Misr: ‘Musulmon birodarlar’ yangi siyosiy partiya tashkil etdi – bbc uzbek


30 aprel 2011

Misrdagi “Musulmon birodarlar” shu yil sentyabriga mo‘ljallangan parlament saylovlarida parlamentdagi o‘rinlarning yarmini egallash maqsadida yangi partiya tashkil etganlari haqida e’lon qildi.

Yangi partiyaga “Erkinlik va Adolat partiyasi” deb nom berilgan.

“Erkinlik va Adolat partiyasi” asoschilariga ko‘ra, yangi partiya diniy partiya emas.

Firqa rahbari Muhammad Al-Mursiy Qohirada matbuot anjumani uyushtirgan, uning so‘zlariga ko‘ra, “Erkinlik va Adolat partiyasi” eski tushunchadagi islomiy firqa, diniy partiya emas.

Qohiradan Bi-bi-si muxbiri Jonatan Xedning yozishicha, Husni Muborak qudratdan ag‘darilganidan keyin belgilangan parlament sayloviga besh oydan kam vaqt qolar ekan, qaysi partiyalar parlamentdagi o‘rinlar uchun kurashishi hali ham ayon emas.

Husni Muborakning qudratdagi Xalq-Demokratik partiyasi tarqatib yuborilgan.

“Birodarlarning mamlakat kelajagidagi rolidan dunyoviy hamda nomusulmon misrliklar xavotirdalar, chunki “Musulmon birodarlar” islomiy ildizga ega”, deydi Bi-bi-si muxbiri.

“Musulmon birodarlar” tashkil etilganiga 80 yil bo‘ldi, Husni Muborakning hukmronligi davrida ularning faoliyati taqiqlangan, “Musulmon birodarlar” harakatining a’zolari ta’qib etilganlar.

Oldingi saylovlarda harakatning faollari mustaqil nomzodlar sifatida ro‘yxatdan o‘tishga intilganlar.

“Musulmon birodarlar”dan ayrimlarining endi Misrda shariat qonunlarini joriy etish chaqiriqlari ularning jamiyatdagi muxoliflari orasida xavotirlarni yanada oshirgan.

Harakatning rahbariyati yangi partiya tashkil etish bilan bu xavotirlarni yoyishga harakat qilmoqda, “Erkinlik va Adolat partiyasi” diniy firqa bo‘lmasligini uqtirmoqdalar.

Yangi partiya Misr parlamentidagi o‘rinlarning yarmi yoki undan ham kamrog‘i uchun kurashajagi haqida e’lon qilmoqda.

Ammo ularning raqiblari ishonchli, dunyoviy muxolifat tarkib etganlaricha yo‘q.

Husni Muborakni hokimiyatdan ag‘darishda etakchilik qilgan faollar birlashgan, parlament shaklidagi bir kuchga aylanish masalalari borasida hamon bahslarini davom ettirmoqdalar.

“Shunday ekan, “Musulmon birodarlar” keyingi saylovlarda parlamentdagi eng ko‘p o‘rinlarni egallaydi va Misrning yangi konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishda ularning ovozi baland bo‘ladi”, deb yozadi Bi-bi-si muxbiri.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2011/04/110430_cy_egypt.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: