Olmoniya Termezdagi baza uchun Toshkentga nega kelishilganidan ko‘p pul to‘layapti? – ozodlik.org


23 aprel 2011

Olmoniya Termezdagi bazani muhim strategik nuqta deb ko‘radi

Olmoniyada oshkor bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra, olmon hukumati O‘zbekistondagi harbiy bazadan foydalanish uchun Toshkentga yiliga to‘lanadigan o‘rtacha 16 million dollardan tashqari, o‘tgan yilning o‘zida qo‘shimcha 23 million dollar to‘lagan.

Mazkur ma’lumot Olmon parlamentining Yashil partiya nomidan a’zosi Viola Fon Kramon qator savollar bilan mudofaa vazirligiga murojaat qilganidan so‘ng ayon bo‘lgan.

Ba’zi xalqaro tahlilchilar bu olmon hukumati Termezdagi mavqeini saqlab qolish uchun o‘ta yuqori narxlarga ham rozi ekaniga ishora deya yozishmoqda.

Viola Fon Kramon bu to‘lovlar yana chuqurroq tekshirilib, ommaga oshkor qilinishini so‘ragan.

Fon Kramon xonimga ko‘ra, “Islom Karimov jahondagi eng beshafqat rejimlardan biriga boshchilik qiladi va olmon hukumati bu kabi yirik to‘lovlar bilan uning rejimini dastaklayotgani o‘ta nomaqbul hol”.

Termez harbiy bazasi olmon va boshqa xalqaro qo‘shinlar uchun Afg‘onistonga qo‘shinlarni tashishdagi qulay tranzit yo‘lidir.

Umida Niyozovaga ko‘ra, Olmoniya uchun o‘zbek inson huquqlari vaziyati ahamiyatli emas.

2005 yil Andijon voqealari ortidan O‘zbekistondan chiqarib yuborilgan amerikalik askarlarga 2008 yilda Termezdagi bazadan foydalanishga ruxsat berildi.

Olmon mudofaa vazirligiga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida mazkur bazaga 77 ming NATO askarlari qo‘nib o‘tgan.

Eurasia.net veb sahifasiga ko‘ra, 2002 va 2010 yillar orasida rasmiy Berlin o‘zbek hukumatiga Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi baza iste’moli uchun 128 million dollar to‘lagan.

Biroq, muxolifatdagi partiyalar, xususan chap qanot partiyalarni O‘zbekiston Andijon voqealari ortidan Ovro‘po Ittifoqi sanktsiyalari ostida bo‘lgan vaqtning o‘zida, aniqrog‘i 2008 yilda Olmoniyadan 22 million dollardan ko‘p pul qabul qilib olganidan g‘azabdalar.

Olmoniyada yashovchi o‘zbekistonlik inson haqlari faoli Umida Niyozovaning aytishicha , O‘zbekistondagi “abgor” inson huquqlari vaziyati, qiynoqlar va Andijon voqealari kabi xunrezliklar Olmoniyaning pragmatik siyosatiga ta’sir qilmagan.

Bi-bi-si rasmiy Berlin uchun O‘zbekiston naqadar ahamiyatli ekani haqida Umida Niyozova bilan suhbatlashdi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/04/110423_german_payment.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: