Harakatga barakat – yangidunyo


April 27th, 2011

Yodgor Turlibekov

Hech mubolag‘asiz aytganda o‘zbek xalqi o‘z saylagan prezidenti Islom Karimovdan ko‘p azoblar ko‘rdi. Ba’zilarning biz o‘zbeklar xudoning oldida katta gunohlar qilib qo‘yganmiz, shuning uchun ham Ollohning bu erdagi vakili Islom Karimov bizlarga shunday azob ustiga azoblar bermoqda, deyishlariga hayron qolasan kishi.

Bunday deyishga aslo xaqqimiz yo‘q, vaholanki parchalangan sovetlartarning asosan 50 ga yaqin millatlari bo‘lsa, ularning orasida o‘zbek millatiga xos katta bir xalqninng faqat hamma ijobiy sifatlarinigina ko‘rish mumkin edi. Hattoki, o‘zinig mustahkam e’tiqodiga ega bu xalq, ulug‘ payg‘ambarimiz ajdodlari bo‘lgan arablarga qaraganda ham o‘zbeklar orasida islomni ulug‘lashga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shgan buyuk allomalarimiz etishib chiqqanini ham aytish joyiz bo‘ladi.

O‘zbek xalqining bag‘ri kengligi, mehmondo‘st va ayniqsa uning jafokash mehnatsevarligi, diyonat va oriyatliligi va o‘z o‘rnida yuksak farosat va o‘ta sabr toqat deganday ado bo‘lmas insoniy fazilatlari borligi jihatidan ham, sovet xalqlari orasida etakchi o‘rinda turgan yagona millat edik.

Bilibmi bilmaymi, yoki do‘stmi-dushmandan chiqdimi, yoki bu taraqqiyot taqozosimi hamma xalqlarning og‘zida mustaqillik degan ibora paydo bo‘lib, go‘yo unga ega bo‘lgan xalqning baxt va farovonligi kafolatlanganday edi, ayniqsa sodda va nima eshitsa ishonadigan bu xalqday mustaqilllikdan xursand millat ham yo‘q edi atrofda.

Sovetlarning sarqit cho‘tiri ming amallarni qilib saylanib olgandan so‘ng, u tantanalarni ko‘paytirib qariyib besh yilni xalqning ko‘zicha mustaqillikni maqtab, Karimovning o‘zi esa kelajakda taxtni umrbod ushlab turish rejasini tuzish bilan band, u xalq va respublika uchun va uning ertasini o‘ylashdan juda yiroq edi.

Buni qarang, u o‘zining birinchi ishini Toshkentning bir necha o‘n minglab odam ishlaydigan zavod va fabrikalarini to‘xtatib poytaxtning o‘zida ularning xarbirida o‘nlab ming ishchilarning bo‘shab ketishiga erishdi..

Qisqasi Karimovning joniga oro beradigan narsa va uning printsipial va strategik maqsadi xalqqa uning ozodligini va haq-huquqlarini bermaslik, kelajakda bu millatning allomalarini maqtab, ularga davlat byudjetini atayin susaytirish uchun tarixiy ulkan me’morlar qurdirib, ertaga foyda beradigan zavod fabrikalarga qayrilib ham qaramasdi.

Ammo uning tilidan o‘sha vaqtlarda uning ko‘p chiqishlarida: Nima uchun erga qaraysizlar, sizlar bobolaring Amur Temur va Jaloliddin Manguberdilarning nabiralarisizlar, boshqa millatlar ichida ko‘kraklaringni kerib, boshlaringni baland ko‘tarib gerdayib yuringlar deb xalqning olqishlarini olgani bilan, uning maqsadlari shum va vahshiy edi.

O‘tgan 20 yil ichida zo‘r yutuq va rivojlanishlarga yuz tutishiga loyiq bu boy o‘lka xalqi uchun munosib rahbar saylanganida edi O‘zbekiston aholisi hayoti Markaziy Osiyoda Qozog‘istondan ancha yaxshilanib uning 25 millionlik aholi soni xozir 50 millionga etgan bo‘lar edi va xech bo‘lmaganda un shakar choy va yog‘lar narxi bugungidan yuz marta arzon bo‘lishi aniq edi.

Yozyoyovon, Mirzacho‘l va Qarshi cho‘llaridagi o‘zlashtirilgan 100 dan ortiq sovxozlardagi yashnab turgan bog‘-rog‘lar bugun sho‘r suvning yuzaga chiqishi natijasida ularning etishtiradigan paxtalari va boshqa viloyatlardagi minglab gektar paxta maydonlarining meliorativ holati o‘ta yomonlashib, sho‘r suvga qarshi qurilgan drenaj tizimlarining hammasi ishdan chiqib, zovur-kanallarning hammasi ishlamay loyqaga to‘lib bo‘ldi

Xozir u erlar aholisining na elektr va na gaz ichimlik suvlari ta’minotlaridan ajrab bir azobda yashamoqdalar. Shular jumlasidan Qashqadaryo viloyatidagi yangi 54 qurilgan sovxozlari o‘rnidagi ishlayotgan fermerlar hayotlari juda og‘ir bo‘lib, ularning ko‘pchiligi qishda lotokda yig‘ilgan yomg‘ir yoki qor suvlaridan ichib tirikchilik qiladilar.

Yozda paxta uchun keladigan iflos suvni tindirib va qaynatib ichadilar. Bu qishloqlarda aholi meditsina xizmatidan ham mahrum qolib, yo‘llar tamoman ishdan chiqib tez yordam va shaxsiy mashinalar ham yurolmaydigan holatlarga kelib qolgan. .

Chuqurroq o‘ylasangiz qanday obod O‘zbekistonning Karimov, biron sohasini ko‘ngildagiday asrab qolaolmadi, u faqat bu millatning iloji boricha “tuxumini quritish”, ya’ni uning ko‘paymasligini, xozir bu millatdan biror demokratning chiqib va unga xalqning ergashib ketishidan qo‘rqayotir.

Bunday qabih va qaltis ishlarda ayyor Karimov xalqning o‘z farzanlariga qurol berib, sud-prokuratura va militsiya organlariga xalqni qattiq nazorat qilib qiynashda va talashda ularning adolatli qonun va konstitutsiyadagi xuquqlaridan foydalaninishga qo‘ymaslik uchun bu organlar o‘zaro birlashib, xalqni ko‘zga ko‘rinmaydigan kishanlar orqali maxkam ushlab turibdi.

Keyingi yillarda bunday organlarga cheklanmagan imkoniyatlar yaratilib va organ xodimlari maoshlari oddiy ishchilardan o‘rtacha ellik baravar ko‘paytirilganiga qaramay, yana bu organlar xalqni har qadamida tergab tekshirishlar o‘tkazib katta poralarni zo‘rlik bilan undirib talashda ular xech kimdan qo‘rqmaydilar.

Bunday ezilib ketgan aholidan ularning shikoyatlarini qabul qiladigan hokimiyat ham, amaldormi yoki organdagilarmi bir birlarini quvvatlashga odatlanib qolishganlar, o‘z xalqiga qarshi Karimov boshida turgan zulmni yanada oshirishda, davlatning soliq tamojnya va chegarachilari ham o‘z hissalarini qo‘shib xalq bechoradan noqonuniy va naqd jarimayu soliqlar to‘lashga majbur qilinmoqda.

Yonida bir so‘mi qolmay yo‘lda talangan kishiga mahallasiga kelib etmasdanoq uni mahallaning posboni qarshi oladi va bu kishi ham kambag‘alni so‘roq qilaboshlaydi: siz uch kundan beri qaerlarda bo‘ldingiz, o‘zi nima gap? So‘ngra qancha foyda qildingiz falonchi aka cho‘tal bermaysizmi, bizga deb asta qo‘pollashadi, mayli bugun dam oling ammo ertaga erta bilan uchaskovoyning xonasiga keling, siz bilan o‘sha erda mahalla noziri oldida gaplashamiz degani ortiqcha.

Xo‘sh qaeri va qaysi so‘zimda yanglishdim ayting, shular O‘zbekistonda bugun bo‘lyapdimi? Xalq bechora nima qilsin, va qaerga va o‘zining shikoyatlarini to‘kib solsin? Prezidentdan boshlanib kelganda mahalladagi serjantgacha bu kambag‘al qulvachchaning arz-dodini tinglaydigan amaldor yoki organ bormi o‘zi!?

Axir xazrati insonga halol mehnatiga tegishli maoshlarini mo‘l-ko‘l va o‘z vaqtida berib ularning bola chaqasining oldida rohat qilib yashaydigan kunlarni kutish uchun Karimovdan yana qancha yillar insof tilaymiz? U kishida xalq uchun insofdan bir gram ham yo‘q ekaniga 20 yil badalida zarracha ishonch hosil qilgandirsiz, xammasi etarlicha bo‘ldi, kami qolmadi.

Endi Karimovning xalq oldidagi uning yolg‘onlarini, uning bu xalqqa o‘n marta etib ortadigan gaz va svetlarni bermay qiynaganlari va boshqa ayblarigina emas, uning og‘ir jinoyatlarini yozaversangiz yana ochilib kelaveradi, ular tamom bo‘lmaydi.

Xo‘sh nima qilish kerak? Oldinda yana chidash va sabr toqatga bir qarich ham o‘rin qolmadi. Endi tavakkal emas, aniq va katta ishonch bilan kurashib, xalq bir xarakat qilib oyoqqa tursa, xech qanday kuch uni to‘xtatolmaydi!

Shuncha yig‘ladik bas, etar!

Ko‘zlarimizdan oqqan yoshga daryolar to‘ldi, buncha sabr va toqatni qaerdan olding ey xalqim! Sen baravar va birdaniga qo‘zg‘oladigan zamon keldi! Ho‘o‘ birodar arablardan qaering, o‘qigan nomozing kammi? Ey, o‘z dushmaningni yurtboshi deb boshingga ko‘targan nodon millat! Qo‘zg‘ol endi, oldinda demokratiya va ozodlik! Axir intilganga tole’ yor-ku birodar!

http://yangidunyo.com/?p=18517

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: