O‘zbekistonda diniy mahbuslari ozod etilishi haqida xabarlar tarqagan – bbc uzbek


27 aprel 2011

Amnistiya haqidagi xabarlarga qarama-qarshi tarzda qamoqxonadagi qiynoqlar haqidagi hikoyalar ham davom etmoqda

O‘zbekistonda mustaqillikning 20 yilligi munosabati e’lon qilinadigan amnistiyada diniy mahbuslar ham ozod etilishi haqida xabarlar tarqagan.

Bi-bi-si suhbatda bo‘lgan oilalarning xabariga ko‘ra, uchastka nozirlari mahbuslar oilalari uylariga kelib, mahbuslar yoki qidiruvda bo‘lgan boshqa oila a’zolari haqida qo‘shimcha ma’lumot yig‘ishga urinishmoqda.

Uchastka nozirlari “katta amnistiya”ga ishora qilib, diniy mahbuslar ozod etilishiga ishora qilishgan.

Qamoqxonalarda qolayotgan diniy mahbuslar orasida ham amnistiya haqida mish-mish tarqagan, biroq O‘zbekiston hukumati rasman hech qanday ma’lumot tarqatmagan.

O‘zbekistonda minglab erkak va ayollar O‘zbekiston Jinoiy Kodeksining 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va 244-moddasiga (Ommaviy tartibsizliklar) binoan aybdor deb topilib, ko‘p yillarga ozodlikdan mahrum etilganlar.

Mazkur moddalar bilan qamalgan O‘zbekiston fuqarolari yillik amnistiya munosabati bilan avf etilganlar ro‘yxatiga tushmay kelayotir.

Uch o‘g‘li qamoqda bo‘lgan oila

Chinozlik Marhamat Mirzaeva shu kunlarda bir guruh opa-singillari va kelinlari, xususan 76 yoshli onasi bilan O‘zbekistonning uchta alohida qamoqxonasida saqlanayotgan ikki ukasi va bir jiyanini borib ko‘rgan va ularning har biridan amnistiya haqida gap tarqaganini eshitgan.

Uning Buxorodagi qamoqxonada saqlanayotgan jiyani, 27 yoshli Ahmadillo Mirzaev avf etilishiga umid qilmayotganini bildirgan.

“Ha, bizda ham aytayapti (amnistiya haqida), lekin 34-moddaning 1-qismi bundan istisno ekan, deb aytdi jiyanim Mirzaev Ahmadillo. Hizbu Tahrirni eng havfli jinoyatchi deb qo‘ygan, besh yil bergan edi, uch yildan so‘ng boshqatdan sud qilib, etti yil qo‘shib berdi.”, – deydi Marhamat Mirzaeva.

O‘zbekiston kodeksining 34-moddasi Retsidiv jinoyatlarni, uning 1-qismi esa “ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi”ni nazarda tutadi.

Marhamat Mirzaevaning Qashqadaryodagi qamoqxonada saqlanayotgan ukasi, 37 yoshli Abdulaziz Mirzaev ham amnistiya haqida eshitganini aytgan.

“Ha, bizda ham shunday deyapti, “100 marta qaytdim” deb kim kechirim so‘rasa, o‘shalarga amnistiya bor deb aytayapti, dedi ukam”, – deydi Marhamat opa.

Biroq, uning aytishicha, ukalari o‘tmishda bir necha bor shu kabi maktublar yozishganiga qaramay, avf etilmaganlar.

Qiynoqlar davom etmoqda

Oila o‘z o‘g‘illariga diniy e’tiqodlari tufayli bo‘layotgan bosim davom etayotganini aytadi.

Uchrashuvda Abdulaziz Mirzaev 159 va 244-moddalar bilan qamalgan kishilar quyosh ostida qo‘llari boshlari ortiga tutashtirilgan holda soatlab cho‘kkalab o‘tirishga majburlanayotganini aytgan.

“Suv ham bermas ekan. Tualetga chiqib kelay desa, “o‘tiraver joyingda, hech narsa qilmaydi” deyishar ekan, bechora bolalar cho‘kkalab o‘tirgan joyida hojatini chiqarib, oftobda hushidan ketib qolayapti ekan”, – deydi Marhamat opa.

Marhamat Mirzaeva ukalari va jiyani faqat namoz o‘qigani uchun ta’qib qilingani, hech qanda jinoiy yo ekstremist guruhlarga a’zo bo‘lmaganini aytadi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/04/110427_amnesty_uzbek.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: