O’zbekiston Xalq Harakati


BARCHA DAVLAT ORGANLARI RAHBARLARI VA MUTASSADI XODIMLARIGA! DAVLAT TASHKILOTLARI, MUASSASALARI, AGENTLIKLAR RAHBARLARI XODIMLARIGA
25 Nisan 2011 Pazartesi
Yovuz rejim tomonidan minglab oddiy insonlar o‘zlarining siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodlari tufayli qamoqqa olinib, zo‘rlanib, ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan qiynoqlarga solinmoqda. Maxbuslar qiynoqdan jon taslim qilmoqda. Boz ustiga muddati tugaganlarga yolg‘on ayblovlar bilan muddat qo‘shilmoqda. Bunday qabihlikdan ularning yaqin qarindoshlari, farzandlari g‘azab o‘tida yonib, alamzada!

Ozgina bo‘lsada halqqa qayishgan katta sarmoya egalari sindirilib, xayolga kelmagan jinoyatlarda ayblanib, qamalmoqda.Ular va oilalari alamzada!

Millionlab o‘zbek halqi pul topib oila boqish maqsadida o‘zga yurtlarda darbadar, sarson sargardon, qul bo‘lib qolib ketmoqda. O‘zga yurtlardan jonsiz jasadlari qaytmoqda. Ularning oilalari Karimov rejimining bepisand, ayovsiz siyosatidan norozi, ular ham alamzada!

Eng ajablanarlisi, rejimning strukturalarida jonbozlik ko‘rsatib kelgan  mutasaddi shaxslarning, ana shu jirkanch rejimning qurboniga aylanishidir. Rejim o‘zi tushib qolgan tuzoqdan qutulish uchun biron a’zosini tishlab, g‘ajib uzib tashlashligi o‘ta vahshiylikdir. Oqibatda, Rejimga nisbatan na halqda va na davlat strukturalarida faoliyat yurgizuvchi quyi va yuqori organlarda umid, ishonch qolmagan. Mustabid tuzumning vahshiyona siyosatidan barchalari birdek alamzada!

Shubha yo‘qki, alamzada halqning sabr kosasi to‘lib bo‘lgan va toshish arafasida. Agar bu holat yuz bersa, butun  O‘zbekiston g‘azab ummoniga g‘arq bo‘lishi aniq.

Siz ham mana shu yurtning farzandlarisiz! Siz ham mana shu Ona Zaminning suvini ichgan, non-tuzini tatigan millatning, elning vakillarisiz! Bugun qabih tuzumning olib borayotgan zolim siyosatidan yuz o‘girish vaqti keldi. Yuzingizni xalq tomon buring! O‘zbekiston xalqining, millatning taqdiri, kelajagi xal bo‘layotgan muxim damlarda xalqingiz bilan birga bo‘ling! Xalqni qo‘llab-quvvatlang!

Shiroq, To‘maris, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi xalq qahramonlari, buyuk jangchi va sarkardalarni etishtirgan millat tarafiga o‘ting! Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Ulug‘bek kabi dong‘i olamni tutgan olimlari bor xalqning xizmatida bo‘ling! Alisher Navoiy, Bobur, Furqat, Muqimiy kabi buyuk shoirlar yurti bo‘lgan O‘zbekiston kelajagi uchun o‘z xissangizni qo‘shing!

Bugun O‘zbekistonda zolim diktator Islom Karimov tuzumiga qarshi fuqaroviy bo‘ysunmaslik xarakati boshlandi. O‘zbekistonning barcha joylarida ana ulkan amaliyotga xalqni safarbar qilish xarakatlari ketmoqda. Endi bu jarayonni to‘htatib qolishning imkoni yo‘q. Xech qanday kuch buyuk xalqning ulkan orzu-umidlariga to‘g‘anoq bo‘lolmaydi. Belgilangan kunda butun O‘zbekiston bo‘ylab, bir vaqtda fuqaroviy bo‘ysunmaslik tadbirlari o‘tkaziladi. Ana shu kunda xalq bilan birga bo‘ling! Rejimning kuni bitdi. Endi kimki shundan keyin bu qattol rejimni qo‘llab-quvvatlasa, u muaqqakki, mag‘lubiyat alamini totgay!

Shu sababli, sizlarni O‘zbekiston xalq xarakatini qo‘llashga, unga a’zo bo‘lishga va xalqimiz baxti-saodati uchun kurashga chaqiramiz! Bitsin diktatura! Yashasin hur va ozod O‘zbekiston!

O‘ZBEKISTON XALQ XARAKATI

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: