Xitoy Turkmanistonga yana milliardlab dollar qarz berishga rozi bo‘ldi – bbc uzbek


28 aprel 2011

Turkmaniston yangi qarzini ham o‘z eksport salohiyatini yaxshilashga sarflashini aytmoqda

Xitoy Taraqqiyot Banki Turkmanistonning davlatga qarashli “Turkmengaz” shirkatiga to‘rt milliard dollardan ortiqroq qarz berishga rasman rozi bo‘ldi.

Bu xususdagi shartnoma tomonlar orasida shu hafta boshida imzolangan.

Prezident Islom Karimovning yaqinda Xitoyga qilgan safari chog‘ida rasmiy Pekin O‘zbekistonning ham yiliga 25 milliard dollarlik gaz ta’minotiga oid va’dasini qo‘lga kiritgandi. Va O‘zbek tomoniga 5 milliard dollarga teng sarmoya kiritish taklifi bilan ham chiqqandi.

“Turkmengaz”ning bildirishicha, Xitoy berayotgan qarz Turkmanistonning eksport potentsialini kuchaytirish va ulkan Janubiy Yolotan gaz konini o‘zlashtirish ishlariga sarflanadi.

Xitoy bundan ikki yil oldin ham Turkmanistonga 4 milliard miqdorida sof kredit bergandi.

Turkman tomoniga ko‘ra, kelajakdagi gaz ta’minoti bilan milliardlab ekaniga qaramay, Xitoyda olingan qarzlarning hammasi chiqib ketadi.

Yangi bitimga muvofiq esa, Turkmanistonning so‘nggi qarzini kelasi 10 yil ichida to‘lab qo‘yishi ko‘zda tutiladi.

Turkmaniston 2009 yilda ishga tushgan yangi quvur orqali Xitoyga ilk bor gaz eksport qilishni boshlagandi.

2015 yilga borib, Turkman tomoni ushbu quvur orqali Xitoyga yiliga 40 milliard kubometr gaz etkazib berishni rejalamoqda.

Ammo gaz ta’minotiga oid ushbu bitimning tujjoriy shartlari rasman oshkor qilinmagan.

Xitoy shu yilning o‘zida Turkmaniston rahbariyati bilan gaz ta’minotini yana 20 milliard dollarga oshirishni ko‘zda tutuvchi yangi bitim ham imzolamoqchi.

Agar rasmiy Pekinning niyati amalga oshsa, Turkmaniston Xitoyga etkazib berajak gaz miqdori 60 milliard kubometrga etadi. Bu esa, Xitoy o‘tgan yili iste’mol qilgan gazning yarmidan ko‘prog‘i deganidir.

Ammo ushbu rejaning ijrosi yangi gaz quvurlarining qurilishini taqozo etadi. Xitoy oldidagi mas’uliyatini bajarishi uchun esa, Turkmaniston Janubiy Yolotan gaz konini jadallik bilan o‘zlashtirishi kerak bo‘ladi.

Xorijiy shirkatlar ishtirokidagi qator tadqiqotlar ortidan, ushbu konda 6 trillion kubometr gaz borligi ishoniladi.

Turkmaniston gaz ta’minoti borasida Rossiya va Eron bilan shartnomalarga ega, bundan tashqari, Ovro‘po, Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonga gaz eksport qilish orzusida.

Ayrim ekspertlar esa, Turkmaniston bunga qanchalik qodir ekanini savol ostiga olishadi.

Ammo Turkman mulozimlarining aytishlaricha, 2030 yilga borib yillik gaz ishlab chiqarish hajmi Turkmanistonda 230 milliard kubometrga etadi.

Sanoati shiddat bilan rivojlanib borayotgan Xitoy esa, so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo energiya bozorlarini egallashga jiddiy harakat qilmoqda.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/04/110428_cy_turkmenistan_china_deal.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: