Inson o‘z niyatining aks=tasviridir – turkiston.tv


O‘zbekiston Xalq Harakati feysbukda e’lon qilinganiga bor-yo‘g‘i 10 kun bo‘ldi, ammo uning saflariga qo‘shilgan yoki qo‘shilishni istaganlar soni 900 tadan oshdi. Bu hali qurilib bitmagan tashkilot atrofidagi kutilmagan shov-shuv O‘zbekiston rejiminigini emas, muxolifatga g‘ayirlik tuyib kelayotgan davralarni ham sarosimaga solib qo‘ydi.

Karimov rejimining muxolifatga nafrati tabiiy ko‘rinsa-da, o‘zlarini rejim muxolifi sanagan g‘ayuyurlar guruhidagi nafratning ijtimoiy ildizlarini topish unchalik oson emas. Har holda, buni 1980-nchi yillarning oxirida yurtimizda yuz bergan siyosiy o‘zgarishlar zaminidan axtarish lozim.

Lekin maqolamizning vazifasi bu emas. Vazifa shu kechgan 20 yil ichida jamiyatimiz naqadar teran bir degradatsiyaga, chirishga yuz tutganini qisqa e’tirof etish va bu iddaoni bir necha konkret misol bilan tasbit etishdir.

Bundan bir yil avval eski do‘stim rassom Islom(Vyacheslav)Oxunov bilan Ovrupada uchrashib, yurtimizdagi ahvolni tahlil etarkanmiz, rassom insonlar nihoyatda buzilib borayotgani, oralarida bir-biriga ishonch tamoman yo‘q bo‘lib borayotgani va butun mamlakat uzra bir jinnat atmosferasi hokim ekanini gapirdi.

– Tasavvur qil, bizning mahallada 70 yillarda bitta jinni bor edi, bugun jinnilar soni ettita! O‘lkamiz sotsial psixologiyani tadqiq etuvchilar uchun yaxshi laboratoriya bo‘lib qoldi,- dedi u.

Imom Gazzoliy hazratlari shunday deydi:Agar bir cho‘qqidan pastga qarab bir shaffof suv oqsa, pastdagi loyqa irmoq ham shaffoflashadi. Agar cho‘qqidan iflos suv oqsa, pastdagi shaffof suv ham ifloslashadi.

Bugun Karimov o‘tirgan tepadan faqir-fuqoro vodiysiga oqayotgan suv – iflosdir. Pastdagilar ham bu ifloslikdan o‘z nasibini olmoqdalar. Hatto biz munavvar deb suygan, ziyoli deb alqagan jamoat ham bu ifloslikdan o‘zini etarli darajda himoya etaolmagan ko‘rinadi.Yuz berayotgan halokat ma’naviy halokatdir.Ziyoli deganimiz kishidan ziyo o‘rniga halokatli radiatsiya nurlari taralmoqda bugun.

Inson o‘z niyatining aks=tasviridir.

Bu ruhiy haqiqat O‘zbekiston Xalq Harakatiga bo‘lgan munosabatlar misolida juda yaqqol ko‘rindi.

Bir ziyoli deb o‘ylab yurganimiz kishi Harakat tashabuschilarini nega bu harakatni boshlaganlarini so‘roqqa tutib, ularni Milliy Xavfsizlik Xizmatining loyihasini amalga oshirishda, xatto MXXning qo‘g‘irchoqligida ayblaydi.Ayblarkan,insofsizlarcha, hech bir dalilsiz, isbotsiz, dabdurustdan, hayosizlarcha ayblaydi.

O‘zbekiston Xalq Harakatiga hamma ishonishi kerakmi? Yo‘q, albatta. Kuni kecha Ozodlik radiosida O‘zbekiston Xalq Harakati haqda munozara bo‘ldi, uni qo‘llaganlar orasida unga ishonmaganlar ham bor edi. Masalan, juda hurmat qilganimiz shoira Gulchehra Nurilloh opamiz harakatning amalga oshirilishi mavjud sharoitda juda qiyin, dedi va buni ziyoliga xos noziklik bilan aytdi, harakatni MXX ning loyihasi demadi. Uning ifodasi tarzi bilan yukoridagi kishi ifodasi orasida katta farq bor, bu – niyat farqidir.Opa yaxshi niyatli insonlardan edi.

Abu Jahl bir kuni Paygambarimiz (sav) ga qarab “Naqadar xunuksan,ey, Muhammad!” deganida Rosulilloh sallallohu alayhi vassallam: “to‘g‘ri aytding”,deb javob beribdi. Keyin Hazrati Abubakr kelib,”Yo Rosulilloh, sen na xushro‘y insonsan!” desa, Paygambarimiz (sav)unga xam “to‘g‘ri aytding”, deya javob beribdi.

Bunga guvoh bulgan sahobalar “Yo Rosulilloh. nechun har ikkaloviga ham “to‘g‘ri aytding”, deding, deb so‘rashganida Ollohning so‘nggi payg‘ambari”Chunki menga qarab har kim o‘z aksini ko‘radi”, deb javob ergan ekan.

Inson o‘z niyatining aks=tasviridir deganimda shu haqiqatni nazarda tutgandim.

Bugun yaxshi niyat bilan yo‘lga chiqqan harakatimizga iftiro qilayotganlar. bizning harakatimizni haqorat qilayotganlarning hammasi unda o‘z AKS tasvirlarini ko‘rmoqda.

Agar shunday bo‘lmaganda edi, muftariylar bizga harakatni “o‘zini ko‘rsatish uchun” qurdi, demagan bo‘lardi. Holbuki, Ollohu Taolo bizni o‘zimizni ko‘rsatishga hech muhtoj etmadi. Doim ko‘rinib turdik, shaffof bir uyda yashagan misol, umrimiz hamisha xalqnıng ko‘z oldida o‘tdi. Unutildik, endi biroz tinch yashaymiz, deb umid qilgan zahot dushmanlarimiz harakatga kechdi, bir iftiro, biror tuhmat uyushtirib, ismimizni voqealarning qoq o‘rtasiga erlashtiraverdi,hech unutmadi bizni,unuttirmadi.

“O‘zbekiston Xalq Harakati – MMX loyihasi” maqolasi muallifi Karimov rejimining bu an’anasini davom ettirayotgan ekan, bunda bizni ayblash bema’nilikdir.

O‘zbekiston Xalq Harakati – xalqi uchun jon kuydirgan va, kerak bo‘lsa, jonini shu muqaddas yo‘lda berishga tayyor, qalblarida jallod qo‘rqusi emas, Olloh qo‘rqusi bo‘lgan mard insonlarning loyihasidir. Bu safda bo‘lish har bir nomusli inson uchun bir sharaf, bir burch bo‘lmogi kerak.

Muhammad Solih

25.04.2011

turkiston.tv

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: