Qirg‘izistonlik o‘zbek liderlari ishi sudga oshirildi – ozodlik.org


Qodirjon Botirov separatchilikda ayblanayotgan o‘zbek liderlaridan biri.

28.04.2011

Qirg‘izistonlik o‘zbek liderlari avtonomiya talab qilishda va separatchilikda ayblanmoqda.

Iyun voqealarini o‘rganish bo‘yicha Milliy komissiya raisi Abdug‘ani Erkabaev ham qirg‘izistonlik o‘zbeklar avtonomiya talab qilmaganini o‘z vaqtida tan olgan edi.

Milliy komissiya raisi Abdug‘ani Erkabaev Qodirjon Botirov avtonomiya talab qilmaganini tasdiqlagan.

Biroq ma’lum bo‘lishicha, Jalolobod viloyat prokuraturasi qirg‘izistonlik o‘zbeklarning bir qator liderlari – Qodirjon Botirov, Inomjon Abdurasulov, Abdurahmon Abdullaev, Muhammadrasul Abaqjonov, Xaliljon Xudoyberdiev va Javlon Mirzaxo‘jaevlarni aynan avtonomiya talab qilishda – separatchilikda aybdor, degan xulosa chiqargan.

Ular ustidan ustidan ochilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergov yakunlangani to‘g‘risida prokuraturadan olingan ma’lumotga tayanib, Farg‘ona.RU sayti xabar qildi.

Tilga olingan o‘zbeklar ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda, separatchilikda, milliy, irqiy, diniy va mintaqaviy nizo qo‘zg‘ashda ayblanmoqda.

Shuningdek, Qodirjon Botirovdan tashqari qolgan 5 kishi noqonuniy qurolli guruh tuzganlikda ayblanmoqda.

O‘sh yaqinidagi Qashqar qishloq qishloq hukumati raisi, Qirg‘iziston parlamentining sobiq deputati, yirik tadbirkor Inomjon Abdurasulov, xususiy “O‘shTV” telekompaniyasi asoschisi va egasi Xaliljon Xudoyberdiev hamda O‘shdagi xususiy “MezonTV” telekompaniyasi egasi Javlon Mirzaxo‘jaevlar yana bir modda bo‘yicha – o‘zlari boshqargan korxonalardan o‘zlari uchun foyda olganlikda ayblanmoqda.

“O‘sh TV” sobiq rahbari Xaliljon Xudoyberdiev.

Separatchilik va qurolli guruh tuzganlikda ayblanganlardan biri, O‘shTV telekompaniyasi sohibi, hozirda qochqinlikda yashayotgan Xaliljon Xudoyberdiev o‘ziga nisbatan e’lon qilinayotgan ayblovlarga munosabat bildirar ekan, jumladan, bunday dedi:

– Jinoiy ish, deb ataydigan ishning o‘zi yo‘q. Birovni o‘ldirgan, qaroqchilik qilgan, banda tashkil qilgan degan gaplarning hammasi quruq gaplar. Qirg‘izistonda yashayotgan bo‘lsam, bir yoqqa chiqib ketish niyatim yo‘q bo‘lsa, bola-chaqam o‘sha erda yashasa, o‘zimning ishxonam bo‘lsa qanday qilib jinoyat qilish fikriga kelaman?! Bu erda, asosan, siyosat yotibdi. Milliy masala bu. Millatim ko‘zda tutilayapti. Ikkinchidan qoldirilgan mol-mulk yanayam talon-taroj qilinishiga yo‘l ochilishi kerak. Mulk uni egallab olganlarning qo‘lida qolishi kerak. Bu reyderstvoni uzakonit’ qilishdir,- dedi Xalil Xudoyberdiev.

Eslatib o‘tamiz, u Ozodlikka bergan intevyusida o‘z mulki “O‘shTV” telekompaniyasini O‘sh shahar meri Melis Mirzaqmatov qanday qilib tortib olgani to‘g‘risida batafsil aytib bergan edi.

Mirzaqmatovning ta’qibidan qochib Qirg‘izistondan oilasi bilan chiqib ketishga majbur bo‘lgan Xudoyberdiev shu kunda qochqinlikda yashamoqda.

Xabarlarga qaraganda, tilga olingan 6 o‘zbek ustidan sud 29 aprel kuni Jalolobod shahar sudida boshlanadi.

Sudlanuvchilardan birontasi ham shu kunda Qirg‘izistonda emas. Ta’qiblardan qochib, shu kunda boshqa mamlakatlarda qochqinlikda kun ko‘rmoqda.

Demak, Jalolobod sudi 6 o‘zbekning ishini sirtdan ko‘rib, sirtdan hukm chiqaradi.

O‘zbek liderlari ishi sudga oshgani to‘g‘risida xabar qilingan kuni mana bu xabar ham paydo bo‘ldi:

Bishkeklik huquq himoyachisi Dinara Oshiraxunova.

– Qirg‘izistonning huquq-tartibot organlari mamlakat janubida o‘tgan yilning iyunida bo‘lib o‘tgan voqealardan foyda ko‘rdi, – dedi Qirg‘izistondagi “Demokratiya va fuqarolik jamiyati uchun” koalitsiyasi rahbari Dinara Oshuraxunova.

24.kg axborot agentligi xabariga qaraganda, Oshuraxunova Qirg‘iziston parlamenti fraktsiyalaridan birining majlisida qilgan chiqishi chog‘ida aytishicha, “O‘sh va Jalolobodda militsiya xodimlari odamlarni hech qanday asossiz ushlab, pasportlarini tortib olmoqda va so‘ngra qo‘lga olinganlarning yaqinlaridan 500 dollardan pul talab qilmoqda”.

Oshuraxunovaga ko‘ra, militsiya xodimlarining bunday noqonuniy harakatlari asosan mahalliy o‘zbeklarga qaratilgan.

U, shuningdek, “Janubiy viloyatlar aholisini ayrim siyosatchilar va amaldorlarning matbuotdagi chiqishlaridagi millatchilik ruhi tashvishga solmoqda”, degan.

http://www.ozodlik.org/content/article/16796205.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: