Oyoq osti bo‘lgan Konstitutsiya – O’XH


O‘zbekiston Xalq Harakati

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 92-modda. Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi: “O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.

I.A. Karimov o‘tgan yigirma yil mobaynida uchinchi bor qasamyod qabul qilib, prezidentlik lavozimiga o‘tirdi. Uchinchi bor u “O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga” va’da berdi.

Uchinchi bor qasamyod qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ochiqdan-ochiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oyoq osti qildi, uni qo‘pol ravishda buzdi: 90-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan etti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi. (O‘zR 24.04.2003 y. 470-II-son Qonuni tahriridagi modda).

O‘zbekiston xalqi o‘z Konstitutsiyasini:

inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib,

hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda,

o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib,

demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib,

xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda,

respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib,

insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab,

fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida,

o‘zining muxtor vakillari siymosida qabul qilgan.

12-modda. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas.

Yigirma yil muqaddam I.A. Karimov va uning xukumati O‘zbekiston xalqiga “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat!” shiori ostida Mustaqillik g‘oyasini olib keldi. Mana shu yigirma yil ichida Mustaqillik g‘oyasi davlat mafkurasiga aylantirildi, qolgan barcha fikr va g‘oyalarni siqib chiqardi, ularni noqonuniy deb e’lon qildi. O‘zga fikr, o‘zga mafkura egalari va tarafdorlarini “diniy ekstremist, aqidaparast” deb atadi va noqonuniy ravishda ta’qib etdi va ta’qib etib kelmoqda.

Bugunda O‘zbekistonda mavjud barcha siyosiy institutlar – siyosiy partiyalar xukmron mafkuraning mahsulidir. Jumladan, “Fidokorlar” demokratik partiyasi, hamda O‘zbekiston tadbirkorlari liberal-demokratik partiyalari shaxsan Prezidentning bevosita ishtirokida tashkil etilgani xech kimga sir emas. “Erk” demokratik partiyasi, “Birlik” xalq xarakati va boshqa mustaqil siyosiy va ijtimoiy xarakatlar esa qatag‘onga uchrab, siyosiy muxojirlikda faoliyat yuritishga majbur bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan oladi. Ammo, yigirma yildan beri kuch va terror bilan mamlakatni boshqarib kelayotgan I.A. Karimov va uning mafkurasi, O‘zbekiston fuqarolarining barcha huquqlari va erkinliklarini mensimay, poymol qildi, jamiyatni zulm va qo‘rquv iskanjasida ushlab keldi.

Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Deklaratsiya) 4-moddasi “Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas” deb belgilanganiga qaramay, O‘zbekiston fuqarolari hali-xanuz erksiz holatda yashab kelmoqdalar. Na Prezident, na qonun, na ijroiya, na sud xokimiyati fuqarolarning haq-huquqlarini ximoya qilishni zimmasiga olmagan. O‘zbekiston fuqarolari o‘z haq-huquqlarini talab qilib, na mahalliy sud idoralariga murojaat eta oladi, na xalqaro tashkilotlarga.

Deklaratsiyaning 5-moddasi “Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo‘rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak” deb belgilangan. Deklaratsiyaning 9-moddasi “Hech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvg‘in qilinishi mumkin emas”. Bugun O‘zbekistonda har qanday o‘zga fikr egasi asossiz ravishda ushlanmoqda, jazoga tortilmoqda. Huquq ximoyachilari, muxolifat vakillari, mustaqil jurnalistlar … Bu ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin. Islom diniga e’tiqod qiluvchi musulmonlar ayniqsa juda qattiq aziyat chekmoqdalar. O‘nlab huquq ximoyachilari, muxolifat vakillari va minglab mo‘min-musulmonlar asossiz ravishda turmalarga tashlanmoqdalar, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilmoqdalar. O‘zbekiston turmalarida ommaviy ravishda qiynoqlarning qo‘llanishi, ana shu qiynoqlar tufayli, jazo muddatini o‘tayotganlar orasida o‘lim xolatlarining yuzaga kelishi, inson xayoti va uning qadr-qimmati oyoq osti bo‘layotgani, toptalayotgani bugun hammaga ayon. Bu faktlarni xalqaro tashkilotlar, nufuzli ommaviy axborot vositalari, davlatlar ham baralla oshkor qilmoqdalar.

Deklaratsiyaning 2-moddasi “Har bir inson irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar ushbu Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va barcha erkinlikka ega bo‘lishi zarur” ligini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti esa, o‘z lavozimiga kirishishdan oldin “fuqarolarning barcha huquq va erkinliklariga kafolat berishga” qasamyod qiladi. Afsuski, bugungi kunda O‘zbekistonning amaldagi Prezidenti o‘z fuqarolarining barcha huquq va barcha erkinliklarini kafolatlay olmadi. O‘zbekistonda ommaviy ravishda haq-huquqlarning buzilishi, fuqarolarning erkin yashashi va mehnat qilishiga imkon berilmasligi, shaxsiy daxlsizligi ta’minlanmaganligi (Deklaratsiyaning 3-moddasi) va boshqa holatlar, O‘zbekiston Prezidenti o‘z qasamini buzganligi, asosiy vazifalaridan birini bajara olmaganligini isbotlaydi.

http://www.facebook.com/media/set/fbx/?set=a.220168131329990.71416.220142244665912

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: