Financial Times O‘zbekiston va Xitoy orasidagi gaz diplomatiyasi borasida nima deydi? – bbc uzbek


23 aprel 2011

O‘zbekiston va Xitoy orasidagi yangi gaz kelishuvlari Britaniyada chop etiluvchi nufuzli Financial Times gazetasining e’tiboridan ham chetda qolmagan.

“Xitoy-O‘zbekiston: Gaz diplomatiyasi” nomli maqolada yozilishicha, rasmiy Pekin Toshkentning gaz ta’minotini ikki hissaga oshirish va’dasini qo‘lga kiritish bilan, Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini susaytirish yo‘lida yana bir qadam qo‘ygan.

Gaz narxi yuzasidan hech kelisha olishmagani bois, Rossiyaning yirik gaz shirkatlari esa, hali-hanuz Xitoy bozorini zabt etishning uddasidan chiqa olishmagan.

– O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘tgan hafta Pekinga safari chog‘ida alal-oqibat Xitoyga yiliga 25 milliard kubometr gaz eksport qilishga imkon beruvchi qo‘shimcha ta’minot yo‘li qurishga rozi bo‘ldi, deyiladi maqolada.

O‘zbekiston bundan avval 2009 yilda ishga tushgan va Rossiyaning gaz eksporti yuzasidan mavjud monopoliyasiga chek qo‘ygan yangi gaz quvuri orqali Xitoyga yiliga 10 milliard kubometr gaz sotish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgandi.

Xitoy esa, aynan Turkmanistondan boshlanib, O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali o‘tuvchi qariyb 2.000 chaqirim uzunlikdagi yangi quvur ishga tushishi ortidan Markaziy Osiyo gaz bozorlariga kirib kelishni boshlagan.

– Sanoat jadallik bilan rivojlanib borayotgan sharqiy qirg‘oqlarida energiyaga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun Xitoy so‘nggi yillarda chetdan gaz sotib olishga zo‘r bermoqda. Ammo Rossiya va Markaziy Osiyodan katta miqdorda gaz import qilishi uchun infratuzilma va ta’minot tarmoqlariga ulkan sarmoyalar kiritilishi lozim bo‘ladi,” deya davom etadi “Faynanshl Tayms”.

Maqola, o‘z o‘rnida, O‘zbekiston yiliga ishlab chiqarayotgan 70 milliard kubometr gazining asosiy qismi ichki iste’molga ketishini nazarda tutib, uning Rossiya va Xitoyga bergan bu kabi va’dalarini bajarishga qanchalik qodir bo‘lishini ham savol ostiga oladi.

Va maqola so‘nggida bu borada ikki xil taxmin ilgari suriladi: bulardan birinchisi – Xitoy O‘zbekiston iqtisodiga 5 milliard dollar sarmoya kiritishni taklif etgani uchun O‘zbekiston ham o‘z tomonidan gaz ta’minotini oshirish va’dasi bilan chiqqanligi yoki Xitoy bahona Rossiyaga sotishi mumkin bo‘lgan o‘z gazining narxini ko‘tarib olish istagida ekanligidir.

Strategik va Xalqaro Tadqiqotlar markazining nufuzli tadqiqotchisi Edvard Chou esa, maqolada keltirilgan iqtibosida, “Xitoy uzoq o‘yinni boshlaganini” aytadi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/04/110423_cy_financial_times_review.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: