O‘JHU: «Mahkum O‘zbekiston jurnalistlariga ozodlik!» – uznews.net


03.05.11

Uznews.net – Bugun, Xalqaro so‘z erkinligi kuni, O‘zbekiston Jurnalistlari Haqiqiy Uyushmasi (O‘JHU) o‘zbek hukumatiga ochiq xat bilan murojaat qilib, respublikadagi barcha mahkum jurnalistlarni ozod etilishini talab qiladi.

“Biz, O‘JHU a’zolari, Xalqaro so‘z erkinligi kunida O‘zbekiston hukumatiga va shaxsan mamlakat prezidenti Islom Karimovga murojaat etib, undan O‘zbekiston turmalari va koloniyalarida o‘z kasb faoliyati yoki siyosiy qarashlari uchun azob chekayotgan o‘z hamkasblarimizning zudlik bilan va so‘zsiz ozod etilishini talab qilamiz”, – deya bildiradi mustaqil jurnalistlar.

«Joriy yilning sentyabrida O‘zbekiston o‘z mustaqilligining 20-yilligini nishonlaydi, – deya davom etadi O‘JHU o‘z bayonotida, – va bugun ushbu sana so‘nngi ikki o‘n yil davomida bosib o‘tilgan yo‘l sarhisobi uchun muhimdir. Biz shu kunlarda, to‘qqizta jurnalistning hamon qamoqda qolayotganini mamlakat uchun ayanchli bir holat deya bilamiz”.

Hozirgi kunda, O‘zbekiston vijdon mahkumlari Qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, kamida to‘qqiz jurnalist va adiblar qamoqda qolmoqda. Shular jumlasidan – «Uznews.net» muxbiri va Nukuslik huquq himoyasi Solijon Abduraxmanov, 2008 yili 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinib Qarshidagi UYa 64/49 koloniyasida jazoni o‘tamoqda.

Ro‘yhatda tag‘in:

1. “Erk” muxolifat gazetasining sobiq muharriri «Erk» Muhammad Bekjon, 1999 yili 12 yilga (UYa 64/61 Qashqadaryo);

2. Yozuvchi Mamadali Maxmudov, ilk bor 1994 yili 4 yilga, 1996 yili avf etilib, 1999 yili tag‘in 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan (UYa 64/6 Chirchiq shahri);

3. Shoir Yusuf Juma, 2008 yili 5 yilga (UYa 64/71, Jasliq);

4. Mustaqil jurnalist Jamshid Karimov, 2006 yili majburiy tarzda Samarqand ruhiy shifoxonasiga yotqizilgan;

5. Jurnalist va huquq himoyachisi («Ezgulik» tashkilotidan) Dilmurod Sayid (Saidov), 2009 yili 12,5 yilga qamoqqa tashlangan;

6. Jurnalist, «Erk» muxolif partiyasi a’zosi Yusufboy Ro‘zimurodov, 1999 yili 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan (UYa 64/46 Navoiy shahri);

7. Jurnalist, ommaviy sport sharxlovchisi va shoir Xayrullo Xamidov, 2010 yili 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan;

8. Jurnalist G‘ayrat Mexliboev, mahalliy nohukumat gazetalari «Xurriyat» va «Moxiyat» nashrlari hodimi, 2003 yili 7 yilga qamalgan, hunuzgacha UYa 64/48 turmasida qolmoqda.

Vijdon mahkumlari qo‘mitasi raisi Baxodir Namozovning aytishicha, mahkum jurnalist Dilmurod Sayidga taalluqli so‘nggi xabarga ko‘ra, u yaqinda jazo hibsxonasi – kartserga tashlangan.

Gap shundaki, har yili O‘zbekiston mustaqilligi arafasida amnistiya e’lon qilinadi, Namozovga ko‘ra, bu yil, respublika mustaqilligining 20 yilligi arafasida, istisno tariqasida bir nechta vijdon mahkumlarining ozodlikka chiqarilishi kutilmoqda.

«Aftidan, hukumat nuqtai nazaricha, allaqachon ular uchun havfli emas deya topilganlar ozod etiladi, – deya faraz qiladi huquq himoyachisi, – barcha qolganlarni esa hukumat, ularning avf etilmayotganini oqlash uchun, atayin «ichki tartibni buzgani uchun» jazo hibsxonalariga tashlaydi, yangi jazo muddatlarini belgilaydi».

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=3&nid=17090

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: