Bugungi kunda O‘zbekistondagi holat o‘ta ayanchli… – O’XH


O‘zbekiston Xalq Harakati

Yovuz rejim tomonidan minglab oddiy insonlar o‘zlarining siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodlari tufayli qamoqqa olinib, zo‘rlanib, ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan qiynoqlarga solinmoqda. Maxbuslar qiynoqdan jon taslim qilmoqda. Boz ustiga muddati tugaganlarga yolg‘on ayblovlar bilan muddat qo‘shilmoqda. Bunday qabihlikdan ularning yaqin qarindoshlari, farzandlari g‘azab o‘tida yonib, alamzada!

Ozgina bo‘lsada halqqa qayishgan katta sarmoya egalari sindirilib, xayolga kelmagan jinoyatlarda ayblanib, qamalmoqda.Ular va oilalari alamzada!

Millionlab o‘zbek halqi pul topib oila boqish maqsadida o‘zga yurtlarda darbadar, sarson sargardon, qul bo‘lib qolib ketmoqda. O‘zga yurtlardan jonsiz jasadlari qaytmoqda. Ularning oilalari Karimov rejimining bepisand, ayovsiz siyosatidan norozi, ular ham alamzada!

Eng ajablanarlisi, rejimning strukturalarida jonbozlik ko‘rsatib kelgan  mutasaddi shaxslarning, ana shu jirkanch rejimning qurboniga aylanishidir. Rejim o‘zi tushib qolgan tuzoqdan qutulish uchun biron a’zosini tishlab, g‘ajib uzib tashlashligi o‘ta vahshiylikdir. Oqibatda, Rejimga nisbatan na halqda va na davlat strukturalarida faoliyat yurgizuvchi quyi va yuqori organlarda umid, ishonch qolmagan. Mustabid tuzumning vahshiyona siyosatidan barchalari birdek alamzada!

Shubha yo‘qki, alamzada halqning sabr kosasi to‘lib bo‘lgan va toshish arafasida. Agar bu holat yuz bersa, butun  O‘zbekiston g‘azab ummoniga g‘arq bo‘lishi aniq.

Bunday ofatdan saqlanishning yagona yo‘li oldindan halq boshini birlashtirishdir. Chunki, Halq g‘azab otiga mingandan so‘ng uni jilovlash amru mahol.

Bugun, O‘zbekistonda halq g‘amiga sherik bo‘lib, dardiga malham bo‘la oladigan, kelajakda yuksak cho‘qqilarga elta oladigan harakat mavjud.

Bu “O‘zbekiston Xalq Harakati” dir!

Bu harakatga qo‘shilish har bir adolatparvar, vatanparvar  insonning burchidir!

O’XH

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: