O‘zbek muxolifat guruhlari Karimovni tinch yo‘l bilan ag‘darishga tayyorlanishmoqchi – bbc uzbek


6 may 2011

Nurillo Maqsudov ishtirokchilar arab davlatlaridagi g‘alayonlardan ilhomlanganini aytadi

Olmoniyada bir qator muxolif guruhlarni birlashtirgan “O‘zbekiston Xalq Harakati” uchrashib, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovni tez suratlarda tinch yo‘l bilan hukumatdan chetlatish yo‘llarini muhokama qilgan.

Dyussel’dorfda uch kun davom etgan bu yig‘inda ayni shaharda joylashgan va 2005 yil 13 may qonli voqealaridan qochgan o‘zbekistonliklarni o‘z ichiga oluvchi “Andijon -Adolat va Tiklanish” tashkiloti, “Erk” partiyasi, xususan partiya rahbari Muhammad Solih va qator boshqa siyosiy tahlilchi va muxolif faollar ishtirok etishgan.

Bi-bi-si bilan suhbatda “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti rahbari Nurillo Maqsudovning bildirishicha, mazkur tadbir 25 may kuni Berlinda bo‘lishi rejalanayotgan yirik muxolifat anjumaniga tayyorgarliklarni muhokama etgan va ishchi guruhini tuzgan.

Karimov bo‘lmasa, kim?

Tadbir ishtirokchilari Prezident Karimov hukumatdan ketishi va uning o‘rniga muqobil shaxs davlatni boshqarishi kerak, degan xulosaga kelgan.

“21-22 yildan beri davom etib kelayotgan totalitar tizimni to‘xtatamiz, u erda eng demokratik davlat qurishga, shunday saviyasi bor, shunday tushunchasi bor, va qo‘lidan keladigan va bilimga ega bo‘lgan rahbarni yo‘lboshchi qilib qo‘yishimiz kerak, degan xulosaga keldi”, – deydi janob Maqsudov.

Biroq u bu muqobil rahbar kim bo‘lishi yoki O‘zbekistonni boshqarish uchun qanday nomzodlar ilgari surilayotgani borasida ishtirokchilar yakuniy to‘xtamga kelmaganini bildirdi.

Janob Maqsudov “O‘zbekiston Xalq Harakati” Karimov ma’muriyatini tinch yo‘llar bilan chetlatish maqsad qilib olganini urg‘ulaydi.

Arabcha usul

Unga ko‘ra, arab davlatlarida yuz bergan va davom etayotgan inqiloblar buning imkoni borligini ko‘rsatgan.

Biroq, Tunis va Misrda yuz bergan inqiloblarda g‘alayon tinch yo‘llar bilan olib borilgan esada, yuzlab insonlar xavfsizlik kuchlari o‘qlaridan nobud bo‘lgan. Janob Maqsudov O‘zbekistonda buni bartaraf etish mumkinligini aytadi.

“Biz buning oldini ola olamiz deyapmiz-da. Xalq nidosi bilan harakatlar boshlandi arab dunyosida, biz shundan xulosa chiqarib, undandan go‘zalroq ko‘rinishda qilsak bo‘lar ekan, degan xulosaga keldik. Nozo‘ravonlik yo‘li bilan, yuz foiz hech qanday jangchisiz, tinchlik yo‘li bilan (amalga oshirmoqchimiz)”, – deydi Nurillo Maqsudov.

Nurillo Maqsudov Andijonda 2005 yil 13 may voqealarining bevosita guvohi bo‘lgan. Uning o‘g‘li va kuyovi shu yili mahkamaga tortilgan 23 mahalliy tadbirkorlar orasida bo‘lgan.

Ayni mahkama ishi ikki mingdan oshiq andijonliklarning sud binosi qarshisida tinch norozilik namoyishini o‘tkazishiga sabab bo‘lgandi.

Janob Maqsudov O‘zbekiston hukumati tomonidan andijonliklar noroziligini ilhomlantirishda va Akromiya nomli oqimni boshlashda ayblangan Akrom Yo‘ldoshevning qudasidir.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/05/110506_nurillo_audio.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: