Karimov rejimi mazlumlari qismatidan – O‘zbekiston Xalq Harakati


27.04.2011

Karimov rejimidan sog‘ ham, bemor ham birdek iztirob chekmoqda. Sog‘lar qorniga emas, qadriga yig‘lab yurgan bo‘lsa, bemorlarning kuni o‘lgan ustiga tepgan ko‘rinishida kechyapti.

Karimov o‘z makri orqasidan davlat tepasiga kelgan 1991 yili ikki ko‘zi ojiz-ko‘r bo‘lib qolgan bir mushtipar ayol O‘zbekistondagi 20 yillik iztirobli kun kechirishlaridan so‘ng, zolim Karimovga la’nat aytgan holda olamdan o‘tdi.

Ayol parvarishtalab bo‘lganida unga putyovkalar berilmadi. Dori-darmonga pul kerak bo‘lganida nafaqasini kechiktirdilar. Mahalla komiteti xabar olish tugul, eslashga ham harakat qilmadi. Ijtimoiy yordam bo‘limlari ariza o‘z vaqtida tushmaganini ro‘kach qilib o‘zlarini chetga tortishdi.

Eng achinarlisi, onasiga shifo tilab namoz o‘qib, duoda bo‘lgan o‘g‘lini har xil qo‘rqituvlar bilan vatanidan qochib chiqishga majbur qilishdi. «Namoz o‘qiganini ko‘rdik, demak ekstremist. Masjidga kirdi, demak qora niyatli. Do‘ppi kiyib yuribdi, demak davlat tuzumiga qarshi» kabi so‘zlar shundoq ham qiyinchiliklari etarli o‘g‘ilni zulmdan, noo‘rin tuhmatdan qochishga majbur qildi.

O‘g‘lining qochishiga rozi bo‘lgan ona yillar o‘tishi bilan farzand sog‘inchi, kelin iztirobi, nabiralar dod-voyini ko‘zlari bilan ko‘ra olmasada, yarim jon qalbi bilan tuyib yashadi.

Karimov qattol rejimi ostida 20 yil ko‘r holatda yashagan bu ayol har kuni, har soatda nelarni boshidan kechirganini yolg‘iz Yaratganning o‘zi biladi. Bilganimizni oqqa tushirmoqchi bo‘lsak, na ko‘z yoshi, na qog‘oz, na qalam va na vaqtimiz etadi.

Bu va bu kabi yoki bundanda achinarli qismatni boshdan kechirayotgan o‘zbek xalqi, o‘zbekistonliklar, qorningizga emas, qadringizga yig‘lang! O‘z qadringiz uchun o‘zingiz oyoqqa turing! O‘z huquqingizni o‘zingiz himoya qiling! Mo‘’tabar insonlarimizning qadrini oyoq osti qilayotgan, inson haqlari va qonunlarni buzayotgan diktator Karimov va uning malaylariga Bo‘ysunmang!

Uyg‘on xalqim, uyg‘on!

O’XH

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: