Norozilik qilgan oqdaryoliklarning tomorqalari surib tashlandi – ozodlik.org


Oqdaryoliklarning tomorqalari surib tashlnishidan avval ana shunday ishlov berilgan edi.

26.04.2011

Mehribon

Gap tomorqalari tortib olinishiga norozilik bildirgan Samarqanddagi Oqdaryo tumani ahli haqida bormoqda.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Yonqurg‘on shaharchasi aholisining tomorqa erlarini buzish jarayoni 26 aprel kuni ham davom etdi.

Bu haqda Ozodlikka oqdaryolik norozi ayollar bilan bog‘liq vaziyatini kuzatayotgan huquq faoli Bahtiyor Hamroev ma’lum qildi.

– Ekskavatorda kelishgan. Butun texnika bilan kelishib, allaqachon juda ko‘pchilikning ekilgan maydonlarining hammasini haydab tashlagan. Piyoz bo‘ladimi, kartoshka bo‘ladimi hammasini haydab tashlagan. Mana aynan bugun ham bog‘landim. Bugun ham o‘sha narsa davom etayapti. Oldin bir qishloqni surib tashlagan bo‘lsa, keyin yonidagisini. U erdagi qishloqlar juda bir-biriga yaqin qo‘shilishib ketgan. Bu qishloqni ham uje buzib boshlabdi bular,- deydi Bahtiyor Hamroev.

23 aprel kuni Yonqo‘rg‘on shaharchasida yashovchi yuzga yaqin ayol Samarqand-Kattaqo‘rg‘on trassasini bir necha soat davomida to‘sib qo‘ygan edilar.

Bahtiyor Hamroevga ko‘ra, o‘sha kuni namoyishchilar huquq-tartibot xodimlari tomonidan kuch ishlatish orqali tarqatib yuborilgan edi.

– Bu voqea tushlarga yaqin bo‘lgan. Oqdaryo tumanining Yangiqo‘rg‘on rayon tipidagi shaharchasida atrofida yashovchilar 100ga yaqin ayollar, bolalar, kelinchaklar chiqib Toshkent-Kattaqo‘rg‘on katta trassa yo‘lini namoyish qilib bekitishgan. Ya’ni qatnovni to‘xtatishgan. Ikki soatlab qatnovni to‘xtatishgan ular. To‘xtatishgandan keyin maxsus otryadlar kelib avtomatlarda, kaskalarda, menimcha OMONchilar bo‘lsa kerak, shular kelishib hammasini tarqatib yuborishgan. Ularning aytishi bo‘yicha hammani kaltakladi deydi. Tuproqlarga bulg‘ab, sudrab, qo‘pol so‘zlarni ishlatib, mashinaga tiqishib hammasini, juda ko‘pchiligini olib ketgan deyapti. Tuman ichki ishlar bo‘limiga olib borgandan keyin hammasini qo‘yib yuborishibdi,- deydi Bahtiyor Hamroev.

Ma’lum bo‘lishicha, yonqo‘rg‘onlik ayollar keyingi 20 yil davomida foydalanib kelgan tomorqa erlarining mahalliy hokimiyat tomonidan tortib olinishiga qarshi norozilik bildirishgan.

– 90 yillarda Karimovning farmoniga asosan qo‘shimcha erlar berilgan edi odamlarga. O‘sha erlarni Oqdaryo tuman hokimligi tomonidan asta-sekin hammasini qaytarib olishayotgan ekan. Shunga norozilik holatida ular chiqish qilgan bu erda. Ya’ni yo‘lni bekitgan. Ko‘plari imorat solishgan, ko‘plari ekinlar ekishgan. Hukumat tomonidan o‘sha narsa asta-sekin qaytarib olinayapti. Shunga norozilik tariqasida ular chiqishgan,- deydi Bahtiyor Hamroev.

Oqdaryolik ayollarning bir necha soat davomida katta yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida BI-BI-Si radiosi, CA-News agentligi, Harakat.net kabi bir nechta internet saytlari xabar tarqatdi.

Oqdaryo tuman hokimining birinchisi o‘rinbosari Husan Abjalov yorqo‘rg‘onlik ayollarning norozilik aktsiyasi haqidagi xabarlarni mutlaqo inkor qildi.

– Unaqa narsa bo‘lgan emasku. Absolyutno. Men sizdan eshitayapman. Biror marta unaqa narsa bo‘lgan emas. Yangiqo‘rg‘on o‘zi ichkari hududda. Alohida yo‘l kirib ketadi katta yo‘ldan ichkariga. Hech kim chiqqan emas. Chiqsa, men bilamanku. Men eshitishim kerakku. Hokimning birinchi o‘rinbosariman. Meni chaqiradi. Men ham borishim kerak u erga. Sizdan eshitayapman mana bu gapni, dedi Husan Abjalov.

Ayni paytda Husan Abjalov aholidan tomorqa erlari tortib olinayotganini tan oldi. Biroq unga ko‘ra, gap qo‘shimcha tomorqa erlari va noqonuniy o‘zlashtirilgan erlar haqida bormoqda.

– Mana qo‘shimcha tomorqalar bo‘lsa, paxta ekish bo‘layapti, almashlab ekish bo‘layapti. Davno ves respublika bo‘yicha shunaqa ish bo‘layaptiku. Chigit ekish mavsumi boshlandi. O‘sha ekinlar bo‘layotgani. O‘zboshimchalik bilan biror joyni egallab ekib olgan bo‘lsa, o‘sha joyni buzdirib ekkan bo‘lishi mumkin. Lekin boshqa narsa bo‘lgan emas. Bu erda tartib shunaqayu. Hujjat-pujjat yo‘q mojet bir xillari egallab, ko‘p borku shunaqa holatlar. Paxtadan keyin egallab olgan bo‘lishi mumkin. Noqonuniy o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, shunday paxta ekkan bo‘lishi mumkin. Ular endi bilmaydi o‘zining qonuniyligini. Hujjat bo‘lmasa ham shunaqa deb yurgan bo‘lishi mumkin,- dedi Husan Abjalov.

2010 yilning noyabr oyi oxirida Buxoro viloyati Jondor tumanidagi Oytug‘di qishlog‘i ahli ham o‘z erlari tortib olinishiga qarshilik ko‘rsatib, norozilik aktsiyasi o‘tkazgan edi.

O‘tgan yilning 15 dekabr kungi Jondor tuman fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi norozilik o‘tkazgan 13 nafar oytug‘dilikni mayda bezorilik va militsiya xodimiga qarshilik ko‘rsatganlikda aybdor deb topib, barchasiga jarima soldi.

http://www.ozodlik.org/content/article/9505523.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: