Germaniya Otanazar Oripovga viza bermadi – ozodlik.org


07.05.2011

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi o‘zbek muxolifatining shu oy oxirlarida Berlinda o‘tkaziladigan quriltoyiga taklif etilgan “Erk” Demokratik partiyasi Bosh kotibi Otanazar Oripovga viza bermadi.

Bu haqda Bi-Bi-Si O‘zbek xizmati Oripovning o‘ziga tayanib, xabar qildi.

Bir qator muxolif guruhlarni birlashtirgan “O‘zbekiston Xalq Harakati” shu hafta boshida Germaniyaning Dyusseldorf shahrida uchrashib, O‘zbekistonda prezident Islom Karimovni tinch yo‘l bilan hokimiyatdan chetlatishsh yo‘llarini muhokama qilgan va tashkilotning ikl quriltoyini 25 may kuni Berlinda o‘tkazishini bildirgan edi.
Yig‘inda 2005 yil 13 may kungi qirg‘indan omon qolib, hozir o‘zga yurtlarda boshpana topgan o‘zbekistonliklarni o‘z ichiga oluvchi “Andijon -Adolat va Tiklanish” tashkiloti, “Erk” partiyasi, “Tayanch” harakati faollari qatnashishlari aytilgandi.

Germaniya elchixonasi xodimlari Otanazar Oripovga “chaqirayotgan tomon sizni tanimaydigan odamlar, shuning uchun viza berolmaymiz”, deb aytishgan.

O‘zbekistonda harbiy bazaga ega Germaniya 2005 yil noyabr oyida O‘zbekistonning o‘sha paytdagi ichki ishlar vaziri Zokir Almatovga, zero u EIning istalmagan shaxslari ro‘yxatida bo‘lsa ham, davolanishi uchun viza bergan edi.

Almatov o‘shanda O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi davlatlariga kirishi man etilgan 12 rasmiysi ro‘yxatida edi. Keyinchalik Andijon voqealari uchun O‘zbekistonga joriy etilgan bu sanktsiyalar bekor qilingan edi.

Otanazar Oripov g‘arb davlati elchixonasidan hali shu paytgacha viza olish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmagani va birinchi marta rad javobi olayotganini aytgan.


http://www.ozodlik.org/archive/News/20110507/402/850.html?id=24094455

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: