Toshkentda davlat grantlarini olish tanlovi shartlari muhokama etildi – 12.uz


12.uz – 2011 yil 28 aprel’ kuni O‘zbekiston ekologik harakati O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar Milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi grantlari Dasturida NNTlarning ishtiroki” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish Parlament komissiyasi a’zolari, Ekoharakat faollari, shuningdek 50 dan ortiq ekologik va tibbiy sohaga ixtisoslashgan NNTlar vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasida xalqaro normalar asosida xalq milliy an’ana va urf-odatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish, nodavlat notijorat tashkilotlarning shakllanishi va rivojlanishiga yanada kengroq imkoniyatlar ochayotganligi davra suhbati ishtirokchilari tomonidan ta’kidlandi.

NNTlar rivojiga ko‘maklashishning muhim shakllaridan biri – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi grantlari Dasturi hisoblanadi. Jamoat fondining moliyaviy ko‘magi ostida O‘zbekiston ekologik harakati va ixtisoslashgan NNTlar hamkorligida Orolbo‘yida ekologik inqiroz oqibatlari yumshatish, ekologik noqulay hududlarda sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inini mustahkamlash, ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish, ekologik ta’lim va tarbiya, chiqindilarni zarasizlantirish, ekoturizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa qator loyihalar amalga oshirildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish kontseptsiyasi qoidalariga muvofiq, respublikamiz ekologik va tibbiy NNTlari oldida 2011 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoshidagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi grantlari Dasturida o‘z aksini topgan yangi ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalar turibdi.

O‘zbekiston ekologik harakati Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 19 aprelida Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish Parlament komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ekologiya va sog‘liqni saqlash bo‘yicha loyihaviy izlanishlarga mablag‘lar ajratish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Jamoat fondi mablag‘laridan moliyalashtiriladigan va Ekoharakat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanadigan asosiy yo‘nalishlar qatoriga shaharlar va aholi punktlari ekologik holatini yaxshilash va obodonlashtirish, tabiiy ekotizimlarga sanoat ishlab chiqaruvining zararli ta’sirini kamaytirish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish va genofondni asrash, qishloqlarda turmush madaniyati, ayniqsa ularning sanitariya-gigienik va ekologik jihatlarini rivojlantirish va shu kabi boshqa aniq maqsadli mintaqaviy va hududiy dasturlar kiradi.

Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish va sog‘liqni saqlash maqsadlariga ajratilgan mablag‘larni samarali o‘zlashtirish zaruratini hisobga olib, davra suhbati qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoshidagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi grantlarini olish tanlovi shartlari, loyihaviy talabnomalarni rasmiylashtirishga talablar va ularni tayyorlashning moliyaviy jihatlari haqida asosli ma’lumotlar taqdim etildi.

NNTlar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va davlat grantlarini olish tanlovi shartlariga bog‘liq masalalar tadbir qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular tomonidan hartomonlama muhokama etildi.

Davra suhbati materiallari haqida Ekoharakatning mamlakatimiz barcha hududlaridagi hamkorlari – NNTlarni xabardor qilish ko‘zda tutildi.

http://www.12.uz/uz/#uz/news/show/opshestvo/6126/

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: