Jurnalist Dilmurod Sayyid kartserga tashlandi – ozodlik.org


28.04.2011

O‘zbekistonning Navoiy viloyatidagi 64/36-sonli qamoqxonada saqlanayotgan “Ezgulik” jamiyati faoli Dilmurod Sayyid “koloniya tartibini buzganligi” uchun jazo kartseriga tashlandi.

Bu haqda Ozodlikka jurnalistni ko‘rish uchun borgan akasi Obid Sayidov ma’lum qildi.

– Mayorning oldilariga kirdim. Familiyamni, otimni, adresimni yozib oldilar. “Narushenie qilib qo‘yibdi. Bo‘yniga tan oldi”, deb aytdilar o‘sha mayor menga. “Qanaqa tartibni buzibdi?” desam, bu ularning ichki ishi ekanda. Shunaqa tartib bor ekan. Mayorning aytishlari bo‘yicha, mening akam, “Narushenie qilib qo‘ydim”, deb aytgan ekan,- dedi Obid Sayidov.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati faollari Dilmurod Sayyid qamoqxonaning jazo kartseriga tashlangani yuzasidan IIVning JIEBB ma’muriyatiga shikoyat arizasi jo‘natgan.

Dilmurod Sayyid 2009 yil 22 fevralida Toshkent shahrida qamoqqa olingan edi.

U va yana uch shaxs O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tovlamachilik, hujjatlarni soxtalashtirish, qalbaki muhrlar tayyorlash, qalbaki imzolar qo‘yish moddalari bo‘yicha ayblanib, mahkamaga tortilgan.

Samarqand viloyat Toyloq tuman sudi 2009 yilning 30 iyul kuni Dilmurod Sayyidga 12,5 yillik qamoq jazosi tayinlagan, 11 sentyabr kuni tuman appelyatsiya sudi bu hukmni o‘zgartirmadi.

2010 yil 10 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Samarqand viloyati Toyloq tuman sudi chiqargan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.

http://www.ozodlik.org/archive/News/20110428/402/850.html?id=16796853

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: