“Janubda o‘zbeklar genotsidi bo‘lmagan” – qirg‘iz bosh vaziri – bbc uzbek


27 aprel 2011

Rasmiy Bishkek etnik zo‘ravonliklar eng ko‘p jabr chekkan o‘zbek aholining jinoiy javobgarlikka tortilishiga yo‘l qo‘yib kelmoqda

Turkiyaga rasmiy safar bilan kelgan Qirg‘iziston Bosh Vaziri Almazbek Atambaev o‘tgan yil iyunida O‘sh va Jalol-Obodda yuz bergan voqealarni “o‘zbeklar genotsidi” deb aytish noto‘g‘ri ekanini aytgan.

Anqarada o‘tgan matbuot anjumanida gapirar ekan, janob Atambaev 2010 yil 7 aprelida Qurmanbek Bakiev prezidentlik kursisidan quvilishi ortidan janubga yo‘l olgan va u erda alohida mamlakatni barpo qilishga uringan, janubdagi militsiya va hokimiyatlar ham uning qo‘lida bo‘lgan.

U “uchinchi kuchlar” bo‘lganini ham takrorladi.

“Osmonga qizil raketalar otilgan, masjidlaru minoralardan urush bo‘lishi haqida e’lonlar qilingan. Lekin uch kundan so‘ng to‘qnashuvlar to‘xtatilgan. Ba’zi mamlakatlarda hatto uch oy ichida ham bu kabi muammolarni hal eta olishmaydi. Men janubga safar qildim, u erda odamlar siyosatchilar qurbonlariga aylanganlarini anglab etishdi”, – dedi Atambaev.

U Qirg‘iziston janubida turli siyosiy o‘yinlar davom etayotgan bo‘lishi mumkinligi, va ularda narkobaronlar va boshqa jinoiy guruhlar aralashganini aytgan.

O‘tgan hafta janob Atambaev qirg‘iz janubi bo‘ylab safar qilib, bir qator ma’muriy va huquq-tartibot rasmiylarini ishdan olganini bildirgandi.

Biroq, ko‘p tahlilchilar etnik zo‘ravonliklar ortidan millatchilik ruhida ochiqcha bayonotlar bilan chiqib kelgan va Roza O‘tinboeva hukumatini tan olmasligini aytgan O‘sh hokimi Melis Mirzakmatovning lavozimda qolayotganini markaziy hukumatning janubda ojizligi bilan izohlashmoqda.

Qirg‘iz hukumati rahbari joriy yilning 10 iyunida janubdagi etnik zo‘ravonliklarda nobud bo‘lganlar xotirasiga yodgorlik ochilishi va bu kun Tinchlik kuni deb e’lon qilinishini bildirdi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/04/110427_atambayev.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: