O‘zbekiston xukumatiga, uning organlariga, mansabdor shaxslarga va xodimlarga Talab va Tavsiyalar – O’XH


26.04.2011

O‘zbekiston Xalq Harakati

O‘zbekiston xukumatini va uning organlarini,  mutasaddi tashkilotlar  boshliqlari va xodimlarini, o‘z vazifalarini to‘g‘ri  ado etishlarini talab qilamiz.

«O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilab berilgan, qonun ustivorligini ta’minlang!!!».

O‘zb. Res. Konstitutsiyasi. 15-modda.

O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar.

Mana 20 yildan oshibdiki O‘zbekiston Mutassaddilari, oddiy xalqni emas, fakat bir nechta odamni manfaatini ximoya qilib kelmokda.  Mavjud mustabid tuzumning qurboni bo‘lishdan qo‘rqib, O‘zbekistondagi xukumatning eng yuqori tabaqalaridan tortib, eng quyi o‘rinlaridagi  davlat organlari  va tashkilotlar xodimlari o‘zlarining asl vazifalari bo‘lmish xalqiga xizmat qilishni unutib, shaxslarga sig‘inish bilan, oddiy xalqni o‘ylamay qo‘ygan. Yurtimiz bo‘ylab bir fikr ostida jamlangan yuzlab fuqarolik jamiyatlari va minglab erkin fikrlagan shaxslar ayovsiz ta’qib va ta’zyiqlarga uchragan. Millionlab xalqimiz vakillari, adolatsiz ijtimoiy va iqtisodiy tizimdan bezor bo‘lib, o‘zga yurtlarda darbadar kezmoqda.

O‘zbekiston Konstitutsiyasini surunkali buzayotgan O‘zbek Xukumatiga joylashib olgan tuban shaxslarni  ximoya qilaman, deb  begunox Xalq vakillarini, fuqarolarni tuxmat ayblovlar bilan qamab, qiynoqlarga solishni bas qiling!

Nafsingiz kuyiga kirib xalqning mulkini talashni to‘xtating! Millatimiz Or nomusi va kadriyatlarini toptashdan ogox bo‘ling!

Bugun O‘zbekistonda zolim diktator Islom Karimov tuzumiga qarshi fuqaroviy bo‘ysunmaslik xarakati boshlandi. O‘zbekistonning barcha joylarida ana shu ulkan amaliyotga xalqni safarbar qilish xarakatlari ketmoqda. Endi bu jarayonni to‘htatib qolishning imkoni yo‘q. Xech qanday kuch buyuk xalqning ulkan orzu-umidlariga to‘g‘anoq bo‘lolmaydi. Belgilangan kunda butun O‘zbekiston bo‘ylab, bir vaqtda fuqaroviy bo‘ysunmaslik tadbirlari o‘tkaziladi. Ana shu kunda xalq bilan birga bo‘ling! Rejimning kuni bitdi. Endi kimki shundan keyin bu qattol rejimni qo‘llab-quvvatlasa, u muaqqakki, mag‘lubiyat alamini totgay!

O‘z. Res. Konstitutsiyasi. 2-modda.

Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.

Buysunmaslik xarakatlaridan keyin Xalq manfaatlariga xizmat qilish o‘rniga, xalqqa ozor va a’ziyatlar etkazishga majbur qilganlar, albatta ma’suliyati ustida so‘raladilar. Xamda «Insoniyatga Karshi Jinoyati Uchun» moddasi bilan Sud qilinadilar.

Ammo majbur qilinganlar, o‘z xatolarini tan olishlari, zolimga xizmat qilishdan to‘xtashlari va xalo‘ tomoniga o‘tishlari, ularga xech kanday ziyon zaxmat etkazmaydi.

Shu sababli, sizlarni O‘zbekiston xalq xarakatini qo‘llashga, unga a’zo bo‘lishga va xalqimiz baxti-saodati uchun kurashishga chaqiramiz! Bitsin diktatura!

Yashasin hur va ozod O‘zbekiston!

O‘ZBEKISTON XALQ HARAKATI

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: