Urgutlik savdogarlar norozilik aktsiyasi o‘tkazdi – ozodlik.org


Keyingi oylarda O‘zbekiston bo‘ylab bozorlarni ko‘chirish ishlari olib borilmoqda.

26.04.2011

Mehribon

Savdogarlar Samarqandning Urgut tuman bozorining boshqa joyga ko‘chirilishiga qarshilik bildirdi.

25 aprel kuni o‘tkazligan norozilik namoyishi orqali urgutlik minglab savogarlar Samarqand viloyati Urgut tumani hokimiyati talabini bajarishdan bosh tortdilar. Hokimiyat tuman markazidagi buyum bozorining boshqa joyga ko‘chirilishi munosabati bilan, savdogarlardan rastalarni bo‘shatishni talab qilgan edi.

Urgut tuman hokimligi bunga norozilik bildirgan savdogarlarning talabini inobatga olib, ularni vaqtincha ko‘chirmaslikka rozi bo‘ldi.

Bu haqda voqeani bevosita kuzatayotgan “Ezgulik” jamiyati faoli, urgutlik Saidkarim Nabiev Ozodlikka ma’lum qildi.

– Ayollar norozilik bildirib chiqish qilganda bozorda. Katta mojaro bo‘ldi. Rahbarlar o‘shani kecha kechqurun tinchitdi,- dedi Saidkarim Nabiev.

Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatga rozi bo‘lgan urgutlik savdogarlardan birining aytishicha, u yangi bozor hududidan savdo rastasi olish uchun 12 million so‘m pul bergan, biroq unga hali savdo o‘rni ham berishmagan. Bozordagi savdogarlarning qariyb yarmiga yangi bozor hududidan joy etmayapti, deydi u. Shuning uchun ular 25 aprel kuni bozorning ko‘chirilishiga norozilik bildirishgan.

Saidkarim Nabiev bozordagi savdogarlar bilan suhbatda bo‘lgani va ular vaziyatidan yaxshi xabardorligini aytadi.

– Har bir tadbirkordan 15 milliondan pul olib to‘rtga uchlik joy tayyorlandi, lekin kam joy. Taxminan 2000taga yaqin joy tayyorlangan. Qolgan tadbirkorlarga joy yo‘qligi sababli pul olinganu joy tayyorlanmasdan ko‘chirmoqchi bo‘lishgan. “Joy bo‘lmasa, qaerga borib tadbirkorlik bilan shug‘ullanamiz”, deb notinchlik paydo bo‘lgan xalqning o‘rtasida. Keyin iloji yo‘qligidan rahbariyat yig‘ilib kelib, bosdi-bosdi qilib “sentyabr oyigacha joy tayyorlab beramiz”, deb eski bozorning o‘ziga ruxsat beribdilar. Yangi bozordagi joyning narxi, misol uchun 6-7 million bilan bitadigan joyga 15 milliondan bosib olishayapti. Taxminan 20 milliongacha ketganda. Birinchi norozilik bundan. Ikkinchi norozilik uch yarim milliondan olib bir metrli prilavka beramiz deb shuni ham qurmaganda. Quruq joyga “Mana shu er sening ering, marhamat”, deb eltib qo‘ygan. Shunga norozilik paydo bo‘lib ko‘tarilish bo‘lgan,- deydi Saidkarim Nabiev.

Urgut tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Abdug‘affor Madarov 25 aprel kuni urgutlik savdogarlar bilan shaxsan uchrashganini va ortiqcha shov-shuv ko‘tarishga arzirli gap-so‘z bo‘lmaganini aytadi.

– Bu gap bo‘yicha hammasi joyida. To‘polon bo‘lgani yo‘q. Prosto joydagi odamlarga ko‘chinglar, dedik. Hali joyimiz tayyor emas. “Bizning joyimizni taxlab beringlar. Keyin biz ko‘chamiz”, deyishdi. Boshqa gap-so‘z bo‘lgani yo‘q. Mana men o‘zim shu erda edim. Hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q. Tadbirkorlar “To‘liq qurilsin. Biz o‘tamiz”, deyapti. O‘tishimiz kerak bozorga. Bozorda qurilmagan joylar bor hozir. Bir haftaga kechikib turibmiz,- dedi Abdug‘affor Madarov.

Bu ishlar mutlaqo qonuniy bo‘layotganini aytgan Abdug‘affor Madarovga ko‘ra, Urgut tuman markazidagi buyum bozori boshqa joyga ko‘chirilib, katta savdo majmuasiga aylantirilayapti.

– Mana bu Qing‘ir mahallasida yangi savdo kompleksi tashkil qilindi. O‘sha joyga hozir Urgut bozorini ko‘chirayapmiz. Prezidentimizning 10/136 qaroriga asosan bozorlarni savdo kompleksiga o‘tkazayapmiz. Hammasi qonuniy,- dedi Abdug‘affor Madarov.

Tuman hokimiyati rasmiysi urgutlik savdogarlarning manfaatlariga ziyon etkazilmasligini qo‘shimcha qildi.

Ozodlik olgan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, o‘nga yaqin urgutlik savdogar o‘z haq-huquqlari himoya qilinishini so‘rash niyatida mutasaddi tashkilotlar eshigini qoqqani Toshkentga ketishgan.

http://www.ozodlik.org/content/article/16794535.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: