Diktator Karimov kirdikorlarining o‘ta qisqartirilgan mundarijasi – pona.uz


May 6th, 2011

 (fuqaro ko‘z o‘ngida sodir bo‘layotgan va izoh talab qilinmaydigan ishlardan ko‘chirmalar)

Karimov O‘zbekiston yoshlarini o‘g‘illarim va qizlarim deb atadi. Qizi Gulnoraga yaratib berganichalik sharoitni boshqa «o‘g‘il-qizlar»iga ham yaratib berdimi? «O‘g‘il-qizlar»i uchun nimalar qildi o‘zi?! Qilgan ishlaridan bir qanchalarini dahshat va iztirobla eslasa bo‘ladi:

1. «Farzandlari»ga ko‘plab qamoqxonalar qurib berdi.

2. O‘g‘lim, o‘g‘lim, deb turib istagancha ayb qo‘yib, xohlaganichasini qamoqlarga tiqdi.

3. Hibsdagilarni qiynashni qidiruv bo‘limidagilarga topshirib, ularni ertayu-kech asabiy holatda ushlamoqda. Almatov bilan yashirin suhbatida qiynoqlar olib boruvchilarni «qayta-qayta hurib tashlanuvchi it» ga o‘xshatdi.

4. «Qayta-qayta hurib tashlanuvchi it» larga og‘zi shaloq, tinmay beposhna so‘zlar bilan so‘kinuvchi «itboqarlar» tayinlash kerakligini uqtirdi.

5. Bo‘ysunmaydigan, o‘z obro‘sini himoya qilmoqchi bo‘lgan opergruppa xodimlarini jinsiy zo‘rlash bilan bo‘lsa ham bo‘ysundirib olishni tayinladi. Afsuski, shunday holatlar ham ko‘plab sodir etildi.

6. Diktator Karimov va uning yaqin maslakdoshlarining jirkanch ishlaridan voqif bo‘lgan ko‘plab IIB xodimlari yo‘q qilindi.

7. SNB xodimlaridan qanchalarini turli bahonalar bilan o‘ldirtirib yubordi.

8. Hibsda ushlayotganlarining ko‘plarini og‘ir kasalliklarga mubtalo qildi, ko‘plarini vahshiyona qiynoqlar bilan o‘ldirtirdi.

9. Hibsda bo‘lishiga qaramay u haqidagi malumotlar tashqariga chiqarilmayotganlar sonini orttirdi.

10. «Mehr» ko‘rsatib afv etgandek bo‘lganlarini qayta qamoqlarga tashladi.

11. Qamalmay tursa bo‘laveradi, deb hisoblaganlarini o‘ziga yugur etim qilib oldi.

12. 60 dan oshgan «bolalari»ni «nevaralari» «gunoh»i sababli qahrli jazo bilan qo‘rqitdi. «Farzandlarining aybiga ota jazolanadi» kabi «oqilona» hukm chiqardi.

13. Erkaklarga zulm o‘tkazishni kuchaytirgach, ayollar orasida zino kuchaydi. Noilojlikdan buzuqlik yo‘liga kirgan ayollarni reabilitatsiya bo‘limlarida ushlab, ulardan nafsi yo‘lida foydalandi.

14. Ayollar orqali jinoyatlari fosh bo‘lib qolishidan cho‘chigach, ularni qamashga o‘tdi.

15. Qamoqxonalarda og‘ir, qattiq qiynoqlar olib borishda dunyoda oldingi safga chiqib oldi.

16. Qamoqxonalardagi jinoyatlarini oshkora qilishga uringan Inson huquqlari faollariga qarshi «ov» uyushtirdi yoki davlat hududidan quvib chiqardi.

17. Qamoqxona ahvolini yorishtiruvchi materiallar to‘plagan jurnalistlarning uyini tintib, maqola va videotasmalarini yo‘q qildirtirib yubordi.

18. Qamoqxonalardagi ahvolni o‘rganishga kelgan Erkin kuzatuvchilarga ko‘z bo‘yamachilik qildi.

19. Qamoqxona qurishga jalb qilgan quruvchilarga vaqtida maosh bermadi. Qurilish tugagunicha ularni nochor ahvolda ushladi.

20. Reabilitatsiya markazlari tashkil qilib pasportsiz fuqarolarni gigiena qoidalarga xilof ravishda ushlab kelmoqda.

21. Reabilitatsiya markazlarida rus, koreys, tojik, qirg‘iz va boshqa millat vakillarini irsiy kamsitmoqda.

22. Shaharlarda BOMJlar soni ortishiga bee’tibor bo‘ldi.

23. BOMJlarni istagan paytida 30 kunga qamab, og‘ir mehnat qildirmoqda.

24. Kirill xatini taniydiganlar bilan lotin xatida o‘quvchilar orasini ajratdi, oqibatda orada ikki avlod savodsiz bo‘lib qoldi.

25. O‘zbek tiliga asos solgan Alisher Navoiy va boshqa klassik adabiyotimiz vakillarining qo‘lyozmalarini, tarixiy merosimizni, yuz yillar davomida rivojlangan davlatchiligimiz, ilm-fanimiz haqidagi ma’lumotlar jamlangan qo‘lyozma kitoblarini o‘qishga imkon beradigan arab alifbosini o‘rganishni qatiyan chekladi.

26. Arab alifbosiga diniy ekstremizm tamg‘asini bosdi.

27. Arab yozuvini biladigan universitet, institut va maktab o‘qituvchilari orqasidan kuzatuvlar joriy qildi.

28. Yaqin qo‘shnilarimiz, Evroosiyoning katta qismida yashayotgan xalqlar bilan yaqinligimizni ifodalovchi Kirill yozuvini matbuot, ta’lim sistemasidan olib tashladi.

29. Yon qo‘shnilarimizda Kirill, arab, hind va hitoy yozuvlari mavjud va ishlab turgan bir holatda, ularning o‘rtasida «Oq qarg‘a» izolyatsiyasini tuzdi.

30. Adolat, samimiylik, mehr-oqibat tushunchalari o‘rniga yulg‘unchilik, poraxo‘rlik, minnat-ozor normalarini keng yoydi.

31. Davlat organlari bilan xalq o‘rtasida dushmanchilik kayfiyatini hosil qildi.

32. Davlat organlari bilan xalq orasini uzdi.

33. Aholi rasmiy ishini faqat pora beribgina bitira oladigan muhitni yaratdi.

34. ZAGS bo‘limlarida-yu, o‘lganlik haqida guvohnoma beriluvchi joylarda ham aholiga qiyin, tushunarsiz muomalalar shakllantirdi.

35. Onaxon, ayol, qizlarni himoyalash normalari tag-tugidan bartaraf etdi. Natijada qop ko‘tarib yurgan, tirikchilik uchun o‘z nomusidan kechishga majbur bo‘lgan o‘zbek ayollarini har xil davlatlarda uchratish oddiy hol bo‘lib qoldi.

36. Paxta plantatsiyalarida ayollar mehnatidan arzon baholarda foydalanish, qishloq ayollarini xo‘rlashni avj oldirdi.

37. Ayollarni ona bo‘lish baxtidan ayirib, bichib qo‘ymoqda.

38. Millionlab yangi tuqqan ayollar kamqonlik, darmonsizlik dardlariga mubtalo etilmoqda.

39. Hurmatga loyiq otaxon-onaxonlar nafaqalarini o‘z vaqtida bermasdan bozorda aylantirib oluvchilarga imkoniyatlar yaratdi.

40. Otaxonlar dardiga quloq tutish o‘rniga, safar paytida ularning teatrlashtirilgan duolaridan foydalanmoqda.

41. Chollarni ham paxta terishga chiqardi.

42. 7 yoshdan 70 yashargachalarni og‘ir mehnatlarga jalb qilmoqda.

43. Davlat ichida aholini ish bilan ta’minlamadi.

44. Ishsizlar ish izlab boshqa davlatlarda sarson-sargardon bo‘lishidan xijolat ham bo‘lmadi.

45. O‘zbekistonlik gastarbayterlar o‘zga yurtlarda qiynalganlarida ularning muammosiga echim bermadi.

46. O‘zbekistonliklar o‘zga yurtlarda qul qilinganlarida, ularni ozod qilish uchun yordam qo‘lini cho‘zmadi.

47. O‘zbekistonliklar o‘zga yurtlarda o‘ldirilayotganiga qarshi zarur choralar ko‘rmadi.

48. Gastarbayterlar qiyinchilik bilan erishib, oilalarini ta’minlayotgan mablag‘laridan foyda undirish yo‘llarini topdi.

49. Oliy o‘quv yurtlarida ilm olmoqchi bo‘lganlar yo‘lini o‘ta qimmat shartnomalar bilan to‘sdi.

50. Qo‘shni davlatlarda ilm olmoqchi bo‘lganlarni yo‘l, chegara azobi bilan qiynadi.

51. Boshqa davlat diplomi bilan ishlayotganlarni mahalliy hokimiyat qo‘li bilan ezdi.

52. Oliy ma’lumotlilarning 90% dan ortig‘ini ish bilan ta’minlamadi.

53. Sovet davri diplomlilarining qadrini erga urdi.

54. Ilmiy izlanuvchilarga normalь yashash sharoitini yaratib bermadi.

55. Qishloq aholisini o‘ta past ta’minotda ushladi. Oilalarga gramm-kilogrammlab un, yog‘ tarqatib, bir oyda bir talonga yashashlikka o‘tkazdi.

56. Qishloq aholisi tuzukroq hammomga muhtoj bo‘lib turganida, ochiq dalaga litseylar qurdi.

57. Xorazm qishloqlaridan noroziligini ifodalash uchun yo‘lga chiqqanlarni avtobusi bilan yo‘q qildirib yubordi.

58. Qishloq aholisidan tushayotgan arizalarning deyarli barchasini javobsiz, e’tiborsiz qoldirmoqda yoki «aldagani qishloqi yaxshi» qabilida yo‘l tutmoqda.

59. Qishloq aholisiga meditsina yordami ko‘rsatishlikni faqat qog‘ozda ushlamoqda. Ambulatoriya yoki statsionar yordamga muhtoj qishloq aholisini juda ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechirishiga olib keldi.

60. Xotini yangi chiqqan materiallardan ko‘ylak tiktirish musobaqasiga kirishganida xotinini tiyib qo‘yish o‘rniga, ayoliga yugurdaklar ajratdi.

61. Qizining oldida ichki kiyimda yurishdan tortinmadi.

62. Oilada so‘kinib gapirishi yarashmasligini tan olmadi.

63. Qizi xalqni «mol» deb ataganida fikriga qo‘shilishdi.

64. Chet el jurnalistlari qizining ahloqiy buzuqligini yorishtirishganida xijolat bo‘lmadi.

65. Qo‘shni davlat fuqarolari ikkitadan nonni qo‘ltiqlab O‘zbekistondan tashqariga tashib chiqib ketayotganligini aytib, yaqin qo‘shnilarga kulgi bo‘ldi.

66. 1991 yildagi Yanaev boshliq Mokvadagi Gorbachevga qarshi bo‘lgan jinoiy-siyosiy to‘dani qo‘lladi.

67. Qirg‘iziston respublikasining birinchi prezidenti Asqar Akaevni mensimasligini ochiq namoyon qilgach, Qozog‘iston prezidenti Nursultan Nazarbaev basharasiga choy (aytishlaricha tupirilgan suv bo‘lishi ham mumkin) sochib yubordi.

68. Goh AQSh, goh Rossiyadan panoh izlab siyosiy fohishalik qildi.

69. Qirg‘iziston va Tojikiston bilan doimiy suv janjalida yashadi.

70. Boshqa davlat namoyondalari orasida obro‘li bo‘lishni xohlab terroristik munosatlarni shakllantirdi va ichki ishlar xodimlari, o‘zining yaqin yugurdaklari yordamida qo‘poruvchilik ishlarini rivojlantirdi.

71. Ichki sanoatni tanazzulga yuz tuttirdi.

72. Million-million zavod-fabrika ishchilarini ishdan mahrum etdi.

73. Ishchilar mehnatini qadrsizlantirdi.

74. Ishchining oilaviy muammolarini echimsiz qoldirmoqda.

75. Rivojlangan davlat ishchilari bilan raqobatlasha oladigan mutahassislarni o‘ziga dushman sanab qamoqlarda chiritmoqda.

76. Ish o‘rinlarini yopmoqda.

77. Profsoyuz organlarida poraxo‘rlikni avj oldirdi.

78. Sanoatdagi yuqori lavozimlarga shaxsiy foyda keltiradigan vakillarini qo‘ydi.

79. O‘zi maqtab qo‘ygan zavod-fabrikalaridan ketib qolmoqchi bo‘lgan ishchilar arizasiga qo‘l qo‘ydirtirmay qo‘ydi.

80. Zamon talabiga mos, aholini moddiy qiyinchiliklardan olib chiqib keta oladigan zavod-fabrikalar qurmadi. Qurganlari ham qiyinchiliklarni echishga emas, yangi muammo tug‘dirishga xizmat qilmoqda.

81. Agrar xo‘jalikni moddiy-ma’naviy qiyinchiliklar makoniga aylantirdi.

82. Qishloq xo‘jaligida etishtirilayotgan xom ashyo dehqonlar hayotini yaxshilashlikka emas, hamyonini qappaytirishga ketmoqda.

83. Sug‘orish mavsumidagi qiyinchiliklarni yaxshi qo‘shnichilik bilan hal qilish o‘rniga, suv boshidagi davlatlar bilan yangi-yangi murosasizliklarga bormoqda.

84. Dehqonlarga «foyda» tushunchasini begonalashtirib berdi.

85. Agrosanoatdagi malaylariga sanatoriylarda dam olish imkonini berib, oddiy xalqni o‘z uyida ham erkin nafas olishga qo‘ymayapti.

86. Qo‘shni davlatlarga chiqish yo‘llariga chegara postlari o‘rnatdi.

87. Chegaradan o‘tayotganlarga ming xil yo‘l azobini «taqdim» qilyapti.

88. Chegaradan o‘tayotgan chol, kampir, bolali ayollar, invalidlarga imtiyozlar bermadi.

89. Chegara yaqinidan aholini zo‘rlik bilan ko‘chirdi.

90. Uylarini buzib, o‘rniga chegara postlari yoki oddiy simlar tortib qo‘ygan insonlarga yangi uy qurib olishga yordam bermadi.

91. Chegarada uyi buzilib qarovsiz qolgan chol-kampirlarga e’tibor ham bermadi.

92. Chegara posponlari tomonidan xalqdan pora undirilishiga imkoniyatlar berdi.

93. Qo‘shni davlat chegarachilari bilan urishib halok bo‘layotgan o‘zbek chegarachilari xonadonidan ayni haqiqatni yashirdi. Ularning hayotiga achinmadi.

94. Harbiy xizmatga chaqirishni poralashtirdi. Xizmatni o‘taganlarga ishga joylashishdagi qo‘shimcha imtiyozlar berishligi oqibatida chaqiruv bo‘limlaridagi poraxo‘rlik yana avj oldi.

95. Harbiy xizmatdagilar orasida ijtimoiy tengsizlikni kuchaytirdi. Harbiy xizmatchi qishloq-shahar, boy-kambag‘al, amaldor-oddiy fuqaro darajalariga qarab e’tiborlanishini yo‘lga qo‘ydi.

96. Eng jangli, eng xavfli joylarga tabiiy-ki, ijtimoiy past tabaqadagi harbiy xizmatchilarini yubordi.

97. Xalq noroziliklarini bostirish uchun hayotiga achinmaydigan, tirikligida ham mensimaydigan zobit va askarlarni tashladi.

98. Askarlarga ham paxta terdirtirdi.

99. Harbiy xizmat chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lganlar oilasiga yordam bermadi.

100. Qo‘shni davlatlarga asir tushib qolgan askarlarni o‘ldirib yuborilaverishiga rozilik berdi.

Aziz o‘quvchi, bu ma’lumotlarning barchasi oddiy xalq tilidan yozildi. Xalq aytayotgan, guvohi bo‘lgan va bo‘layotgan narsalarning barchasini ham ro‘yxatga kirita olmadik.

Buncha yomonliklari xalq orasida oshkor gap-so‘z bo‘layotgan diktator, zolim, qattol, xudbin Karimovga tarafdor bo‘lishni xohlaganlar o‘zi va avlodlari taqdirini barbod qiladilar holos!

Ey, mazlum xalq! O‘z qadringni himoya qil! Haqiqat, adolat va tenglik yo‘lida O‘zbekiston Xalq Harakati bilan birga kurash!

O‘zbekiston Xalq Harakati

http://ponauz.turkiston.tv/archives/975

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: