) raisi Abdujalil Boymatov ham bildiradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi birlashma a’zolari bilan muloqotdan, ularning demokratiyadan ko‘ra islomiy g‘oyalarga yaqinroq degan xulosaga kelgan, garchi ularning Karimov rejimiga qarshi kurash istaklarida ko‘proq asos bor.

Biroq yangi birlashma liderlari Maqsudov ham, Abutov ham bu e’tirozlarni rad etishadi. Ular O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish niyatida ekanliklarini bildirishadi.

Biroq, Abutovning e’tiroficha, uning nazdida islomiy davlatgina ideal bo‘lishi mumkin, biroq O‘zbekiston hozircha bunday hokimiyat shakliga tayyor emas, biroq vaqti kelib bunga etib boradi.

Bunday ideal davlatda e’tiqodi o‘zgacha bo‘lgan shaxslarga, ayollar va seksual ozchiliklarga o‘rin topiladimi, degan savolga, Abutov hammaning huquqi ta’minlanadi deya javob berdi.

Seksual ozchiliklar haqidagi savolgina unda noqulaylik tug‘dirdi. “Siz besoqolbozlarni nazarda tutayapsiz chog‘i? – deya qayta so‘radi u, – bilmayman, ularni davolash kerak yoki biror narsa qilish kerak ular bilan…”

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=30&nid=17113

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: