MUHAMMAD SOLIH KIM O’ZI?! – Abdullo Abduqodir


Quyida Abdulla Abduqodir aka, Abulqosim Mamarasulovning Yusuf Rasulga bergan muloqotiga qoldirgan izoh bilan tanishasiz.  Abdulla Abduqodir aka umringizdan baraka toping. Tezroq yozib turing.  

=1=

1994 yili bir qancha “ERK” faollari qatori meni ham IIV (Ichki Ishlar Vazirligi) erto’lasiga qamadilar. Tergovchilar menga universitet rektorligidan boshlab, maorif vazirigacha bo’lgan lavozimlardan birini tanlab olishim mumkinligini aytishdi. –”Evaziga prezidentga laganbardor bo’lib yurishim kerakmi?” — so’radim men.

–”Yo’q, aslo. Bizga sizning hozirgi dadilligingiz kerak va biz uni qadrlaymiz. Istagan lavozimingizda ishlab, istagan odamingizni, (shu jumladan, hatto Karimovni ham) odob doirasida tanqid qilib yraverasiz. Biz u kishidan bunga izn oldik. Chunki bu narsa odamlarning ishonchini qozonishingiz uchun juda muhim. Shuncha sahovatlar evaziga sizdan juda arzimagan bir xizmat talab etiladi. Hal qiluvchi damlarda bitta arzimagan odamni qoralash xolos”.

— “Kim ekan o’sha arzimagan odam?!”

— “Bilib turib, o’zingizni bilmaslikka olmang! Bu osha hech narsaga arzimaydigan Muhammad Solih!”

Men o’sha arzimagan odamni qoralashga rozi bo’lmaganim uchun qamaldim.

Ular mendan A. Mamarasulov, A. Mahmudovlar toifasidagi “arslon” yasashlariga unamadim.

Muhammad Solih menga o’xshagan ancha muncha begunoh odamlarning qamalishiga “sababchi” bo’lgan mana shunday bir “arzimagan” odam. Yana shuningdek, uni qoralashga rozi bo’lganlari uchun, ancha muncha arzimagan odamlarning katta-katta amallarga minishiga ham sababchi bo’lgan “arzimagan” bir odam u.

=2=

Karimov Muhammad Solihni jisman yo’q qilish uchun uning boshiga bor yo’g’i 2 million dollar tikkan. Boshqa biron bir muholifatchiga shuni ham lozim ko’rmagan qurumsoq!

=3=

Bir necha yil avval interpol Muhammad Solihni Pragada xibsga olganida, u yoqdan o’zbek generallari, bu yoqdan norveg generallari Pragaga etib kelishdi. Interpol o’zbek generallarining yonini olganiga qaramay, bu “jangda” Norvegiya generallarining qo’li baland kelib, M. Solihni ozlari bilan xarbiy uchoqda Norvegiyaga olib keldilar.

Karimov M. Solihni qo’lga kiritish uchun Pragaga qo’shin jo’natishi kerak edi. Lekin u bunday qilmadi. M. Solih bunga arzimaydi dedi. Bor-yo’g’i to’rtta general jo’natdi. Chunki, M. Solih bundan ortig’iga arzimaydigan odam.

=4=

O’tgan yili M. Solih faoliyatiga oid “Qurolsiz kishining ozodligi” filmi K+ TVsi orqali namoyish etilayotgandi, Karimov katta mablag’ sarflab, kosmosdan uzatilayotgan to’lqinning yo’lini to’sishga muvaffaq bo’ldi. Avvaliga O’zbekiston generallari to’lqin uzatayotgan kosmik kemani portlatib yuborishni taklif etishdi, lekin Karimov buhga unamadi. M. Solih bunga arzimaydi dedi.

=5=

Norasmiy ma’lumotlarga ko’ra I. Karimov bugun M. Solihga qarshi professional provakatchion maqolalar tayyorlash uchun 30 ta “iste’dodli” ijodkorlarni; izohlar yozish uchun qo’shimcha 100 ta Londonbeylarni yollabdi. MXXning provakatorlar sonini yanada oshirish haqidagi taklifini Karimov hozircha qabul qilmabdi. M. Solih bundan ortig’iga arzimaydi, debdi u. Lekin, chet ellardan ham, ayniqsa, Isroildan ba’zi yozuvchilarni yollash haqida hufyona ko’rsatma berganligi to’g’risida tasdiqlanmagan ma’lumotlar bor.

=6=

Abulqosim Mamarasulov Muhammad Solihni buzg’unchilikda ayblab yozadi: …”Yozuvchilar uyushmasini ikkiga bo’lib yubordi. “Birlik”ni ham bo’lib yubordi. Keyin huddi shu taxlit Oliy Majlisni ham ikkiga bo’lishga urindi. Ana shunaqa g’irt buzg’unchi bu Muhammad Solih!”

Tan olish kerak, yozuvchilar uyushmasini “Birlik”ni ikkiga bo’lib yubordi; Oliy Majlisni ham ikkiga bo’lishga urindi deganda tanqidchi yuz foiz haq. Lekin, Muhammad Solihning eng buyuk tarixiy xizmatlari uning mana shu “buzg’unchi”ligida ekaniga fahmi etmagan odam qaysi yuz bilan yozuvchilik mandatini ko’tarib yurganiga hayron qoladi odam! Chunki, Muhammad Solihning Yozuvchilar uyushmasidagi “buzg’unchi”ligiga qadar, uyushmadagi hamma yozuvchilar o’zini “KPSSning soldati, ya’ni, yuqorining otgan o’qi” deb xisoblar va xatto bundan faxrlanar edi. Muhammad Solih yozuvchilar qamalgan ana shu chirigan qafasni chindan ham buzdi. Lekin, yozyvchilarning bir qismi Solihga ergashib, qafasdan ciqdi; bir qismi esa kishanlarga sig’inib, eski qafaslrida qoldilar va ularning ancha munchasi hali ham tark etganlari yo’q o’sha chirigan qafaslarini. Ikkiga bo’linish mana shunday sodir bo’lgan, aslida buyuk bir uyg’onish edi. Bu vaqtda na faqat Yozuvchilar uyushmasida, Solihcilar ta’sirida butun boshli xalqimiz orasida ham sodir bo’layotgandi bunday buyuk bo’linish. Bu jarayon ayniqsa natijasi soxtalashtirilgan referendium vaqtida yaqqol ko’zga tashlandi. Yaxshi eslayman. Karimovning topshirig’i bilan akademik Erkin Yusupov televidenie orqali ikki soat davomida “Bo’linganni bo’ri er” deb, Rossiyadan ajralmaslikni targ’ib qildi. Biz domlalarga ana shu ma’ruza asosida “Ittifoq shartnomasi”ni ma’qullab dars o’tish vazifasi yuklatildi. Men esa Solihning ta’sirida “buzg’unchilik” bilan shug’ullandimda, shoir bo’lmasam ham, mana bu misra’larni yozib, “Erk” gazetasida e’lon qildim:

Mustaqillik borasida berarkan ta’lim,

“Bo’linganni bo’ri er” deb vaz o’qir olim.

Vo ajabo!.. bo’lib, bo’lib yuz yildan beri

Turkiy elim, yemoqdaku seni och bo’ri!

Shu bo’ridan ayrilma deb aytgani uchun

Ziyolidan ranjimagin, sen unga achin!

Ziyolining milliy ruhi o’ldirilgandir,

Zim-ziyo tun bilan o’rni to’ldirilgandir.

Ta’magirlar ma’qul degan shartnomaga boq!

Suveren deb aytganlari bo’lgaymi shundoq?!

O’z elingda xujjat o’zga tilda bitilsa;

Oltinlaring avvalgidek tashib ketilsa;

Paxtangni ham, pillangni ham o’rislar sotsa!

Erk berdik deb, tag’in ta’na toshlarin otsa!

Nomzodlaring ovoz bersa topib bir vajin,

Shu hujjatga imzo cheksa, Shohinga achin!

Chunki, Shohing milliy ruhdan mahrum etilgan!

Nomzodlaring o’rislarga mahram etilgan!

Sen xalqim deb, topinganing — mute olomon

Mehr qo’yib, kishanlarga sig’insa hamon;

Dutor, tanbur, nay yo’qotib o’z mavqeini;

To’ylaringni bosib ketsa jaz, rokk shovqini;

Xalqing singan qafaslardan chiqmayman desa;

Tinchim buzma, choldevorni yiqmayman desa;

Najot tilab, o’rislarga yozsa qulochin,

Sen xalqingdan ranjimagin, xalqinga achin!

Chunki xalqing mutelikka ko’ndirilgandir,

Milliy ruhi toptab… toptab, so’ndirilgandir!

Vaho kazo…

Ha! Buyuk “buzg’unchilik”, buyuk uyg’onish oson kechmagandi.

Endi, Muhammad Solihning Oliy Majlisni ham ikkiga bo’lishga urinishi masalasiga kelsak, bu urinishning eng katta natijasi “Mustaqillik Deklarachiyasi”ning qabul qilinishi bo’ldi. Bunga o’shanda Karimov qanchalik qarshilik qilganini voqeaning guvohi bo’lganlar yaxshi eslashadi. Karimov qo’rqib ketdi. Keyinchalik ham o’zining Mustaqillik Deklarachiyasiga qarshi bo’lganini ko’p marta takrorladi. Putcha vaqtida Yanaevni maqtab, Gorbachevni qoraladi. Uch kun ichida Yanaev qulab, Gorbachev yana taxtga o’tirgach, darg’azab bo’lib, Karimovni Kremlga chaqirdi. Qamalishi, juda bo’lmaganda ishdan olinishi mumkinligidan qo’rqib ketgan Karimov; mustaqillikka qarshi bo’lgan Karimov Muhammad Solihga “paxta qo’yib”, ikkinchi bor O’zbekiston mustaqilligini e’lon qildi. Ya’ni, Solih Karimovga sotilgani yo’q, aksincha, jonini qutqarish va amalini saqlab qolish ilinjida Karimov Solihga sotildi. Tilidan bol tomib, har kuni “ERK”ni maqtadi. Cho’lponning “Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir” misra’larini har kuni takrorlaydigan odat chiqardi. O’zini o’nglab olgach esa, bergan va’dalariga hiyonat qildi. Agar Oliy Majlisni “ikkiga bo’lishga urinish” bo’lmaganida, har qancha do’ppisi tor kelganida ham, Ozbekiston mustaqilligini e’lon qilish fikri Karimovning tushiga ham kirmagan bo’lardi. Chunki, u Mustaqillik Deklarachiyasini ancha vaqtgacha tassavuriga sig’dirolmay yurgani voqea guvohlariga yaxshi ma’lum.

Endi “Birlikni ham bo’lib yuborgani” masalasiga kelsak, “Birlik”ning rahbari: “Avval demokratiya, keyin mustaqillik” degan goyani ko’tardi. U bugun ham o’zining shu g’oyasiga sodiq. Muhammad Solih esa: “Avval mustaqillik, keyin demokratiya” degan g’oyani baland ko’tardi va har qancha og’ir bo’lmasin, bugun ham shu fikriga sodiqdir u. Bir – biriga tamomila qarama- qarshi bo’lgan bu ikki g’oyaning bitta harakat ichida yashashi mutlaqo mumkin emasdi. “Birlik”ni mutlaqo Muhammad Solih emas, mustaqillik g’oyasi ikkiga bo’ldi va bu bo’linish ham foydali buyuk bir tarixiy voqea bo’ldi. Chunki, agar ana shu buyuk tarixiy voqea bo’lmaganida, na raislikdan va na “Avval demokratiya, keyin mustaqillik” g’oyasidan voz kechmagan A. Po’latovga ergashib, barcha muholifatchilar birlashib, mustaqillikka qarshi kurashishimizga to’g’ri kelardi. Bunisidan yaxshi hamki, ALLOHning irodasi bilan ana o’sha buyuk bo’linish saqladi bizni.

=7=

Endi A Mamarasulovning: “Muxolifatchilar g’arbning grantiga ko’z tikib o’tirishaveradi. Shu yo’l bilan bola-chaqa boqishni o’zlariga kasb qilib olishgan. Chunki ular biron joyda rasman ishlab, atrofiga foyda keltirib, daromad qilishga, ish haqqi olishga o’rganishmagan. Ularning o’rgangani – G’arb granti” degan da’vosiga kelsak, bu ochiqdan ochiq shallaqilik, qipqizil tuhmat va asossiz bir haqoratdan boshqa narsa emas. Men bilgan, tanigan deyarli barcha muholifatchilar davlat idoralarida, korhona va turli fermalarda maosh olib mehnat qilishyapti. Ularning asosiy ko’pchiligi menga o’xshab, grant nima ekani haqida Abulqosimchalik tassavurga ega emaslar. Karimov zulmi tufayli auditoriyamdan mosuvo bo’lib, bu yoqlarga kelgach, keksaligim tufayli tilni kasbim darajasida o’rganishga ham; o’zimga munosib ish topishga ham bir oz qiynaldim. Nafaqahor bolib yashashga hijolat bo’ldim. Cunki, umrim bo’yi soliqni by erda emas, O’zbekiston xazinasiga to’laganman. “Intilganga tole yor” deb, umrimda qilmagan ishim, toshlardan devorlar, zinalar qurish bilan shug’ullana boshladim. Yoshim 67 dan oshdi. Mijozlarim ishimning har kvadrat metriga 500 dollar miqdorida haq to’lashyapti. Hozirgacha bu davlatning xazinasiga ham to’lab qoygan solig’im ikki yuz ming dollar miqdoridan oshdi. ALLOHga shukur, endi unchalik hijolat bo’lmay, qarilik nafaqasiga o’tsam bo’lar deb o’ylayapman hozir. Chunki, uch-to’rt xil hastalik ustiga endi qantli diabet degani ham qoshilibdi. Muhammad Solihning rafiqasi Oydin Solihni kuchli tabib deb eshitgandim. Dardimga chora izlab, huzuriga bordim. Qabuliga kirish uchun 4 soat navbatda turdim. –”Men tabibning tanishi bo’laman” – deb, navbatsiz kirishga urinishlarim behuda ketdi. –”Tabib Oydin Solihni kim tanimaydi?! Demak biz hammamiz tanishi bo’lamiz bu tabib honimni” — deyishdi turk birodarlarim buyuk mehr bilan. Bu mijozlarning aytishicha, bemorlar Oydin solihdan yuz foiz shifo topishayotgan emish. Muhammad Solihning o’zi esa ijod bilan qattiq band. Ijod ahli esa Turkiyada yaxshi qadrlanadi. Qalam xaqqisi ham shunga yarasha yuqori bo’ladi. Ey ichi qora birodarim! Mehnat qilib, odamlarga nafi tegib yashash bundan ortiq bo’ladimi?! Biz muholifatchilarning saytlarida sizga pishirib qo’yibdimi?! Bizga bo’htonlar yog’dirib, bunchalar past ketib, fisqi fasod qilishga nima majbur qilyapti sizni?!

=8=

Muhammad Solihni o’zicha keng ko’lamli taxlil qilishga uringan Abulqosim Mamarasulovning ijodi haqida ham to’xtalib, yozadi: “M. Solih shoir sifatida ham mashhur emas edi. Uning she’rlarini kitobhonku kitobhon, xatto tanqidchilar, adabiyotshunoslar ham tushunmasdi”.

Men bu fikrlarni Solih ijodiga bir maqtov sifatida qabul qilaman. Chunki, Solihni Abulqosimga o’xshaganlar ham tushunaversa agar, Solihning she’rlari o’ziga hosligini yo’qotgan, saviyasi pastlagan bo’lur edi. Butinicha olganda, chindan ham, Solihning se’rlari u qadar ommabop emas. Uning she’rlari saviyasi yuqori odamlar uchun mo’ljallab yozilgan va bunday ijod namunalari jahon adabiyotida nihoyatda qadrlanadi, rangba-ranglikni oshiradi.

Men “tuhum qilishni bilmasam ham, quymoqning mazasini uncha-muncha tovuqdan yaxshiroq tushunsam kerak” deb oylayman. Solihning ijodi bilan ham, Abulqosimning ijodi bilan ham tanishman. Ko’nglim buyurganini ochiqchasiga aytsam, Abulqosimning hamma yozganlarini Solihning bir band she’riga alishmayman. Masalan, xatto mana bu qofiyasiz, vaznsiz, shaklan yalang’och, mazmunan hijobli she’riga ham:

“Bitsin boylar!” – dedik, boylar bitdi.

“Yashasin yo’qsillar!” – dedik, yo’qsillar yashayapti.

yoki:

Agar hech kim meni erga urmasa,

Ko’kka qanday sakray olardim.

(shu ma’noda, bunday erga urishlarni Solih o’zi uchun foydali deb xisoblaydi).

yoki:

“Egilgan boshni qilich kesmaydi”, chunki

egilgan Abulqosimlar boshini kesishdan hatto qilich ham hazar qiladi.

yoki:

“Zamon senga boqmasa,

Sen ham boqma zamonga!”

Bir lahzada yaxshi noming

Chiqsa hamki, yomonga!

Yoki mana bu satrlari bugungi da’vat uchun 20 yil oldin yozilgandek:

Hammasini ko’rib, jim tursang yurak,

Hammasiga chidab, aylansang toshga,

Nima toshsin axir, daryodan bo’lak,

Nima qimirlasin shu erdan boshqa?!

Mana bu satrlarni esa 27 yil avval Gdlyan va Ivanovlarga qarshi zarracha cho’chimay, dadil yozilgan “Adashganlar qo’shig’i” she’ridan oldik:

Qarg’algan millatning qozisi – fosih,

Olimi – savdogar, ilm sotib yashar!

Abulqosimlari aqldan ozib,

I.A.K.dan mukofot olmoqqa shoshar!

http://yangidunyo.com/?p=18492

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: