Tojikiston mahkamasi ikki o‘zbekistonlikni uzoq yilga hukm etdi – bbc uzbek


28 aprel 2011

Tojikiston mahkamasi tomonidan uzoq yilllik qamoq jazolariga hukm etilganlardan ikki nafarining O‘zbekiston fuqarolari ekanliklari aytiladi

Tojikiston mahkamasi mamlakatda faoliyati taqiqlangan “Hizbu Tahrir” diniy guruhining o‘ndan ortiq a’zosini 3 yildan 20 yilgacha qamoq jazolariga hukm etgan. Ulardan ikki nafarining O‘zbekiston fuqarolari ekanliklari aytiladi.

Ayon bo‘lishicha, sudlanuvchilardan ayrimlari bundan avval ham ushbu firqaga a’zolik aybi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lishgan.

Shimoliy Sug‘d viloyati mahkamasining bildirishicha, ayblanuvchilar milliy va diniy nafrat uyg‘otish hamda Tojikiston hukumatini kuch bilan ag‘darish kabi ayblovlarda aybdor deb topilishgan.

Tojikistondagi Asia Plus xususiy axborot agentligining viloyat mahkamasidagi manbaga tayanib xabar berishicha, O‘zbekiston fuqarolari, bundan tashqari, Tojikiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda ham ayblanishgan va 14 yillik qamoq jazosiga hukm etilishgan.

Mahalliy ekspertlar Sug‘d viloyati “Hizbu Tahrir”ning Tojikistondagi asosiy tayanch nuqtasi ekanini aytib kelishadi.

Sug‘d viloyat prokuraturasining o‘tgan yilgi ma’lumotlariga qaralsa, bir yilning o‘zida guruhning 42 nafar a’zosiga qarshi jinoiy ish ochilgan.

“Hizbu tahrir” guruhining faoliyati Tojikistonda 2001 yilda taqiqlangan. Ammo, kuzatuvchilarga ko‘ra, firqa yashirin ravishda, avvalgiga qaraganda ancha ehtiyotkorlik bilan faoliyat yuritishda davom etmoqda.

Islom olamida tinch yo‘lda xalifalik o‘rnatish niyatini da’vo qiladigan “Hizbu Tahrir” Rossiya va Markaziy Osiyoda terrorchi tashkilot sifatida ko‘riladi.

Ammo xalqaro inson huquqlari guruhlari ayni tashkilot shu paytga qadar zo‘ravonlikka qo‘l urmaganini aytadilar.

Guruhning zo‘ravonliklarga aloqasi bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar, tashkilot Markaziy Osiyoning dunyoviy hukumatlari orasida qattiq tashvish uyg‘otayotganiga shubha yo‘q.

O‘zbekistonda uning ko‘plab tarafdorlari qamoqqa tashlangan va Tojikiston hamda Qirg‘izistonda ham hibsga olishlar soni ko‘paygan.

Tojikiston hukumati, bundan tashqari, o‘tgan yili beqaror sharqiy Rasht vodiysida kechgan hodisalar ortidan mamlakatda islomiy radikalizmning barcha ko‘rinishlariga barham berish harakatiga tushib qolgan.

Ammo, hukumat tanqidchilariga ko‘ra, ularning bu urinishlari demokratik erkinliklar hisobiga to‘g‘ri kelayotganini ham inkor etib bo‘lmaydi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/04/110428_cy_tajik_uzbek_court.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: